Operatsion tizimlar” fanidan 302-guruh talabasi isrofilov begzodning



Download 35,88 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi35,88 Kb.
#732885
Bog'liq
Isrofilov 3.4 H



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI


"KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI
OPERATSION TIZIMLAR” FANIDAN
302-GURUH TALABASI ISROFILOV BEGZODning
3-HAFTA TOPSHIRIG’I

Bajardi: Isrofilov B
Qabul qildi: Boynazarov.I
Xotira qurilmalari ierarxiyasi va tashqi xotira qurilmalarning turlari .
Ma’lumki, EHMlarning samarali ishlashi ko’p jihatdan uning xotirasi xarakteristikalari bilan aniqlanadi. Hatto mikroprotsessorning ma’lumotlarni qayta ishlash yuqori tezligi hamda ularni uzatish tezligi ham bevosita xotiraga bog’liq. Shuning uchun azaldan xotiraga uchta asosiy shart qo’yib kelinadi: katta hajm, yuqori tezlik va past narx. Lekin, ushbu talablar bir-biriga o’zaro qarama-qarshi hisoblanadi. Chunki katta hajm bilan yuqori tezlikni yoki yuqori tezlikni past narx bilan ta’minlab bo’lmaydi.
Shuning uchun zamonaviy EHMlarni ushbu talablarga javob beradigan va shajaraviy (iyerarxik) strukturaga ega bo’lgan turli tipdagi kompleks xotira qurilmalari tashkil etadi. Demak, EHM xotirasini shajaraviy eslab qoluvchi qurilmalar tashkil etar ekan, bunday xotira qurilmalari bir-biridan ma’lumotlarga ruxsatning o’rtacha vaqti, hajmi va bir baytni saqlash narxi bilan farq qiladi (3.1-rasm). Rasmdan ko’rinib turibdiki, sxemada yuqoridan pastga qarab harakat qilganda registrli xotiraning diskka qadar ma’lumotlarga ruxsat vaqti bir necha nanosekunddan o’nlab mikrosekundga qadar oshadi. Bunday holda xotira hajmi oshadi (registrlar yaxshi holda 128 bayt saqlaydi, tashqi xotiraning hajmi chegaralanmagan), lekin bir bayt ma’lumotni saqlash hisobidan qaraganda uning narxi kamayadi.Zamonaviy kompyuterlar xotirasining shajarasi bir necha darajada quriladi. Unda yuqori daraja hajmi jihatdan kichik va katta tezlikka ega, ammo uning narxi bayt hisobidan pastki darajalarga nisbatan yuqori bo’ladi.
Xotiraning shajaraviy strukturasi tahlili quyidagi xulosalar qilishga asos bo’ladi:
-hajm qancha katta bo’lsa, murojaat sikli (vaqti) shuncha uzun bo’ladi;
-bitta darajadagi barcha ma’lumotlar albatta nisbatan past darajada ham yotadi, teskari hol mavjud emas;
-xotiraning shajarasiga lokal xususiyat xosdir.



3.1-rasm. Xotira qurilmalarining shajarasi.


Bir darajada joylashgan xotira qurilmalarining xususiyatlari ham bir xil bo’ladi. Xotiraning shajarasi ko’plab darajalardan tashkil topgan, lekin real vaqt birligida mikroprotsessor faqat ikki o’zaro yaqin joylashgan darajalar bilan ish ko’radi. Xotira qurilmasi mikroprotsessorga qanchalik yaqin va ko’p jihatdan axborot almashib tursa, uning ma’lumot uzatish va qabul qilish tezligi ham shunchalik yuqori bo’lishi kerak. Aks holda u EHMning tezligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Hozirgi kunda zamonaviy EHMlarda turli darajadagi xotira qurilmalari qo’llaniladi. Ular quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:
- fizik tipi bo’yicha (elektron xotira, magnit tashuvchilar, optika elektron, golografik, kriogenli va h.k.);
- ruxsat berishni tashkil etish bo’yicha (ketma - ket ruxsat beruvchi xotira qurilmalari. Ularda axborotlar ketma-ket yoziladi yoki o’qiladi. Masalan, CD-ROM);
- to’g’ridan to’g’ri ruxsat berish bo’yicha (bunday xotira qurilmalarida axborotni o’qish yoki yozish jarayoni istalgan vaqtda va istalgan yacheykada amalga oshiriladi. Masalan, tezkor (asosiy) xotira, doimiy xotira, kesh-xotira va h.k.);
- siklik (takrorlanuvchi) ruxsat berish bo’yicha (bunday xotira qurilmalarida axborotni yozish yoki o’qish joyi doimiy takrorlanadi. Masalan, vinchester);
- axborotni qidirish bo’yicha (adresli va assotsiativ xotira qurilmalari. Adresli xotira qurilmalarida har bir yacheyka o’z raqamiga - adresga ega va ushbu adres bo’yicha unga murojaat qilinadi.
Assotsiativ xotira qurilmalarida esa yacheykani qidirish kodlashtirilgan belgi - so’rov asosida amalga oshiriladi, ya’ni bu jarayon «mazmun» bo’yicha belgilanadi).
Axborotni saqlash va uni yozish imkoniyati bo’yicha quyidagi xotira qurilmalari mavjud:
-mashinaning butun ishlash jarayonida axborot o’zgarmaydigan doimiy xotira qurilmalari;
-tezkor xotira qurilmalari (yozish, saqlash va o’qish rejimlarida ishlaydigan va mikroprotsessor bilan bevosita bog’liq bo’lgan xotira turi);
-yuqori tezkor xotira qurilmalari (yuqori tezlikka ega bo’lgan triggerlardan tashkil topgan registrli xotira).
Xotira qurilmalarining asosiy xarakteristikalariga hajm, yozish zichligi, tezlik (axborot birligini qidirishga sarflanadigan vaqt), o’tkazuvchanlik qobiliyati (bir sekundda uzatiladigan ma’lumotlar miqdori) kiradi.
Download 35,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish