Respublikamizda olib borilayotgan istiqbolli ishlar
Hozirgi kunda o`zbekistonda ham anchagina ishlar olib borilayapti.Bu esa
respublikamizda axborot texnologiyasi sohasida rivojlanishi uchun odim qadamlar
hisoblanadi
2012 yil 16 may kuni Toshkentda BEST SOFT UZBEKISTAN 2012
ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Ko'rgazma keng aholi va axborot texnologiyalari
yo'nalishidagi mutaxassislarni mamlakatda dasturiy ta'minot sohasida loyihalarni
tashkil etish tajribalari bilan, mahalliy softver sanoatini rivojlantirish istiqbollari
va boshqalar bilan tanishtiradi.
BEST SOFT UZBEKISTAN 2012 Kompyuterlashtirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi
kengash, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo'mitasi hamda O'zbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Tadbirlarning
tashkilotchisi: O'zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari
assotsiatsiyasi.
An'anaviy “BEST SOFT UZBEKISTAN 2012” dasturiy mahsulotlar milliy
ko'rgazmasini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad:
- dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida muvaffaqiyatli
loyihalar va yechimlar taqdimotini o'tkazish;
- softver sanoati uchun mutaxassislarni tayyorlash sohasida ta'lim jarayonlarini va
ularning ish bilan ta'minlanishini faollashtirish;
- mamlakatda dasturiy ta'minot sohasining institusional jarayonlari hamda uning
rivojlanishiga normativ-huquqiy tomondan ko'maklashish va boshqalar.
Ko'rgazmaning ochilish ma'rosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
1730-son qarorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi strategik
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish, jumladan, dasturiy mahsulotlar milliy
bozorini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab berilgani
ta’kidlandi. Shuningdek, ko'rgazmaning aynan Toshkent axborot texnologiyalari
universitetida o'tkazilishining muhimligi ta'kidlandi. Tadbirning universitetda
tashkil etilishi talabalar uchun kasb tanlashda yaxshi rag'batlantiruvchi kuch va
yaqqol na'muna bo'lib xizmat qiladi hamda mamlakatimizda malakali dasturchilar
qatorining kengayishiga o'z hissasini qo'shadi.Ko'rgazmada mamlakatimiz softver
sanoatining eng dolzarb va muvaffaqiyatli loyihalari namoyish etilmoqda.
Ko'rgazma dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va joriy etish sohasidagi eng
yetakchi mutaxassislarni to'pladi. Ular sohadagi eng so'nggi natijalar haqida
ma'lumot berish bilan birga, o'zaro tajriba almashishadi, master-klasslar,
taqdimotlar va o'quv seminarlarini o'tkazishadi.Ko'rgazmada 60dan ortiq
kompaniyalar 100dan ortiq dasturiy ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.
Ko'rgazma stendlarining umumiy maydoni 650 kv.metrni tashkil etadi. Ko'rgazma
sektorlarining asosiy tarkiblari quyidagi yo'nalishlardan iborat: Dasturlash
vositalari; Loyihalarni amalga oshirish; Ta'lim; Axborot xavfsizligi; Multimedia
va dizayn va boshqalar.2012 yilgi ko'rgazma dasturi tig'iz ko'rinish olgan. Uning
doirasida ko'plab seminarlar, master-klasslar va boshqa tadbirlar tashkil etilgan.
“BEST SOFT UZBEKISTAN 2012” ko'rgazmasining tashkiliy qo'mitasi
ko'rgazmada namoyishga qo'yilgan dasturiy mahsulotlar tanlovini o'tkazadi.
Ushbu tanlovni o'tkazishdan maqsad O'zbekiston softver sanoati yo'nalishida eng
yaxshilarni aniqlash. Ko'rgazma yakunida , ya'ni 17 may kuni quyidagi 4
yo'nalishda tanlov g'oliblari aniqlanadi va taqdirlash marosimi o'tkaziladi:-
Dasturiy mahsulot – yil markasi
- 2012 yili joriy etilgan eng yaxshi loyiha
- AT-ta'lim sohasidagieng yaxshi kompaniya eng yaxshi innovatsion
kompaniya- Dasturiy mahsulot yo'nalishidagi eng yaxshi talabalik ishi
Shuningdek, “BEST SOFT UZBEKISTAN” tadbirlari doirasida IT
mutaxassislari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Ushbu yarmarkani tashkil
etishdan maqsad AKT yo'nalishidagi kadrlarni kompaniyalar tomonidan jalb
qilishga, yosh mutaxassislarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashishdan iborat.
Yaqinda TATU universiteti qoshida IAT yo`nalishida dasturlash va kompyuter
Tizimi bo`yicha yangi o`quv markazi ochildi .Bu markaz ASA o`quv markazi
hisoblanib uni tamomlagach 4 oy Nyu York shahrida amaliyot o`tab kelish
imkoniyati mavjud.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki har qanday operatsion sistema insoniyat
uchun qulaylik tug`dirish maqsadida yaratiladi.Shu maqsadda rivojlantiriladi.
Bizda ham mana shu maqsad qadamlari tashlangan.bu esa yurtimiz axborot
texnololgiyalari sohasida ham dadil qadam tashlayotganidan darak beradi.bu esa
xalqimizning hisoblash tizimlaridan samarali foydalanishi uchun yo`l ochib bersa
ajabmas.
1 www.ziyonet.uz
2 www.qashqadaryo.uz
3 www.intuit.ru
4
. “
Operatsion tizim va ofis ilovalar” elektron darslik (TATU KF)
5 google.ru qidiruv tizimi