Operatsion tizim va ofis ilovalar



Download 350,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.09.2021
Hajmi350,25 Kb.
#189486
  1   2
Bog'liq
operatsion tizim va ofis ilovalar



 

O’zbekiston Aloqa Axborotlashtirish, 

Telekommunikatsiya texnologiyalari  

Davlat Qo’mitasi  

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 

 Qarshi filiali 

 Axborot texnologiyalari fakulteti 

 31-IAT guruh talabasining “Operatsion tizim va ofis 

ilovalar” fanidan 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bajardi:                                                                                 F.Nazarov 

 

 

Qabul qildi:                                                                          A.Cho’ponov 

Qarshi 2013 

    



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



  Mavzu: Milliy operatsion tizimlar.  Respublikamizda olib 

borilayotgan istiqbolli ishlar. 




 

 

                      Reja: 



 

I.Kirish. 

II.Asosiy qism. 

 

1.Milliy operatsion tizimlar. 



 

2.Respublikamizda olib borilayotgan                                                                                                           

istiqbolli ishlar. 

 

 III. Xulosa . 



 

 VI. foydalanilgan adabiyotlar. 

  

 

 



 

 

 



 

 

                                                     



Kirish 


        Operatsion sistemalar hozirgi kundga kelib foydalanuvchiga  keng qulayliklar 

yaratib bermoqda. Ularning turi, versiyalaridan qattiy nazar interfeysi sodda va 

tushunarli holatga keltirilgan.Bu esa operatsion sistemalarni rivojlanganligi va 

bundan keyin ham rivojlanishi, yanada qulayliklar, tushunarli bo`lishidan darak 

beradi.hozirgi kunda operatsion sistemalar ochiq kodli va yopiq kodli turlarga 

ajratiladi. Ochiq kodli operatsion sistemalarga Linux, Unix,Dopix kabilarni misol 

keltirishimiz mumkin.Yopiq kodli O.Sga Windows operatsion sistemalarini 

keltirishimiz mumkin. .  

UNIX OT lar oilasi. 

     UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va va ko`pfoydalanuvchili 

oddiy OT dir.  O‘z vaqtida, u, dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchi instrumental 

tizim sifatida loyixalashtirilgan edi. UNIX ning har xil xususiyatlarga ega bo‘lgan 

versiyalari, uning qiymatini oshiradi. Birinchi versiyasi, juda kichik operativ 

xotiraga ega bo‘lgan, kompyuterlarda foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, uning 

ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar, assembler tizimidan voz 

kechib, nafaqat tizimli, balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin 

bo‘lgan, yuqori darajali tilni (stili) ishlab chiqdilar. Shuning uchun ham nafaqat 

UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil ko‘chirib o‘tkaziluvchi 

(mobil) xususiyatiga ega bo‘ldi. Si tilidan o‘tkazuvchi kompilyator, hamma 

dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini  beradigan kodni 

beradi. 

    1980 yillarda paydo bo`lgan Microsoft operatsion tizimi bilan qurollangan 

shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib kompyuter bozorida ustunlikka erishdi 

shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyetlari yetarli  quvvatga ega bo`lmay  

Unix turli tizimlarini bunday kompyuterlarda  qo`llab  bo`lmas  edi. Modomiki, 

shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda o`sar  ekan, bunday 

kompyuterlar uchun  Unix turli tizimlari paydo bo`lishi tabiiy hol  bo`lgan 

    1987 yili Linux  tizimining yaratilishiga  o`ziga xos hissasini qo`shgan 

Gollandiyalik prfessor   Andro Tanenbaum Unix  turli tizimlarini yaratadi.                                    

Tizimga  muallif Minix  nomini  berib ,uni shaxsiy kompyuterlarda o`quv quroli 




sifatida ishlatishni tavsiya      qiladi. Albatta, Minix  mukammal va benuqson 

operatsion tizim bo`lmagan,lekin uning dastlabki kodi ochiq bolib, Tanenbauming    

“operatsion tizimlar” kitobini tizimning ishlash jarayonlarini batafsill yoritilgan. 

Bu  esa operatsion tizimni  o`rganishni xohlivchilar  uchun bebaho     o`quv 

qo`lllanma bo`lgan , shuning uchun  Yevropa oliygohlarining talabalari    bosh 

ko`tarmay  Minix tizimining   12 000 keltirilgan satr  kodini astoydil o`rganishgan. 

Shunday talabalar qatori Linus Torvalds  bo`lgan. 

    


 

      


     

         professor  A. Tanenbaum va uning kitobi. 

     

    Linus Benedikt Torvalds  (1969 y. tug`ilgan) Finlandiya poytaxti Xelsinki 



Universiteti kompyuter fanlari fakultetining  talabasi bo`lib, professor Tanenbaum 

kitobini sotib olgan . “Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi”  xotiranomasida Linus: 

“Kirish qismini o`qiganimdayoqq, Unix  mohiyatiga tushinib uni qudratli, 

mustahkam va guzal operatsion tizim ekanligiga iqror bo`lganman, hamda  o`sha 

zahotiyoq Unix ishlay oladigan  kompyuter   sotib  olgim kelgan,” – deb yozadi. 

    


 

     



    Linus Torval’ds 

     


    1991 yili Linus bo`lib –bo`lib tolash sharti  bilan Intel  80386 prosessri  asosida 

yangi kompyuter sotib    oladi .Kompyuterga Minix Operatsion tizimini o`rnatib 

miriqib bir oy o`rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda     tizimning ishlashiga 

juda ko`p shikoyatlar paydo  bo`ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab  malimot  

kirituvchi terminal  qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet 

kompyuteriga  ulanib ,yangiliklar uqimoqchi bo`lgan. Bu muommoni yechish    

uchun  yosh haker o`zining terminali ,shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U 

Minix tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muofiq 

yangi, mustaqil dastur yaratadi . Modomiki, yana  fayllarni universitetdan  uyga 

tortib olmoqchi bo`lganligi  sababli , yo`l-yo`lakay yangi fayl tizimini yaratadi. 

   Minix tizimida nafaqat masofada kiritish       qismi yomon ishlar ,balki 

ishlayotgan dasturni vaqtincha foydalanmasdan ,boshqa   dasturni ishga tushirish 

imkoniyati  ham yo`q edi . Tizimning bu kamchiligni  to`g`irlash  uchun Linusga  

boshqa haqiqatdan yang operatsion  tizim tuzish kerak bo`ladi. dastlab ,u  sistemali 

chaqiruvchilarni    (yangi tizim qismlarini) ketma-ket dasturlashga urinadi. Lekin 

malimot  yetishmaganligi va chaqiruvchilar   ko`pligi sababli Linus ishni uddalay  

olmay, o`zining operatsion  tizimining  yadrosi bilan bilan Internetda erkin 

tarqaliyayotgan  bosh – buyruqlar  qobiq  dasturini ishga   tushirmoqchi buladi. 

qobiq dastur ishga   tushayotgan   vaqtda tizimning kerakli  qismiga murojaat 

qilinganda to`xtab  qolishi sodir bo`lgan.Bu  holda yosh hakker o`zi   yaratgan 

tizimning yetishmovchi  qismini aniqlab, yasagan. Natijada, ish juda   qiziqarli 

jarayonda  olib borilib, 1991 yilning avgust oyi oxirlarida qobiq dasturi ishga 

tushadi . Bu natija juda katta ahamiyatga ega  bo`ladi,chunki Linus murakkab  

qobiq dasturini ishga tushirgach ,yana bir necha kerakli dasturlarni yasashga 

muvofiq bo`ladi. Shunday qilib ,yangi operatsion  tizimning asoslari tayyor 

bo`ladi. 

    1991 yil  25 avgustda  Torval’ds o`zining tajribalari haqida comp.os.minix 

konferentsiyaga xabar beradi: 




    Xabarda Linus bepul operatsion tizimni yaratgani, qanday dasturlar 

tayyorlaganligi va yana qanday dasturlar kerak bo`lishi  haqida maslahat so`rab 

yozadi. 17 sentyabr’ kuni esa serverga erkin ko`chirish uchun yangi tizimning 0.01 

raqamli naqlini qo`yyadi. Linus operatsion tizimga FREAX nomini bermoqchi 

bo`lganda, Ari Lemke ftp serverida boshqalar ko`chirishlari uchun qo`yilgan 

tizimning fayllar jildiga pub/OS/Linux deb nom beradi. Keyinchalik ayni shu 

tizimni Linux(Linuks) nomi bilan atashadi. 

    1992 yilning fevral’ oyida Linus, qiziqishga, Linuks tizimni ishlatgan 

ishlatayotgan foydalanuvchilarga pochta orqali ochiq  xat jo`natishlarini so`raydi. 

Natijada, dunening har tomonidan yuzlab ochiq xat keladi. Linuksning ishqibozlari 

Yangi Zellandiya, Yaponiya, Gollandiya, AQSH mamlakatlarida borligi ayon 

bo`ladi. Linuks yadrosi barcha xoqlovchilarga GNU GPL litsenziyasi ostida 

tarqatilgani sababli, tizimning muxlislari keskin ravishda ko`payib boraveradi. 

Loyiqaning boshida Linusga yuzlab, keyin minglab, keyinroq esa yuz minglab 

ko`ngilli yordamchilar tizimni yaxshilashga ko`mak bera boshlaydi. Linuks GNU 

loyihasining doirasiga kirib, juda ko`p dasturlar bilan to`ldiriladi va xakerlar 

o`yinchoqidan amalda qo`llaniladigan jiddiy operatsion tizimga aylanadi. hozirgi 

kunlarda yangi operatsion tizimning nomi “GNU/Linux” deb ham atalmoqda. 

    

 

Linus Benedikt Torval’ds 



     

    1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion 

tizimning emblemasini (tamg`asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish 

jarayonida Torval’ds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to`xtatalib, 




faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo`yicha 

emblemada pingvincha qorni to`q va baxtli ko`rinishda bo`lishi kerak. Texas shtati 

universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov 

g`olibi deb topilgan. Tasvir yaratilishi haqida batafsil ma`lumot olish uchun 

Internetning quyidagi sahifasini tafsiya qilishadi: http://www.sjbaker.org/tux/. 

     


    

 

    Larri Iving 



     

    SHunday qilib, rasman Linuks operatsion tizimning emblemasi bo`lib “Tuks” 

(Tux) nomli pingvincha qabul  qilingan. Pingvinglar xuddi nimcha, jilet kiyganday 

bo`lganliklari uchun emblemadagi tasvirga Tuks – tuxedo (inglizchadan – “jilet”) 

nomi berilgan. Lekin boshqa tushuntiruvi ham mavjud: (T)orvalds (U)ni(X) --> 

TUX! 


    

 

     



    TUX – Linuks emblemasi. 

     


    Linuks tarixining shu joyida hozircha yakun yasab, kelgusida yana davom 

ettirishni niyat qilib, O`zbekiston erkin va Ochiq Kodli Dasturiy Ta`minotini 




rivojlanishi uchun vaqt va kuchini sarflayotgan fidoiy vatandoshlarimizga omad va 

yangi zafarlar tilab, keyingi uchrashuvgacha xayrlashamiz. 

 

Arxitektura umumiy xarakteristikasi va xususiyatlari. 



     Bu tizimni ishlab chiqishda birinchi asosiy maqsad soddalikka erishish va 

funksiyalarni minimal miqdori bilan ish olib borish edi. Hamma real muammolar, 

foydalanuvchi dasturlarga qolidirildi. 

Ikkinchi maqsad esa - umumiylikdir bu degani ko‘p hollarda, bir xil usul va 

mexanizmlardan foydalanishlik xususiyati, m-n:  

fayllarga, kiritish-chiqarish qurilmalari va jarayonlar aro ma'lumotlar 



buferiga murojaatlar, bir xil primitivlar yordamida bajariladi; 

nomlovchi, alternativ nom beruvchi va xuquqsiz (nesanksionirovanniy 



dostup) murojaat mexanizmlari, ham ma'lumotlar fayllariga, ham katalog va 

qurilmalarga ham ishlatiladi; 

bir xil mexanizmlar, ham dasturli, ham integrallanuvchi uzilishlarga 



nisbatan ham ishlatiladi. 

Uchinchi maqsad esa, murakkab masalalarni yechishda, mavjud kichik 

dasturlardan birgalikda foydalanib, ya'ni ularni yangidan ishlab chiqmasdan  

yechish imkoniyatini yaratish edi. 

Va nihoyat 4-chi maqsad esa, nafaqat protsessor vaqti, balki qolgan boshqa 

resurslarni ham taqsimlovchi, samarali mexanizmli-multiterminal OT ni 

yaratishdan iborat edi. Multiterminal OTlarda, birinchi o‘rinda, hisoblash 

jarayonlarini boshqa hisoblash jarayonlari aralashuvidan himoya masalalari turadi. 

UNIX OTi, fayl tizimiga bog‘liq bo‘lmagan kuchli va sodda komanda tiliga 

egadir. Bunday imkoniyatni amalga oshirishning eng muhim hususiyati, shundan 

iboratki, bir dastur natijasi, ikkinchi dastur uchun boshlang‘ich ma'lumot bo‘lishi 

mumkin. Bu degani, katta dastur kompozitsiyalari, mavjud kichik dasturlar 

yordamida yaratilishi mumkinligidir. Bunda yangi dastur yaratishga xojat 

yo‘qligidir. 




UNIX-tizimi tizimli va amaliy dasturlariga, matn redaktorlari, komanda tilining 

dasturlovchi interpretatorlari, bir nechta ommaviy dasturlash tillari kompilyatori 

(S, S++, assembler, PERL, FORTRAN va h.k.lar), kompanovkachilar 

(dasturlararo aloqa redaktorlari), sozlovchilar (otladchiki), ko‘psonli tizimli va 

foydalanuvchi dasturlari kutubxonasi, ma'lumotlar bazasini yuritish va ajratish 

vositalari, ko‘p sonli administrlovchi va xizmat qiluvchi dasturlar kiradi. Bu 

dasturlarning anchayin qismi uchun xujjatlar mavjud bo‘lib, dastur matnlari yaxshi 

izoxlangandir. Bundan tashqari, xujjat va tavchiflardan foydalanuvchi interaktiv 

rejimda foydalana olish mumkin. 

     To‘liq himoyaga ega bo‘lgan fayl tizimidan foydalaniladi, qurilmalar 

mustaqilligi ta'minlanadi. 

UNIX tizimi markaziy qismi-yadrodir (kernel). U ko‘p sonli modullardan iborat 

bo‘lib, arxitektura jihatdan monolit hisoblanadi. Ammo, yadroda har doim 3 ta 

tizimni ajratish mumkin: jarayonlarni boshqarish; fayllarni boshqarish; markaziy 

qism va priferik qurilmalar o‘rtasida kiritish va chiqarish amallarini boshqarish. 

Jarayonlarni boshqarish tizimi jarayonlarni dispetcherlash, va bajarishni, ularni 

sinxronlashtirishni va har turli jarayonlar aro aloqani tashkil etadi. Jarayonlarni 

boshqarish asosiy funksiyasi - bu operativ xotirani boshqarish va (zamonaviy 

tizimlar uchun) virtual xotirani tashkil etishdir. 

Fayllarni boshqarish tizimi, jarayonlarni boshqarish tizimi bilan ham, drayverlar 

bilan ham qat'iy bog‘langandir. Kompyuter tarkibidagi qurilmalarga va 

yechilayapgan masalalarga qarab, yadro qayta kompilyatsiya qilinishi mumkin. 

Hamma drayverlar ham yadro tarkibida bo‘lmasligi mumkin, bir qismi yadrodan 

chaqirilishi mumkin. Bundan tashqari, tizimli funksiyalarining juda ko‘pchiligi, 

yadroga kirmaydigan, ammo yadrodan chaqiriladigan tizimli dastur modullari 

yordamida bajariladi. 

Yadro, boshqa tizimli modullar bilan bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar qat'iy 

ravishda standartlashtirilgan. 

     Yuqorida aytilganlar hisobiga, UNIX ning turli versiyalari va turli apparat 

ta'minoti o‘rtasidagi kodlarni ko‘chirib o‘tkazuvchanlikka erishiladi.  




 

    Linux bu zamonaviy UNIX ga o‘xshash, POSIX standartini qondiruvchi shaxsiy 

kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun yaratilgan OT dir. Linux bu erkin 

tarqatiladigan UNIX - tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linux Torvald ishlab chiqqan 

bo‘lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif qildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi 

kodday foydalanishi va o‘zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning 

modullariga kiritgan kodini ochiq qoldirishi shart. Tizimning hamma 

komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusha olish va 

chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o‘rnatish sharti bilan, litsenziyali 

tarqatiladi. 

Shunday qilib, Linux  tizimi ko‘p sonli dasturchilar va internet orqali bir-biri bilan 

muloqot qiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi.  

    Boshida Linux tizimi, “qo‘lbola” UNIX ga o‘xshash tizimi sifatida i80 386 

protsessorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo‘ljallangan edi. Ammo keyinchalik 

Linux - shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularni shu darajada ko‘p komaniyalar 

qo‘llab-quvvatladiki, hozirgi vaqtda bu operatsion tizimning amaldagi versiyalari 

deyarli hamma tipdagi protsessor va kompyuterlar uchun ishlab chiqildi. Linux 

asosida superkompyuterlar ham yaratilayapti. Tizim klasterlashtirish, zamonaviy 

interfeys va texnalogiyalarni qo‘llaydi.  

Linux - ko‘p masalali, ko‘p foydalanuvchili to‘la qonli operatsion tizimdir (xuddi 

UNIX boshqa versiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o‘zida, bitta mashinada, ko‘p 

foydalanuvchilar, parallel holda, ko‘pgina dasturlarni bajargan holda ishlashi 

degan so‘zdir.  

  

 



 

 

 



                           

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                              



 

Milliy operatsion tizimlar. 

          Axborot texnologiyalaridan muntazam foydalanadiganlar Windows 

operatsion tizimi haqida yaxshi biladilar rus va ingliz tilini bilmaydigan, sof 

o`zbek tilida ishlay oladiganlar uchun bu operatsion tizimdan foydalanish biroz 

qiyin kechadi. To`g`ri, bu tizimda ishlash baxonasida xorijiy tillar borasidagi 

bilimlarimizni mustahkamlab olishimiz mumkin. Ammo monitoringizda sof 

o`zbek tilidagi atamalar "porlab" tursa, qanday yaxshi.olimlarimiz tomonidan 

o`zbek milliy operatsion tizimi yaratilgan.  

Zamonaviy dunyoda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qila olmaymiz. Kundalik 

turmushimizning barcha yo`nalishlari (ta`lim tizimi, ishlab chiqarish, tibbiyot, 

iqtisod va hokazo)da axborotlarni qabul  qilish, qayta ishlash va uzatish ishlarini 




tez va soz amalga oshirishda, kompyuter texnologiyalaridan keng 

foydalanmoqdamiz. 

Kompyuter texnologiyasi ma`lum bir operatsion tizim (sistema) asosida ishlaydi. 

Kompyuterni foydalanuvchi ishga tushirishi (yoqishi) bilan ishga tushuvchi ushbu 

dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o`rinlar, mavjud 

dasturlar va hokazo) boshqaradi. Foydalanuvchi bilan kompyuter va uning 

qurilmalari o`rtasida qulay mulomotni tashkil etib, foydalanuvchi uchun kerakli 

dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.  

Dunyo bo`ylab axborot texnologiyalari sohasida alohida izlanishlar olib 

borilmoqda. Kompyuter yaratilganidan toki bugungi kungacha bir nechta 

operatsion tizim (OT) ishlab chiqilgan. Ularning har birining o`ziga yarasha 

yaratilish tarixi bor. Kun sayin dastur va operatsion tizimlar murakkablashib, 

zamonaviylashib, qo`llanish borasida qulaylashtirish ishlari olib borilishi 

natijasida ularning yangi (tip yoki tur)lari ishlab chiqarilmoqda. hozirda bir-biri 

bilan raqobatlashib kelayotgan ikkita operatsion tizim bo`lib, ular Windows va 

Linuxlardir. 

Windowsning juda keng qo`llaniladigan versiyalari Windows NT, Windows98, 

Windows2000, WindowsXP, Windows2003, WindowsVista operatsion tizimlar 

bo`lib, ular yopiq kodli, ya`ni foydalanuvchilar o`zlari istagan holda o`zgartirish 

imkoniyatiga ega emaslar. Bu operatsion tizimlardan rus va ingliz tilini biluvchilar 

qulay foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Rus val inglish tilini bilmaydigan, sof 

o`zbek tilida ishlay oladiganlar uchun bu operatsion tizimdan foydalanish qiyin 

kechadi. 

1991 yilda Finlyandiya poytaxti Xel’sinki universiteti kompyuter fanlari 

fakul’tetining talabasi Linus Benedikt Torval’dsning dissertatsiya ishi natijasida, 

UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizim yuzaga keldi va u Linux 

operatsion tizimi deb nom oldi. U ochiq kodli operatsion tizim qisoblanib, 

foydalanuvchilarning imkoniyatlariga qarab dasturga istalgancha o`zgartirishlar 

kiritish mumkin. Bu ishi bilan Linus Benedikt Torval’ds dunyoga OT yadrosini 

sovg`a qiladi. 




Operatsion tizim Internet tarmog`iga joylashtirilishi natijasida tez orada o`z 

foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo`ldi va ko`pgina dasturchi 

(programmist)larni o`ziga jalb  qilishi Linux operatsion tizimining keskin 

rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. Bugungi kunda dunyo 

miqyosidagi operatsion tizimlar ichida o`ziga xos o`rniga egadir. Ayni vaqtda 

Linux ni Red Hat, Suse, Fedora va Slackware, Ubuntu kabi versiyalari mavjud. 

Kirill yozuvini yaxshi bilmaydigan o`quvchi-yoshlar buyruqlar, axborotlar 

mazmunini tushunishda qiyinchiliklarga duch keladilar, oxir-oqibat dasturiy 

ta`minot mohiyatini tushunmaydilar. Buni hisobga olib, 2007 yilda O`zbekiston 

aloqa va axborotlashtirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan YOsh 

dasturchilarni tayyorlash va qo`llab-quvvatlash markazi tomonidan ochiq hamda 

erkin tarqatiladigan milliy operatsion tizimni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 

Markaz huzurida Linux-laboratoriya tashkil etilib, malakali mutaxassislar jalb 

etildi. Markaz mutasaddilari 2008 yilda L.B.Torval’dsning Linux OT yadrosi 

asosida Doppix nomini olgan tizimni yaratish va sinovdan o`tkazish nixoyasiga 

etganini ma`lum qildilar. (Aytishlaricha, Doppix - o`zbek milliy bosh kiyimi 

do`ppi so`zidan olingan). Bu operatsion tizim faqat o`quvchilar uchun emas, balki 

fermerlar, quruvchilar va sanoat xodimlari, ishbilarmonlar, maktab o`qituvchilari 

uchun kompyuter bilan tillashishdagi to`siqlarni yo`qotadi. Ular endi qo`rqmasdan 

monitor oldida o`tirib, odatiy so`zlar paydo qiladigan tanish belgilarni ko`rishlari 

mumkin.  

Doppix operatsion sistemasini embelemasi quyidagicha ; 

 



Vaqt o`tib borishi bilan Doppix mustahkam oyoqqa turmoqda, loyiha 

respublikamiz maktablarida  uni  sinov (pilot) sifatida  tatbiq  etilishi  buning 

isboti hisoblanadi. Tatbiq etish  natijalari  bo`yicha  xushchaxchaq ,  mehribon 

Doppix  bolalarga  yoqishi  aniqlandi. O`rtacha 2-3 soatda bolalar milliy 

operatsion tizimni o`zlashtirib oladilar, u bilan do`stlashib qoladilar. O`qituvchilar 

va o`quvchilar tomonidan aniqlangan kichik kamchiliklar yo`qotildi va 

loyihachilar  keyinchalik  ham  foydalanuvchilarning istaklarini darhol bajarishga 

harakat qiladilar. Shunday qilib, Doppix  butun kuchi va ishonchliligi bilan o`zini 

namoyon qildi. qo`yilgan asosiy maqsadga erishildi. endi o`zbekistonlik 

foydalanuvchilar o`z ona tillarida kompyuterdan foydalanishning barcha 

sharoitlari va imkoniyatlariga egadirlar. hozirgi vaqtda foydalanuvchilar boshqa 

(rus, ingliz tillaridagi) OT bilan bir qatorda davlat tilidagi yagona bepul Doppix 

milliy OT o`rtasida tanlash imkoniyati paydo bo`ldi. 

Biz Doppix milliy OTning Linux operatsion tizimi yadrosi asosida yaratilganligini 

hisobga oladigan bo`lsak, undan foydalanishda antivirus dasturlari, internet 

xavfsizligi dasturlarini talab etmasligi, ya`ni viruslarning yuqmasligi, 

ishonchliligining yuqoriligini ham Linuxdan meros qilib olganligining guvohi 

bo`lamiz. 

Bugungi kunda Doppix foydalanuvchiga o`zbek (kirillcha va lotincha yozuvda), 

rus va ingliz tillarida ishlash imkonini beradigan qulay tizim hisoblanadi. OT 

tarkibiga oddiy va tushunarli KDE grafika muhiti, ofis paketi, veb-brauzerlar, 

ta`lim dasturlari to`plami, audio va video apparatlar, grafika fayllari muharriri, 

mahalliy tarmoq va internetni sozlash hamda ularda ishlash uchun mo`ljallangan 

dasturlar kiradi. 

Ta`kidlash joizki, Doppix milliy operatsiya tizimi ochiq  litsenziya asosida bepul 

tarqatiladi. Doppix OT "BestSoft Uzbekistan 2008" ko`rgazmasida "Eng yaxshi 

dasturiy mahsulot" nominatsiyasini qo`lga kiritdi. Ko`rgazmaning juda ko`p 

ishtirokchilari bu OT haqida o`zlarining fikrlarini bildirdilar.  

SINAN (Ozarbayjon) korporatsiyasi prezidenti Elchin Aliev milliy tilda yaratilgan 

ushbu OT jamiyatning faol qismi bo`lgan yoshlarni, qolaversa butun aholining 




axborot texnologiyalaridan keng foydalanishlarini ta`minlashi, jamiyatni 

axborotlashtirishga hissa qo`shishi, bu Ozarbayjon xalqi uchun ham muhim 

masala bo`lib turganligini aytib o`tdi. 

Osiyo, SHarqiy Evropa - IBM davlat dasturi direktori, texnika fanlari doktori, 

professor M.A.Gurievning ta`kidlashicha, o`zbek milliy operatsion tizimi 

Doppixning yaratilishi O`zbekiston Respublikasi aholisini dunyo axborot 

maydoniga qiziqishini oshirib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 

rivojlanishiga katta hissa qo`shadi. 

 

  

 



     

 

 



 

 


Download 350,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish