Operatsion tizim


Yangi versiyani o‘rnatishga shoshilmang



Download 270,6 Kb.
bet4/4
Sana10.07.2022
Hajmi270,6 Kb.
#767762
1   2   3   4
Bog'liq
Windows 10

Yangi versiyani o‘rnatishga shoshilmang


Microsoft kompaniyasi agar yangilanishlar nosozliklar sababli avtomatik tarzda o‘rnatilmasa, ularni «majburlab» o‘rnatmaslikni maslahat berdi. Hozirda ro‘yxatda 11 ta nosozlik mavjud bo‘lib, ularning aksariyati kompyuterning ichki uskunalari bilan bog‘liq: Bluetooth-ulanish orqali bittadan ortiq qurilma ulana olmasligi bir vaqtning o‘zida simsiz klaviatura, kompyuter sichqonchasi va quloqchinlardan foydalanadigan foydalanuvchilarga muammo tug‘diradi. Audioqurilmalarning mahsus dastur-drayverlari bilan yuzaga kelgan muammo kompyuterni «ko‘k ekran» kritik holatiga olib keladi.

Windows 10 operatsion tizimida kritik xato haqida xabar beruvchi"ko‘k ekran". Foto: Ferra.ru
Videoo‘yinlar ishqibozlarini ham bu muammo chetlab o‘tmadi: agar operatsion tizimda GameInput texnologiyasi ishlatilgan o‘yin va dasturlar bo‘lsa, kompaniya yangi versiyani o‘rnatmaslikni maslahat beradi. Sababi yangilanishdan so‘ng «o‘yin va dasturlar hamda kompyuter sichqonchasi orasida aloqa uzulib qoladi», deb ta’kidlaydi Microsoft
Agar foydalanuvchining kompyuterida ro‘yxatda keltirib o‘tilgan nosozliklardan birortasi mavjud bo‘lsa, ular bartaraf etilmaguncha, Windows 10 tizimi avtomatik tarzda yangilanmaydi.

Microsoft Windows 10 operatsion tizimini taqdim etdi


30-sentabr kuni Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining Windows 10 deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi. Bu haqda The Verge ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

Foto: The Verge
Avvalroq ushbu operatsion tizimning yangi versiyasi Windows 9 yoki boshqa biror bir nom bilan nomlanishi kutilayotgan edi. Ammo hech kim Windows’ning yangi versiyasi Windows 10 deb nomlanishini taxmin qilmagan edi.
Windows 10 operatsion tizimi Windows 7 bilan o‘xshash va Windows 8’dan ayrim xususiyatlarni o‘ziga olgan. Bu bilan yangi Windows versiyasi sensorli ekran va klaviatura hamda sichqoncha yordamida kompyuterdan foydalanuvchilarning barchasiga mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, Windows 7 klaviatura va sichqonchada kompyuterdan foydalanuvchilar uchun qulay, Windows 8 esa sensorli ekranga ega kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan va ko‘pchilikka aynan shu xususiyati sabab ma’qul kelmagan edi.
Yangi versiyaga bir qancha ish stollari bilan ishlash funksiyasi qo‘shilgan. Bunda bir nechta ish stolida alohida vazifalarni bajarish va ulardan bir-biriga ma’lumotlarni ko‘chirish mumkin.

Foto: The Verge
Windows 10’ga yana Start Menu – “Pusk” tugmasi qaytarilgan va undagi izlash funksiyasi takomillashtirilgan.
Taqdimotda Windows’ning o‘ninchi versiyasi 4 dyuymdan 80 dyuymgacha bo‘lgan displeylar uchun mo‘ljallangan deb aytildi. Bundan tushunish mumkinki, yangi Windows versiyasi telefon, planshet va kompyuterlar uchun birdek mo‘ljallangan.
Shuningdek, Windows'ga “One product family. One platform. One store” – bitta mahsulot oilasi, bitta operatsion tizim, bitta do‘kon deya ta’rif berildi.

Foto: The Verge
Taqdimot so‘ngida nima uchun Windows’ning yangi versiyasi aynan Windows 10 deb nomlangani so‘raldi. Windows rahbari Terri Miersonning so‘zlariga ko‘ra, yangi versiya taqdim etilganidan so‘ng uni ishlatib ko‘rib, nima uchun aynan Windows 10 deb nomlanganini tushunib olish mumkin.
Hozirda istalgan kishi Windows Insider Program’ga a’zo bo‘lib, Windows 10 operatsion tizimini sinab ko‘rishi mumkin. Windows 10’ning to‘liq turi esa 2015-yilning ikkinchi yarmida barcha uchun foydalanishga topshiriladi.
Windows 10 dizayniga bir qancha o‘zgarishlar kiritilgan bo‘lib, tizim skrinshotlarini “Parol” nashrining ushbu fotojamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.

Download 270,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish