Microsoft ovozli yordamchisi endi alohida dastur bo‘ldi. Bungacha u tizimning bir qismi bo‘lib, uni alohida yangilashning iloji yo‘q edi. Endi bunga hojat yo‘q hamda uni Edge brauzeri va «Pochta» kabi Microsoft Store orqali alohida yangilash mumkin.
Shu bilan birga, uning funksiyasi ham kuchaytirildi. «Yandeks Alisa» va «Google Assistant"larning standart sanalmish musiqa boshqaruvi, «aqlli uy» va ko‘shimcha imkoniyatlari Cortana dasturida hanuzgacha mavjud, faqat bu safar Microsoft kompaniyasi samaradorlik va taym-menejmentga ko‘proq e’tibor qaratdi: eslatmalar, taqvimdagi vazifalarni boshqarish va ish bilan bog‘liq boshqa qo‘shimchalar.
Cortana Microsoft 365 dasturiga ham o‘rnatildi. Video: Microsoft 365
Endilikda «Sentr obnovleniya Windows («Windows yangilash markazi») bo‘limidagi barcha muhim bo‘lmagan yangi komponentlar va ayrim fayllar «Posmotret neobyazatelnыye obnovleniya"(«Ixtiyoriy yangilanishlarni ko‘rish») sahifasida yig‘iladi, foydalanuvchilar esa qaysilarini o‘rnatishni o‘zlari tanlashadi. Avval bu funksiyaning bo‘lmaganligi keraksiz komponentlarning so‘rovsiz o‘rnatilishiga olib kelib, foydalanuvchilarga noqulayliklar tug‘dirgan.
Shuningdek, foydalanuvchilar yangilanishlarning yuklanish tezligini ham o‘zlari sozlashi mumkin. Bu «Parametrы» («Sozlamalar») → «Obnovleniye i bezopasnost"(«Yangilanish va xavfsizlik») → «Optimizatsiya dostavki» («Yuklash sozlamalarini optimallashtirish») → «Dopolnitelnыye parametrы» («Qo‘shimcha sozlamalar») bo‘limida joylashgan bo‘lib, kerakli qiymatni aniq (megabayt/soniya) yoki tarmoq umumiy tezligining foizida o‘rnatish mumkin.
«Sostoyaniye seti» («Aloqa holati») sahifasi yangilandi: endi u yerda tarmoqlar va internet haqida ko‘proq ma’lumot bor, masalan, sarflangan trafik miqdori;
«Dispetcher zadach» («Vazifalar dispetcheri») ilovasining «Proizvoditelnost» («Samaradorlik») bo‘limida grafik kartaning (video-grafika platasi) harorati va ma’lumot saqlash qurilmasining turini ko‘rish mumkin: HDD («hard disk drive — qattiq disk yurituvchi») yoki SSD («solid-state drive — qattiq qobiqli disk»).
WordPad, Paint va «Bloknot» endi Windows tizimining standart komponenti emas. Avval ularni o‘chirish imkoniyati bo‘lmagan bo‘lsa, endi o‘chirib tashlab, zarur bo‘lsa «Dopolnitelnыye komponentы» sahifasidan qayta o‘rnatish mumkin;
«Upravleniye glazami» («Ko‘z bilan boshqarish») funksiyasi imkoniyati cheklangan odamlar uchun maxsus qurilma yordamida fayl va yorliqlarni boshqarish qo‘shimchasiga ega bo‘ldi;
«Win+Tab» tugmalar kombinatsiyasi yordamida chaqiriladigan «Virtualnыye rabochiye stolы» («Virtual ish stollari») funksiyasi endilikda ish stollarining nomini o‘zgartirish imkonini beradi, ularning holati esa kompyuter o‘chib-yonganda ham saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |