Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Operatsion kuchaytirgichlar impulьs texnikasida ham keng qo‘llaniladi. Impulьs rejimidagi operatsion kuchaytirgich chiqish signalining sathi amplituda tavsifining chiziqli hududiga mos keluvchi qiymatlardan oshmaydi. SHunga bog‘langan holda operatsion kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi ishlash jarayonida U+CHIKMAX yoki U-CHIKMAX kuchlanishlari bilan aniqlanadi.
Operatsion kuchaytirgichni impulьs rejimida ishlashini komparator misolida ko‘ramiz. Komparator o‘lchanuvchi kirish signalini (Ukir) tayanch kuchlanishi bilan solishtiradi. Tayanch kuchlanishi vazifasini qiymati bo‘yicha o‘zgarmas musbat yoki manfiy qutbli kuchlanish bajaradi. Kirish kuchlanishi vaqt o‘qi bo‘yicha o‘zgarada.
Kirish kuchlanishi tayanch kuchlanishi sathiga etganida operatsion kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanishining qutbi o‘zgaradi, masalan U+CHIKMAX dan U-CHIKMAX gacha.
UT = 0 bo‘lganida komparator kirish kuchlanishi noldan o‘tish vaqtlarini qayd etadi. Komparatorni ko‘pincha nolь organ ham deb atashadi, chunki u Ukir- Ut ≈ 0 bo‘lganida qayta ulanadi.
Komparator bu – kirishga berilayotgan analog signallarni tayanch kattaliklar bilan solishtiruvchi, taqqoslovchi qurilma bo‘lib, ikkita kirishga ega (invertirlovchi va noinvertirlovchi), uning vazifaci cxematik qurilishiga bog‘lik holda kirishlariga berilgan ikkita cignalni taqqoclab, ularning nicbatini chiqishga uzatib berishdan iborat. Taqqoclash natijaci bo‘lib mantiqiy cignal hicoblanadi.
Komparatorlar avtomatik boshqarish tizimlarida va hisoblash texnikasida, bundan tashqari impulьs va raqamli qurilmalarning (xususan, analog-raqamli va raqamli-analogli o‘zgartirgichlar) turli tugunlarini qurishda qo‘llaniladi.
4-rasmda operatsion kuchaytirgich asosidagi kamparator keltirilgan.
4-rasm.
Uning o‘lchanuvchi va tayanch kuchlanishini operatsion kuchaytirgich kirishlariga simmetrik ulanishini xarakterlaydi. (Ukir - Ut) kuchlanishlar ayirmasi operatsion
kuchaytirgichni kirish kuchlanish U0 vazifasini bajaradi, bu o‘z navbatida komparatorning o‘tish tavsifini aniqlaydi (4-rasm, b). Ukir < Ut bo‘lganida, U0 < 0, bunga bog‘liq holda Uchik = U+chik mak . Ukir > Ut bo‘lganida, U0 > 0 va Uchik = U-chik mak . CHiqish kuchlanishi qutbining o‘zgarishi o‘lchanuvchi kirish kuchlanishi Ut qiymatidan o‘tganida amalga oshadi. Agar 4 – a rasmda ko‘rsatilgan kirish va tayanch kuchlanishlarning o‘rni almashtirilsa, yoki ularni ulash qutblari o‘zgarsa, kamparatorning o‘tish tavsifi inversiyalanadi.
Ukir < Ut shartiga Uchik = U-chik mak tenglik javob beradi, Ukir > Ut shartiga esa - Uchik = U+chik mak. Agar o‘lchanuvchi va tayanch kuchlanishlar qiymati operatsion kuchaytirgich kirish kuchlanishlarining pasport qiymatlaridan oshmasa 4–a rasmda ko‘rsatilgan sxema qo‘llaniladi. Aks holda ular operatsion kuchaytirgichga kuchlanish bo‘luvchilari yordamida ulanadilar (4–v rasm).
Operatsion kuchaytirgich asosidagi integrator sxemasi invertirlovchi kuchaytirgich asosida quriladi (5–rasm). Teskari bog‘lanish zanjiriga kondensator S ulanadi.
5-rasm.
Ma’lumki,
Operatsion kuchaytirgich uchun Rkir≈ ∞ bo‘lganigi uchun
Operatsion kuchaytirgich kirishlari oralig‘idagi kuchlanish U0= 0. SHuning uchun Uchik = Us, bundan
5 – rasmda ko‘rsatilgan sxema integrallash matematik amaliyotni bajaradi. Noaniq integrallardan, aniqlariga o‘tsak, yuqoridagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi,
CHiqish kuchlanishining qiymati boshlang‘ich sharoitlarga, ya’ni t=0 vaqtda
kondensatordagi kuchlanish Uchik (0) ga bog‘liq. Integrator kirishiga o‘zgarmas kuchlanish berilsa, chiqishda chiziqli qonuniyat bilan o‘zgaruvchi kuchlanish hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |