O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Telekomunikatsiya texnalogiyalari" fakulteti
"Kompyuterni tashkil etilishi" fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Hisoblash texnikasida Sanoq sistemalari
Bajardi: 204-guruh talabasi
Abdiqayumova.Ch
Qabul qildi: Norqulov.A
SAMARQAND – 2022
Mavzu:Hisoblash texnikasida Sanoq sistemlari.
Reja:
1.Hisoblash texnikasi haqida.
2.Hozrgi kundagi hisoblash texnikalari.
3.Sanoq sistemalari va rivojlanish tarixi.
Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va boshqa yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari miloddan avvalgi vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B.Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-asrdayoqmaʼlum edi. 18— 19-asrlardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki boʻldi. 1833-yilda ingliz olimi Ch.Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr — "analitik mashina" loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100 yil dan keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944-yil AK,Sh da elektromagnit releda ishlaydigan "MARK-1" dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-asr 40-yillarida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950-yilda Ukraina Fanlar akademiyasi akademik S.A.Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM "MESM" (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. 1953-yilda S.A.Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash texnikasi intida "BESM" (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasi ning tez takomilla-shishiga sabab boʻldi. Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi. Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (qarang Kiber-netika).
Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obʼyektlar va boshqalarning koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va boshqa moliya muassasalarining ishlarni markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.Oʻzbekistonda Hisoblash texnikasiga doir ilmiy tadqiqot ishlari Kibernetika instituti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent texnika universitetida olib boriladi.Qadimgi xalqlar - Misrliklar, Rimliklar va yunonlar «Abak» deb nomlangan o‘ziga xos hisoblash texnikasidan foydalanishgan. Uning ko‘rinishi turli zamonlarda o‘zgarishlarga uchragan bo‘lsa ham, biroq mohiyat har doim bir xil bo‘lgan: o‘rtacha o‘lchamdagi yog‘och doska, yoki, metall plastinaga ketma ket tartibda toshlar yoki tugmalar, shunga o‘xshash, ushlashga qulay kichik o‘lchamdagi donachalar o‘rnatib chiqilgan. Masalan Yunon abaki taxtacha yoki marmar toshga yo‘nib chiqilgan ariqchalar ichida harakatlanuvchi toshchalardan iborat bo‘lgan. Bunga ashyoviy dalil qilib, 1948-yilda Salamin oroli yaqinidan topilgan 150X75 o‘lchamdagi marmar abakni keltirish mumkin. Abakda chap tarafdagi chiziqlar - chuqurchalarda suriladigan toshlar orqali draxmalar va talantlar hisoblangan. o‘ng tarafda esa kichikroq birliklar - draxmaning ulushlari obol va xalk hisoblangan. Tasvirdagi abakda 4873 draxma, 2 obol va 5 xalk hisoblangan.
Neapoldan topilgan boshqa tarixiy yodgorlik - ko‘zada esa, qadimgi yunonlarning soliq yig‘uvchisining abakdan foydalanayotgani tasvirlangan. Undagi abak esa kolonkalarga ega emas, ma'lum qiymatlarni ifodalovchi donachalar esa, sonlarni bildiruvchi harflar ro‘parasiga tartiblangan. Tasvirdagi abakda qadimgi yunon soliqchisi 1231 draxma va 4 obolni hisoblamoqda.
Yunonlarnikiga o‘xshash abak, Kichik Osiyo yarim orolidan topilgan. Faqat u qadimgi Rimliklarga tegishli bo‘lib, u misdan yasalgan ekan.Bu abak birmuncha murakkabroq, va shunga ko‘ra mukammalroq ham bo‘lib, unda 1/12, 1/48, 1/72 gacha aniqlikda bo‘linmalarni ham hisoblash mumkin bo‘lgan. Pastki yo‘lakchalardagi harakatlanuvchi tugmalar 1 birliklarni, yuqoridagisi esa 5 birlikni ifodalagan. o‘ng chetdagi chiziqdagilar esa kasr sonlarni ifodalashda qo‘llanilgan. Tasvirdagi abakda 852 butun soni va 4/12 kasr ko‘rinishidagi miqdor ifodalangan.
Amerika qit'asidagi hindu sivilizatsiyalarida arqonlarga tugunlar tugish orqali hisob olib borilgan ma'lum. Xususan, Peru hududida yashagan» hindu qabilalarida «Kvipos» deb nomlangan, arqonga tugunchalar tugishga asoslangan hisoblash vositasi bo‘lgan ekan. Shu kabi hisoblash «texnikasi» Xitoyda «Suan-pan», Yaponiyada «Soroban» deb atalgan bo‘lib, ularda ham cho‘tdagi singari usul qo‘llanilgan. Ya'ni, turli qiymatga ega, rangdor toshlarni bir biriga nisbatan siljitilgan. Xitoy va Yapon «Suan-pan» va «Soroban» larida 7 ta toshchadan foydalanilgan.O‘rta asrlarda Yevropada esa Abakning maxsus turlari - stolga o‘yib ishlangan ko‘rinishdagilari keng tarqalgan ekan. Stolga o‘yib ishlangan Abakka, unga tutashtirib stul - o‘rindiq ham yasalgan. Bozor va yarmarkalarda shunday o‘rindiqli abakka joylashib, sarrof[1]lar hisob-kitob olib borishgan. Zamonaviy nutqimizdagi «chek», «bank» va «bankrot» kabi moliyaga taalluqli so‘zlar aynan o‘sha o‘rta asrlardagi o‘rindiqli abakdan kelib chiqqan ekan. «Bank» so‘zi - nemis va italyan tillaridagi «o‘rindiq» so‘zidan kelib chiqqani etimologik lug‘atlardan ma'lum. Agar bunday o‘rindiqli abakda ishlayotgan sarroflar, mijozni aldagani uchun yoki qaroqchilar qo‘liga tushib qolib kaltak esa va o‘rindig‘i hamda abak vositasi sinsa - «Banca rotta»ya'ni, «stol sindi!» deyishgan. Mana bankrot so‘zining ildizi qayerda ekan! «Chek» so‘zi esa, inglizchadagi «checker» fe'lidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘rta asrlardagi ingliz savdogarlarining hayvon terisiga bo‘limlar tarzida ishlangan abakni ular «checkered» deb atashgan. Bunday abak o‘rab, yig‘ishtirib olib yurishga qulay bo‘lib, unga toshchalar sifatida dukkakli o‘simliklar donlari qo‘llanilgan.So‘nggi o‘rta asrlardan boshlab esa, bizlardan ko‘pchiligimiz ham ko‘rgan hisoblash vositasi - cho‘tlar keng tarqalish olgan. Aytib o‘tganimdek, ular hisob-kitoblar olamida - do‘konlarda, kassalarda, buxgalteriya, omborxona va xalq ho‘jaligining turli sohalarida 90-yillarning oxirigacha o‘z o‘rnini saqlab qolgan edi...Albatta, hisoblash texnikasini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirishga bo‘lgan urinishlar ham ancha avval boshlangan. Biroq, dastlabki paytlarda bunday hisoblash vositalari, ayniqsa, elektron hisoblash vositalari o‘ta qo‘pol, qolaversa juda qimmat bo‘lgan. Mexanik hisoblash mashinalari haqida ham shunday deyish mumkin.Mexanik hisoblash mashinalarining dastlabki namunalarini buyuk farang olimi Blez Paskal ishlab chiqqan. Uning mashinasi o‘sha vaqtlarda «Paskal g‘ildiragi» deb nomlanar edi.2-yanvar 1640-yili Paskallar oilasi Ruanga ko‘chib keladi, bu yerda Paskalning otasi Etyen hudud intendanti[2] lavozimiga tayinlanadi. Amalda u gubernatorning barcha ishlarini, xususan soliq yig‘imlari va boshqa hisob-kitobga doir ishlarini yurituvchisi bo‘ladi.
Etyen Paskalning hisoblashga doir ishlari juda ko‘p edi, unga doimo o‘g‘li Blez Paskal yordam b?rardi. 1640-yilning oxirida Blez Paskalda aqlli «ruchka va jetonlar orqali» hisoblashlardan qutqarish uchun mashina ixtiro qilish fikri tug‘ildi. Uning mashinasida, Paskalning o‘zi aytganidek, «...biror razryadning g‘ildiragi yoki sterjeni o‘nta arifmetik raqamga siljib, keyingisini faqat bitta raqamga siljishga majbur etadi». Blez Paskal «Ogohlantirish» asarida «arifmetik mashinani ko‘rishga qiziqqan va undan foydalanmoqchi» bo‘lganlarga kamtargina bunday deydi: «Men sen uchun foydali holatga kelguncha vaqtimni ham, mehnatimni ham, mablag‘imni ham ayamadim».Bu so‘zlar besh yillik og‘ir mehnat mashinaning yaratilishiga olib k?lganiga ishora edi. Mashina sekin bo‘lsa-da, besh xonali sonlar ustida to‘rtta arifmetik amalni ishonchli bajarar edi.Tarixda ilk mukammal hisoblash mashinasi bo‘lgan Paskal g‘ildiragiga batafsil to‘xtalsa arziydi:Paskal mashinasi yengil latun quticha ichiga joylashtirilgan bo‘lib, qutichaning tepasi qopqoq tarzida ishlangan. Qopqoqda 8 ta tirqish mavjud. Har bir tirqish bo‘ylab aylanasiga shkalalangan. Paskal mashinasining eng chetki o‘ng tarafdagi tirqishi 6 ga bo‘lingan shkalalik, eng chetki chap tarafdagisi esa 12 ga bo‘lingan shkalalik edi. Qolgan 6 ta o‘rtadagi tirqishlar 10 lik sanoq tizimida shkalalangan. Bunday g‘alati gradiurovka - o‘sha zamon farang pul birligi tizimiga muvofiqlashtirilgan bo‘lib, 1 su - 1/20 livr, 1 denye esa 1/12 su bo‘lgan. Mashina soliq yig‘imlariga mo‘ljallangani sezilib turibdi. Qopqoq ostida esa tirqishlardagi shkalalarga mos sondagi tishlari bo‘lgan tishli uzatma mexanizmi ko‘rinib turgan.
Paskal mashinasiga sonlarni kiritish esa quyidagicha bo‘lgan: har bir g‘ildirak boshqasidan mustaqil ravishda, o‘z o‘qi atrofida aylangan. g‘ildirakning aylanishi yetakchi shtift yordamida amalga oshirilgan. Shtift tishli g‘ildirakni shkaladagi «1» ostida o‘rnatilgan qo‘zg‘almas bo‘rtmagacha burab borishi mumkin bo‘lgan. Har bir g‘ildirakning aylanishi? Ichki mexanizmlar orqali gorizontal o‘qqa mahkamlangan slindrik barabanlarga uzatilgan. Bu barabanlarda esa sonlar qatori yozilgan bo‘lgan. Paskal mashinasi 9 xonagacha bo‘lgan sonlarni qo‘shishni tez bajargan. Bunda songa mos keladigan aylanish burchagiga proportsional ravishda slindr aylanib, natijani namoyon etgan. Ko‘paytirish va bo‘lishda ham aynan g‘ildirakning qancha burchak ostida burilganiga muvofiq natijada slindr aylangan.
Paskal mexanizatsiyalashtiriligan hisoblash mashinasi o‘z zamonasi uchun benazir nou-xau, boshqacha aytganda xay-tek edi. Butun Yevropa bo‘yicha tez orada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Paskal mashinaning elliktaga yaqin nusxasini yasadi; Paskal reklamani ham unutmaydi: u kansler Segening qo‘llab quvvatlashiga - «Qirolning rasmiy imtiyozi»ga (patentga o‘xshash ruxsatnoma) erishadi. Mashina ko‘p marta yarmarka va ko‘rgazmalarda namoyish qilindi, hatto bir nusxasi shved qirolichasi Kristinaga yuborildi. Ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, qancha mashina ishlab chiqarilgani noma'lum, ammo‘ hozirgi kungacha uning sakkiz nusxasi saqlanib qolgan.
Paskaldan keyingi mexanik hisoblash texnikasining ustasi mashhur olmon matematigi Leybnits bo‘lgan. 1672-yilda Leybnits Gollandiyada olim Xristian Gyugens xonadonida mehmonda bo‘ladi va u Gyugensning kundalik ish tartibining juda katta qismini hisob-kitoblar olayotganligini ko‘rib, achinish bilan «Bu shunday ajoyib odamlarga nomunosib holat, boshqalarga, masalan, mashinaga ishonib topshirish mumkin bo'lgan hisoblash ishlarini xuddi qullar kabi, o‘zi bajarmoqda...» deb yozgan edi. Leybnistda hisoblashni o‘zi bajaradigan mashina yasash g‘oyasi paydo bo‘ladi. Leybnits yasagan hisoblash mashinasining ishlaydigan ilk namunasi 1694-yilda paydo bo‘ldi va olimga juda qimmatga 24000 talerga tushdi. Leybnits o‘z mashinasini «Arifmometr» deb nomlagan.
Leybnits mashinasining asosida uning o‘zi ixtiro qilgan bosqichli valik yotadi. Leybnitsning arifmometrida 12 xonali slindrik razryadlardan 12 tasi bo‘lib, u ham tishli uzatma mexanizmi asosida harakatlangan. Harakatlanuvchi mexanizm silindriga o‘yib yozilgan sonlarni slindrni burash orqali taritiblab olingan va keyin arifmetik amallarni bajarilgan.
Paskal hamda Leybnits mashinalari biror hisob kitob uchun qo‘llanilgandan keyin yana nolga qaytarish, ya'ni barcha razryadlarni boshidan kiritish uchun burab chiqish kerak edi. O‘z davri fan-texnikasi uchun har qancha yuksak natija bo‘lmasin, Paskalning ham Leybnitsning ham mashinalari ijtimoiy yashash darajasiga nisbatan o‘ta qimmat bo‘lgan. Bu narsa ularning oddiy xalq o‘rtasida keng tarqalishiga to‘sqinlik qilgan asosiy g‘ov edi...Biroq, jamiyatda bozor munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro savdo sotiq va ishlab chiqarish hajmining ortishi asta sekinlik bilan bo‘lsada, hisoblash mashinalariga bo‘lgan ehtiyojni ortishiga sabab bo‘ldi. Bank va moliya muassasalarida turli xil jadvallar - logarifmlar jadvali, foizlar jadvali kabilar keng tarqaldi. XVIII asr o‘rtalaridan boshlab dengiz yo‘llarining kengayishi, qit'alararo kema qatnovida navigatsiyaning ahamiyatini yanada dolzarb qilib qo‘ydi. XVIII asr oxirigacha ham, kemaning dengiz yoki okeanning qayerida turganligini aniqlovchi hisob kitoblar, koinotdagi osmon jismlarining harakatiga qarab belgilanar edi. Buning uchun maxsus astronomik jadvallar tuzilib, kema kapitani kayutasida osib qo‘yilar, bu esa kemaning ummondagi koordinatasini aniqlashning yagona usuli edi. Biroq, astronomik jadvallarda xatoliklar to‘lib yotardi. Qolaversa, har bir astronomik jadvalni tuzib chiqish, tuzatishlar kiritish va nashr etish juda katta mablag‘ talab qilgan. Noshirlar ham o‘z idoralarida maxsus shtatda astronomik ilmiy ma'lumotga ega bo‘lgan odam bilan shartnoma asosida jadvallarni doimiy tekshirib borish va zaruriy tuzatishlar kiritishga majbur bo‘lishgan. Lekin, bu ham dengizchilarni xatolardan qutqarmagan, ba'zan esa qayg‘uli hodisalarga ham sababchi bo‘lgan... XIX asr boshiga kelib, dunyo ummonlarida kemachilik bo‘yicha yetakchilik qilayotgan Angliya davlatida holat jiddiy tus oldi. Dengizchilik uchun ishlab chiqilgan logarifmik va astronomik jadvallardagi xatoliklar tufayli iqtisodiy va ma'naviy zarar miqdori yil sayin ortardi. Bu holatdan qutilish uchun, 1822-yilda ingliz hukumati maxsus farmoyish bilan mashhur matematik va ixtirochi Charlz Bebbidjga «hisoblash mashinasi yasash» haqida davlat topshirig‘i berdi.
SANOQ SISTEMALARI
Barcha mavjud tillar kabi sonlar tili ham mavjud bo‘lib, u ham o‘z alifbosiga ega. Mazkur alifbo hozir jahonda qo‘llanilayotgan 0 dan 9 gacha bo‘lgan o‘nta arab raqamlaridir, ya’ni: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9. Bu tilda o‘nta belgi (raqam) bo‘lganligi uchun ham, bu til o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi.Bizning kundalik hayotimizda qo‘llanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasi hozirgidek yuqori ko‘rsatkichni tez egallamagan. Turli davrlarda turli xalqlar bir-biridan keskin farqlanuvchan sanoq sistemalaridan foydalanganlar.
Masalan, 12 lik sanoq sistemasi juda keng qo‘llanilgan. Uning kelib chiqishida albatta tabiiy hisoblash vositasi - qo‘limizning ahamiyati katta. Bosh barmog‘imizdan farqli qolgan to‘rttala barmog‘imizning har biri 3 tadan, ya’ni hammasi bo‘lib 12 ta bo‘g‘indan iboratdir. Mazkur sanoq sistema izlari hanuzgacha saqlanib qolgan. Masalan, inglizlarda uzunlikni o‘lchash birligi:
Do'stlaringiz bilan baham: |