«Don Juan» operasi
Motsartning opera ijodida oliy darajadagi yutug'i «Don Juan»operasidir. Bu opera
ayollarni o'/iga maftun qila oladigan ispan aslzodasi haqidagi mashhur afsona asosida
yaratilgan. Bu afsona ko'plab dramaturglar e'tiborini tortgan. Ispaniyalik Tirso da Molina
(XVII asr) va italiyalik Goldoni (XVIII asr)larning shu mavzudagi pyesalari mashhur
bo'lgan. 1761-yilda Venada Glukning «Don Juan» baleti qo'yiladi. Motsartdan keyin,
XIX asrda Don Juan obrazi Bayron, Lenau, Pushkin, Dargomijskiylarning e'tiborini
tortadi. Hatto, Rihard Shtraus ham unga qiziqadi, uningsimfonik poemasi XIX asrning
oxirlarida yaratilgan.
Motsart operasi Mazkur sujetning mustaqil ishlanmasidaniborat. Unda biz Vena xalq
teatriga xos bo'lgan oliy tragediya va engil komediyaning qorishmasi bilan uchrashamiz.
Operaningkomediya
qirrasi
Leporello,
Serlina,
Mazetto
obrazlarida
mujassamlashgan.Komandor, donna Anna, don Ottavio va donna
Elviraobrazlaridagi katta tragik pafosning kulminatsion holatlarida yetib
boruvchi dramatik ekspressiyasi kishini hayratga soladi.Tragadeya va komediyaga xos
qirralarning tabiiy ravishda uyg'unlashibketishi Motsartga o'z operasini «drama giocoso»
(«quvnoqdrama»), deb atash imkonini berdi. Motsartning «Don Juan»dagi katta yutug'i
an'anaviy tugallangan nomerlarga bo'lish o'rniga boshdan oxirigacha davom etadigan
rivojlanishga moyilligi bo'ldi.
Opera ikki ko'rinishdan iborat. Ularning har biri o'zaro qarama-qarshi bo'lgan
sahnalarning almashinib kelishiga asoslanadi.Opera Komandorning ayanchli, fojiaviy
obrazini tavsiflabberuvchi musiqa bilan qamrab olingan (sonata ailegrosi bilan uverturava
ikkinchi sahnaning final!).
Opera uverturasi Komandor mavzusi bilan boshlanadi.
Andante
52
Komandor obrazi bilan bog’liq mavzuga sonata allegrosi qarshiqo'yiladi. Bosh va
yordamchi partiyalar bir-biriga zid emas. Ularning har ikkisi ham hayotbaxsh abadiy
lazzatlarni izlab yuaivchi Don Juan hamda Leporello obrazlarini tavsiflaydi.
Molto allegro
Inson ehtiroslarining psixologik teranligi hamda ifoda kuchigako'ra, tasviri bo'yicha
XVIII asr operasida «Don Juan»ga tengkeladigan biror asarni ko’rsatish mumkin
emas.Operadagi liar bir qahramon o'zining yorqin musiqiy tavsiflgaega bo'lgan. Ularning
orasida eng fojiaviy obraz Komandor obrazidir. Uni tavsiflaydigan musiqa leytmotiv
53
bo'lib, operada ikki marta yangraydi: uverturaning boshida (sonata allegrosining
boshlanishi sifatida) va opera finalida (Don Juanning kechki ovqat yeyayotgan paytida
Komandorning haykali ko'ringan sahnada).
Motsartning nodir opera ijodkorligidagi Komandornitig o'zgarmasleytmotivli tavsifi
personaj tavsifining o'zi bilan izohlanadi:
Komandor tirik shaxsgina emas, ayni paytda, jazolovchikuch, qasos olish ramzi hamdir.
Komandorning musiqali tavsiflgabog’liq holda Motsart trombonlar tembrini ham kiritadi,
ularvahima
soluvchi
taassurot
uyg'otadi.Birinchi
ko'rinishning
muqaddimasi
(introduksiyasi)da donnaAnnaning fojiaviy obrazt ochiladi. Uning «Yo'ldan uruvchi
endibizga ma'lumdir» ariyasi keskin-dramatik tusga ega. Operadagidonna Elvira va don
Ottaviolar fojiaviy personajlar toifasiga kiradi.Donna Elviraning har ikki ariyasi ham
an'anaviy opera tavsifigaega va u donna Elvirani seria operalari personajlari bilan
yaqinlashtiradi.Ushbu barcha personajlarga komediyaga xos personajlar vabuffa operasi
an'analarini rivojlantiruvchi sahnalar qarama-qarshiqo'yiladi. Ushbu yo'nalishning asosiy
qahramoni Leporellodir. Uning vokal partiyasida buffa operalaridagi bas partiyalarining
xususiyatlari: tez aytish turidagi parlando, bitta qisqa jumlaningko'p marta takrorlanishi,
kuyning ko'p rechitativli qurilishi saqlanib qolgan.
Leporelloga aloqador bo'lgan intonatsion majmua dramatikvaziyatga ko'ra, bir qator
o'zgarishlarga uchraydi. Leporello birinchi aktdagi mashhur ariyasida donna Elvira oldida
Don Juanning mahbubalari ro'yxatini ocharqan, o'z xo'jayinining yurishlarini gapirib
beradi. Kompozitorning mahorati sahnama-sahna ko'proq namoyon bo'ladi. U musiqa
bilan matn uyg’un'lugini ta'minlagan holda opera ixlosmandlarining xatti-harakatini
yagona maqsadga yetaklaydi.
Jlenopejuio
Don Juan obrazi bu yerda boshqacharoq tarzda — Leporelloninghikoya-ariyasi orqali
berilgan. Ayniqsa, vokal tez aytishlarda ko'p marta takrorlanuvchi «jajji» so'zlarda,
shuningdek, ariyaning ikkinchi qismidagi kinoyali ohanglarda yorqin ko'rinadi.
Shundaytarzda, Motsart sodda vositalar bilan murakkab obrazni yaratadiki,ularda Don
Juan va Leporelloning tavsiflari birlashib ketadi.
Biroq Leporello o'z xo'jayinining sodiq xizmatkori bo'lish bilan birga, qo'rqoq
hamdir. Bu xislatlar uning qiyin ahvolga tushib qolganidagi xitoblarda berilgan. 2-
aktning sekstetida barcha ishtirokchilar uni Don Juan o'rnida qabul qilganlarida va
shuning uchun Leporelloni ayblagan paytlarida uning qo'rquv va iltijolari ©rkestrning
quyidagi pastlab boruvchi xromatik odimlari bilan beriladi.
[Andante]Jlenopejmo
54
Leporelloning qo'rquvi qabristonda Komandor haykali oldidagisahnada juda yorqin
ko’rsatilgan.
Operadagi Don Juan obrazining o'zi eng murakkab va ko'pqirrali obrazlardanbiridir.
U hayotsevar, nazokatli, jasur, topqir,ayni paytda, ayyor, xiyonatkorona tarzda harakatlar
qilishga qobilshaxs. Operaning boshidanoq Don Juan obrazi ansambl sahnalaridaboshqa
qahramonlar bilan aloqador holda introduksiyada
donna Anna bilan jo'shqin sahnada, Komandor bilan bellashuvda, Leporello bilan komik
aytishuvlarda, donna Elvira bilan bo'lgan sahnalarda, Serlina bilan nazokatli duetda,
kvartetda yorqin ko'rinadi. Ushbu sahnalar musiqasida Don Juanday murakkab obrazning
turli qirralari: rechitativlardagi komik tez aytishlardan, Serlina bilan ishqiy duetdagi
mayin ohanglardan boshlab, to bellashuv sahnalaridagi keskin, qahramonona qat'iyat
bilan to'lgan intonatsiyalargacha ochib berilgan.
Don Juanning «Jo'shqin qonning qaynashi uchun» nomi bilanmashhur bo'lgan ariyasi —
olovli temperament va shodiyonalikbilan. limmo-limdir.
Ariyaning musiqasi uning fanfarali intonatsiyalaribilan birgalikda opera bosh
qahramoniga xos bo'lganhayotiy kuch-qudratni ko’rsatib beradi. Ushbu holat tezkor
temp,fanfarali intonatsiyalar hamda musiqaning uzluksiz harakatlari
tufayli yuzaga keltiriladi.
Presto
55
Don Juanning ikkinchi ko'rinishdagi band shaklida yozilganva mandolina jo'rligida ijro
etiladigan serenadasi (ishqiy qo'shig'i)ham qiziqarlidir. Mandolina partiyasi ta'sirchan
bo'lib, Vena xalq maishiy musiqasining o'ziga xos qirralarini umumlashmasi hamdir.
Vokal partiyasi ta'sirchanligi va nazokati bilan ajralib turadi.
56
Don Juanning soviiqqon shafqatsizligi, xiyonatkorligi va makkorligiikkinchi
ko'rinishdagi ariyada ifodalangan. Bu yerda u Leporello kiyimida ko'rinadi, o'zining
izquvarlarini aldab, ularga boshqa yo'lni ko’rsatib yiiboradi. Bu ariyada ohangdor kuy
yo'q,Lining barchasi rechitativdan iborat. Ular ko'plab pauzalari bilan,harakatchan orkestr
Do'stlaringiz bilan baham: |