44
Kavatinada Figaro jasur, qat'iyatli, harakatchan qiyofadako’rsatiladi.
Presto
Qahramonning musiqiy portreti birinchi ko'rinishni uning yakunlovchi («Chaqqon bola»)
ariyasida yanadabo'rttirib chiziladi. Figaro bu yerda Kerubinoga murojaat qiladi. U
grafning buyrug'iga muvofiq polkka ketishi kerak edi. Figaro o'tkir aql va samimiy kulgi
bilan harbiy xizmat go'zalliklarini chizib beradi.
Ariya rondo shaklida yozilgan. Ariyada asosiy, marsh mavzusi uch marta
takrorlanadi («Chaqqon, jingalaksoch, oshiq bola»). Asosiy mavzuni o'tkazish
oraliqlarida latif musiqa («Atirlar, lab bo'yoqlar bilan xayrlashgin» so'zlariga) va fanfara
sadolari («Shafqatsiz jangchi bo'lursan» so'zlariga) jaranglaydi. Figaroning uchinchi
(«Ko'zingizni oching, erkaklar») ariyasida u xuddi rashkchi, Suzannani xiyonatda gumon
qilayotgan qiyofada ko'rinadi. Ariyaning kuyi rechitativ tavsifiga ega. Orkestr jo'rligi,
vokal tez aytishning ko'p martalab takrori qahramonning qahrini ochib bera olgan.
Operada paj (mahrambachcha) Kerubinoning roli ham ahamiyatlidir. Uning
partiyasini past ayol tovushi — metsso-soprano ijro etadi. Kerubino saroy ahlining
ko'ngilxushliklarida faol ishtirok etadi. Kerubinoning birinchi ko'rinishdagi ariyasi
(«Aytish, izohlashni uddalolmayman») hayajonli, hissiyotli ruhga ega. Bu vokal
partiyalaridagi kuyning tezligi, xuddi hayajonli nutqqa o'xshaydigan qisqa ritmik
formulalarning takroriyligi orqali ta'minlangan. Ariyaning kuyi Motsartning sol minor
simfoniyasining birinchi qismidagi bosh partiyasiga o'xshashdir.
Ariyada o'spirin yigitning bezovtaligi yaxshi ochib berilgan. Tuyg'ularning
to'lib-toshganligi uning nutqiga uzuq-yuluqlik hamda hayajon ruhini beradi. Titrab
turuvchi, hayajonli kuzatuv, tezkor temp, musiqaning rangdor bo'yog'i — bularning
barchasi o'smirlarcha
zavq-shavqni, baxt va saodatga intiluvchanlikni aks ettiradi.
Vivo
45
Kerubinoning ikkinchi ko'rinishdagi ariyasi Grafinya Rozinagaqaratilgan.
moderato
Kuyning ifodaviyligi uning so'zlaridagi nazokat va i l i q l i k n Inozik darajada aks
ettiradi. Orkestrning bo'lib-bo'lib qilgan jo'rovozligi gitaraning jarangiga o'xshab ketadi,
ularga Suzanna qo'shiq bilan qo'shilishib turadi.
Grafinyaning xizmatchisi Suzanna (soprano) ham zakovat vaaqlda Figarodan
qolishmaydi. Boshqalar bilan birgalikda u qasrningshovqinli, sho'x-shodon va mantiqsiz
hayoti girdobida aylanadi.O'z baxti uchun qat'iyat bilan kurasharqan, u o'zidagiirodani,
topqirlik va ayyorlikni namoyish etadi. Suzanna yolg'iz qolgan damlaridagina
bamaylixotir o'z qaylig'i haqida o'y sura oladi. Uning ikkinchi sahnaning ikkinchi
ko'rinishidagi sitsiliana ritmida yozilgan ixchamgina ariyasi yorqin va ruhiyatga ta'sir
qiladigan darajada nozik jaranglaydi.
Andante
Ariyaga fleyta, goboy, fagot (yog'ochdan yasalgan, puflabchalinadigan musiqa
cholg'ulari)ning tovushlari maxsus maftunkorlikbag'ishlaydi. Graf Almaviva musiqiy
tavsifi murakkab va o'zgaruvchandir. Graf obrazi faqat ariyasidagina emas, balki ansambl
sahnalarida to'liq ochib beriladi. Birinchi ko'rinish ftnalidagrafmya bilan bo'lgan sahnada
uning
partiyasi buyruq ohanglari
bilan ajralib turadi. Ichkari xonadan chiqqan Suzannani ko'rgan graf uning xushtori shu
xonada yashiringan deb o'ylaydi, grafning partiyasida ajablanish ohanglari sezilib turadi.
Zaharxanda ohang Figaroning so'roq sahnasida ustuvorlik qiladi va h.k. Grafinyaning
musiqiy tavsifi ham o'zgaruvchandir. U o'zi yakka qolganida iztirobli va g'amgin, chunki
turmush o'rtog'i unga xiyonat qilgan, uning qayg'uli tuyg'ulari har ikki ariyada ham
ifodalangan. Ayniqsa, «Sevgi ma'budi» deyilgan birinchi ariyada (lamento turida bo'lib,
yorqin «chiquvchi» talaffuzlar bilan) u ochiq ko'rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: