Ona yurtim oltin beshigim



Download 20,34 Kb.
Sana08.08.2021
Hajmi20,34 Kb.
#141617
Bog'liq
Ona yurtim


Ona yurtim - oltin beshigim
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson.

Insonlarni, ularning nomi, yodini aziz etgan tabarruk Vatan undan-da azizroq. Dunyoning yarmidan ko‘p azizu avliyosini, shohu sultonini dunyoga keltirgan mo‘tabar zamindir bizning diyorimiz. Zarrasi ko‘zlarga to‘tiyo, g‘ubori oltindan qimmat, har maysasi – ibrat, har boshog‘idan hadis unib chiqquvchi purhikmat tuproq. Bunda qatlam-qatlam ma’rifatu tamaddun, qatlam-qatlam bo‘lib azizu avliyolar yotibdilar. Ko‘hna kitoblarning shahodat berishicha, birgina Samarqand tuprog‘ining o‘zida 400 mingga yaqin valiylaru azizlar xoki o‘z mujassamini topgan. 400 ming bedor, uyg‘oq ruh kechayu kunduz yurt uzra panoh bo‘lib turibdi. Shu sababli, bu manzillarga qadam bosganda qalb ilohiy hayajonlar ila mavjlanadi, tan va ruh beixtiyor jimirlay boshlaydi.

Insonning azizligiyu millatning buyukligini, or-nomus va g‘ururni, iftixor bilan sha’nu shavkatni o‘zida mujassam etgan manzilu makonlar, shaharlar va kentlar, binolaru ko‘chalar, yo‘llar va ko‘priklar… Bular bir kundayoq, o‘z-o‘zidan osmondan tushgani yo‘q, albatta. Bular – Istiqlolning, shu davru zamonning inshootlarga, maydonlar, ko‘cha va xiyobonlarga aylangan eskirmas hujjatlari, orzu-maqsadlarimizning Vatan kitobidan mangu maqom topgan sarg‘aymas sahifalari, farzandlarimiz baxti-kelajagining nurlanib turgan timsollari.

Milliy ozodlikka erishgan qadim obidalar, qadamjolar.

Milliy ozodlikka erishgan shamollar.

Bu shamollar ko‘ksiga tegmog‘ini zahmatkash xalqimiz roppa-rosa 130 yil kutdi. Abdulhamid Cho‘lpon “Ey, sovuq ellardan muz kiyib kelg‘onlar. Ey, manim bog‘imdan mevamni terg‘onlar” deya nadomatli satrlar bitgan istibdod va malomat, mutelik va qaramlik yillari kunlarga bo‘linganda – 47 ming 450 kundan iborat erksizlik va haqsizlik davri.

Shu bois Shahrisabzda – muhtasham Oqsaroy poyida, Sohibqiron Amir Temur qoshida buyukligini anglagan, Buxoroyi sharifda Bahouddin Naqshband bobo ayvonida turib azizligini bilgan, imom al-Buxoriy, imom at-Termiziylar ziyoratidan qayta tug‘ilganday bo‘lib kelayotgan, Andijonda Zahiriddin Muhammad Boburdan g‘ururlanib, Urganchda Jaloliddin Manguberdidan saboq olgan, Termizda Alpomish yonida ko‘kragida Boychiborlar depsinib uyg‘ongan avlodga – bugungi 19 yoshli vatandoshlarga necha zamonlaru asrlar havas qilsa arziydi.

Shu o‘rinda Istiqloldan bir yil avval, mustabid tuzum jon bergisi kelmay, zug‘um va zo‘ravonligi talvasaga aylangan qaltis bir davrda, yurtimizda davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan bir ma’naviy-ma’rifiy jasoratni eslab o‘tmoq g‘oyat ibratlidir. Buyuk muhaddis Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan xaroba choldivor holida, g‘arib va qarovsiz yotgan allomaning maqbarasi, yon-atrofi obod etilib, ko‘rkam va mahobatli ziyoratgoh majmuaga aylantirildi. Ilmiy anjumanga kelgan ko‘plab xorijiy mehmonlar, vatandoshlarimiz ushbu hodisani buyuk o‘zgarishlarga, bu yurtda ham hurriyat shamollari esajagiga timsol deb bilib, ko‘zda yoshu tilda duo bilan ketgan edilar.

Oradan bir yil o‘tib, xalqimiz tarixidagi eng buyuk olamshumul voqea – O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan keyin, Istiqlolning ilk sanasiga hazrat Alisher Navoiy yili deb ramziy-timsoliy nom berilishi bilan davlatimiz o‘z tanlagan yo‘li, insonparvarlik va tinchliksevarlik g‘oyasi, maqsad va muddaosini jahon ahliga ma’lum qildi.

O‘shanda, ya’ni, 1991 yilning 28 sentabr kuni Toshkent shahrida Alisher Navoiy haykali va O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimida Prezidentimiz so‘zlagan nutq, jumladan, ta’kidlab aytilgan quyidagi so‘zlar barchamizni hamisha ogohlik va hamjihatlikka undab turadi:

“Bizlarning tariximiz, bugungi hayotimiz shuni ko‘rsatayaptiki, ozodlik yo‘li, mustaqillik yo‘li mashaqqatli va g‘oyat og‘ir bo‘ladi. Hali ko‘p sinovlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Istiqlol yo‘lida birinchi qadam qo‘yganimizdan boshlab, O‘zbekiston diyoriga, uning rahbariyati va siyosatiga malomat toshlarini otish va tutayotgan yo‘limizni to‘sish harakatlari kundan-kunga kuchayib ketyapti. Mustamlakachilik siyosati osonlik bilan jon bermaydi. Buni hammamiz yaxshi esda tutishimiz kerak. Shu sababdan bugun xalqimizni doim birdamlikka, bir-biriga hamnafas va hamdard bo‘lishga chaqirgan ulug‘ bobokalonimiz siymosi oldida, kelinglar, bir-birimizga so‘z beraylik. Ozodlik va Istiqlol yo‘lida, bu ezgu niyatlarni hayotimizga amaliy tatbiq etishda bir jon, bir tan bo‘laylik!”

Yurtning baland ayvonidan, maqom va martabalariga yarasha joy olgan Navoiy bobomiz, mana, o‘n to‘qqiz yildan beri azim poytaxtning ko‘rki va fayzi bo‘lib, olam ahlini yaxshilikka, ahillik va mehr- muhabbatga chorlab turibdilar. Nihollar daraxt bo‘ldi, gulzorlar bo‘stonlarga aylandi, o‘shanda beshiklarda ko‘zmunchoq o‘ynab yotgan minglab, yuz minglab chaqaloqlar bugun ulg‘ayib, yurt so‘rab turishibdi.



Azizlarini aziz etgan, farzandlari, oilasi, dashtu dalasiyu tuprog‘ini aziz deb bilgan, nomiyu noniga azizlik sharafini qaytargan zotlar ham el-yurt oldida hamisha aziz bo‘lib qoladilar.
Download 20,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish