MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: O‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar, ularning yasalishi
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga o‘rin va payt ma’nosini bildiruvchi sifatlar, ularning yasalishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.O’zbekiston tabiati va iqlimi, geografik hududi, tog’lari, tog’da yashovchi hayvonlar, tog’ o’simliklari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Tabiatni, tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga o’rgatish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
4- mashq. Matnni o‘qing. Matnda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor bering va savollarga javob bering.
O‘zbekistonning hayvonot dunyosi
XIX asrning ikkinchi yarmida G‘arbiy Tyanshan tog‘larida, O‘zbekiston janubidagi Bobotog‘, Ko‘hitang, Boysun, Hisor tog‘lari etaklarida hozir deyarli yo‘q bo‘lib ketgan qoplon, yo‘l-bars, tog‘ qo‘yi, qizil bo‘ri, Tyanshan oq tirnoqli ayig‘i, Qizil-qum qo‘ylari va boshqa ko‘p hayvon turlari bor edi. Ekologiya-ning yomonlashuvi va insonning tabiatga qo‘pol munosabati oqi-batida ularning turi va soni keskin kamaydi. Turon yo‘lbarsi, qizil tulki va boshqa noyob hayvonlar butunlay yo‘qolib ketdi. O‘rta Osiyo va G‘arbiy Osiyoda yashovchi qoplon, olachiðor bo‘g‘ma ilon, qora laylak, ko‘zoynakli ilon (kobra), uzun dumli burgut, oq-qush va boshqalar yo‘qolish arafasidadir. Bulardan tashqari, Ustyurt qo‘chqori, burama shoxli qo‘y, suvsar, olachiðor kaltakesak va boshqa ayrim hayvonlarning ham yo‘qolib ketish xavfi bor.
Savollar:
1. Ushbu noyob hayvonlar yo‘qolib ketmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilyapti?
2. Sizningcha, hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun yana nimalar qilish kerak?
Bilib oling!
Sifatlar birikmali bo‘lishi ham mumkin. Masalan: oq tirnoqli ayiq, ko‘zoynakli ilon, burama shoxli qo‘y, ikki o‘rkachli tuya.
5- mashq. Savollarga javob bergan holda matnni davom ettiring.
Biz do‘lana tergani tog‘ yonbag‘ridan yuqoriga ko‘tarila bosh-ladik. Do‘lana pishig‘ida tog‘da bo‘lganmisiz? Tog‘ xalqi do‘lana pishig‘ini kutadi. Do‘lana tog‘ning eng baland cho‘qqisiga birinchi qor tushgandan so‘ng pishadi. Ana shu paytda tog‘liklar do‘lana tergani tog‘ga chiqadilar. ...
1. Siz do‘lanani yoqtirasizmi?
2. Do‘lananing ko‘rinishi, maza-ta’mi qanday?
3. Do‘lana qayerda o‘sar ekan?
4. U nimalarga davo bo‘ladi?
D)Mustahkamlash
6- mashq. Berilgan sifatlar ishtirokida so‘z birikmalari tuzing.
Foydali, saxovatli, bexabar, ishchan, kumushsimon, shi-fobaxsh, sezgir, salobatli, tortinchoq, ko‘chma, tonggi.
3- topshiriq. Berilgan matnlardan foydalanib, jadvalni to‘ldiring.
O‘zbekistondagi O‘zbekiston O ‘zbekiston
tog‘larning hududidagi mavjud hududidagi mavjud
nomlari hayvonlar qushlar
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘zbekistonning hayvonot dunyosi haqida so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |