III chorak
1. Sodda otlarni toping.
A) ko'klam, birodar, tokzor C) dunyoqarash. rang-barang, qorbo'ron
B) gulchambar, buloq, oy D) Bilim, do'stlik, savdo-sotiq
2.Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar qanday yoziladi?
A) ajratib C) chiziqcha bilan
B) qo'shib D) bunday atoqli otlar mavjud emas.
3. Juft otlar berilgan qatorni toping.
A) bog' -bo'ston, qir-adir, non-choy C) katta-kichik, yengil-yelpi, qora-qura
B) gulbog’, otashkurak, oshqozon D) g’ir-g’ir, ola-bula, qing’ir-qiyshiq.
4. Qo’shma otlar berilgan qatorni toping.
A) ko'z-po'z, aka-uka, non-pon
B) Markaziy Osiyo, achchiqtosh, kungaboqar
C) tokzor, soatsoz, tustovuq
D) Bahoroy, Quyi Chirchiq, asalari
5.Qo'shma otlar berilgan qatorni toping.
A) kamzul, yangi yo'l, tokzor
B) bilakuzuk, tillaqosh, bozorboshi
C) kitobxon, oshpaz, xushbo'y
D) Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo, sheryurak
6. Takroriy otlar berilgan qatorni toping.
A) tuz-puz , tovoq-povoq, tovuq-povuq
B) qarindosh-urug', ota-ona, dori-darmon,
C) qop-qop, dasta-dasta, ko'p-ko'p
D) non-pon, qo’ni-qo’shni, gul-chechak
7 . Shaxs otlari berilgan qatorni toping.
A) kampir, zargarlik, amma C) quruvchi, chopiq, direktor
B) terim, shaharlik, xola D) samovarchi, g'azalxon, aravasoz
8. O'rin-joy otlari berilgan qatorni toping.
A) guzar, ko'cha, gazeta, saylgoh C) To'rtko'l, Buloqboshi, To'ybeka
B) guldon, qazilma, oshxona, maydon D) zavod, hovli, olmazor, tolzor
9. Mavhum ot ishtirok etgan gapni toping.
A) Hasad-yurakning zanglashi, qaysarlik mag'lubiyat sababchisidir.
B) Shavkatlarning kattagina uzumzor bog'i bor.
C) Nigora Saidlarnikiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan, Saidning dadasi televizor ko'rib o'tirar edi.
D) Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlar ko'p bo'lgan o'rmon.
10.Otning lug’aviy shakllari berilgan qatorni toping.
A) ahillik, uylar, bog'i C) Turg'unoy, ro'molcha, uylar
B) bolaginam, uycha, ukajon D) uyim, qishloqda, kitobni
11.Otga xos sintaktik shakl yasovchi qo 'shimchalarni toping.
A ) -ni, -lar, -ning C) -lik, -(i) m, -(i)ngiz
B) -xon,-jon,-bek D) –si, -da, -(i)ng
12. Yasama otni toping.
A) oltingugurt C) bo’g’iz
B) Quyi Chirchiq D) A.B.C
13.Yasama sifatni toping.
A) dilkash, olacha, toshloq C) erkin, ko'tara, asrandi
B) xushhavo, hamyurt, o'quvchi D) o'tin, sog'lom, duogo'y
14. Tub sifatni toping.
A) yoqimli, siniq C) bo'm-bo'sh, qoramtir
B) go'zal, qadimgi. D) johillik, ajoyib.
15. Qaysi qo'shimchalar payt bildiruvchi otlarga qo'shilib, paytga xos belgini bildiravchi sifat yasaydi?
A) –gi (-ki) C) (-u)-iy
B) -simon D) -dor
16. Qaysi qo' shimchalar o'xshashlik belgisini bildiravchi sifat yasaydi?
A) (-u)iy C) -gi (-ki)
B) -simon D) -dor
17. Qo'shma sifat ishtirok etgan gapni toping.
A) Laylakqor urib turgan bir kun edi.
B) Kasbning katta-kichigi bo’lmaydi.
C) Yangi-yangi ariqlar kavlab, qo'riqlar ochamiz.
D) Ko'z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg'itib o'ynayotgan polvon ketmasdi.
18 . "Ot+ot" qolipli qo 'shma sifatlar berilgan qatorni toping.
A) sheryurak, bodomqovoq C) qorasoch, oqko'ngi
B) ko'zoynak, ishyoqmas D) uchburchak, laylakqor
19. Sifatlar tuzilishiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
A) sodda, qo'shma, juft
C) sodda, qo'shma, juft, takroriy
B) sodda, qo'shma, juft, takroriy, birikmali
D) asliy, nisbiy
20 . Takroriy sifat ishlirok etgan gapni toping.
A) Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi.
B) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko'kni savalay ketdi.
C) Ko'zlari qop-qora, chiroyli.
D) O'quvchilar dasta-dasta gullar keltirishdi.
21. Qanday sifatlar belgini ta'kidlab, kuchaytirib ifodalaydi?
A) juft C) qo'shma
B) takroriy D) sodda
22 .Narsalarning belgisini bevosita, to'g'ridan-to'g'ri ifodalay oladigan va belgini darajalab ko'rsata oladigan sifatlar … deyiladi. Nuqtar o’rniga mosini qo'ying.
A) asliy sifatlar C) oddiy darajadagi sifatlar
B) nisbiy sifatlar D) yasama sifatlar
23.Picha, xiyla, nim so'zlari orqali qaysi daraja hosil qilinadi?
A) orttirma C) oddiy
B) ozaytirma D) qiyosiy
24. Xususiyat bildiruvchi sifat ishtirok etgan gapni toping.
A) Oldilarida bir talay xushbo'y, ko'm-ko'k bo'takoz gullar turibdi.
B) Mehnatkash qo'lim, aqlli boshim bor, - debdi u.
C) Bir kuni ninachilarning zangori, mallatuslarini uyga keltirishibdi.
D) Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak.
25.Otlashgan sifat ishtirok etgan qatorni toping.
A) Solihboy davlatmand savdogar edi.
B) Odobsiz farzandni yomon ko'rarlar.
C) Yaxshiliklarim seni ko' r qilmasin deb qo'rqaman.
D) Qo' ng' iz bolasini oppog'im deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |