Ona tilidan bilim va malakalarni umumlashtirish darslari


Boshlang’ich sinf o’quvchilarinining bilim, ko’nikma va malakalarini oshirishda so’z yasalishiga oid mashqlardan foydalanish



Download 115 Kb.
bet8/9
Sana17.07.2022
Hajmi115 Kb.
#813828
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ONA TILIDAN BILIM VA MALAKALARNI UMUMLASHTIRISH DARSLARI

5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarinining bilim, ko’nikma va malakalarini oshirishda so’z yasalishiga oid mashqlardan foydalanish.
O`zagini o`rniga qo`y o`yini
O`yinning shartiga ko`ra bir so`z o`zagiga qo`shilishi mumkin bo`lgan so`z yasovchi qo`shimchalar beriladi.Topilishi zarur bo`lgan so`zlarning o`rniga uch nuqta qo`yiladi.O`quvchi so`z yasovchi qo`shimchalarning lug`aviy- grammatik ma`nosiga qarab o`zak topib qo`yishi zarur. Agar o`quvchilar topishga qiynalishsalar qo`yish uchun so`zlar beriladi. Ulardan zaruri tanlab olinadi.
1...... kor, ...... li, ......lik,.....zor.
2...li... siz, ....chi, ... zor.
3....li, ...la,....chi, ...siz..... chan.
4. ba...., be...., no…
Qo`yish uchun so`zlar: ish, olma, suv, kitob, davlat, paxta, bug`doy, aniq.
So`z tarkibini bilamiz o`yini
Bu o`yinni 4-sinfda o`tkazish mumkin.Chunki bu sinfda o`quvchilar otlarning turlanishi va fellarning tuslanishini o`rganadi. O`qituvchi tanlab kelgan matn yoki darslikdagi mashqlardan biri beriladi. Sinf o`quvchilari qatorlar bo`yicha uch guruhga bo`linadi.1- guruhdagilar o`zaklarni tanlab yozadi. 2-guruhdagilar so`z yasovchi qo`shimchali so`zlarni, 3-guruhdagi bolalar esa so`z o`zgaruvchi qo`shimcha so`zlarni topib yozib oladi.
Matn: kuz, bahorda, gulni, gulzor, Toshkenda paxtakor, kitobim, harakatchan, zirqilla, suvsiz, berdim, suvla, puldor, mashina, soat, ko`mir, chiroq, sovuq, o`qi o`yin, Termizdan, kelmagan, ishla.
O`quvchilar ushbu o`yinni qo`yidagicha bajarishadi.
1-guruh: kuz, vatan, samarqand, mashina, soat, ko`mir, chiroq, sovuq, o`qi.
2-guruh: gulzor, paxtakor, harakatchan, suvsiz, suvla,puldor, zirqilla, ishli, ishla
3-guruh: bahorda gulni, Toshkentda, kitobim, daftarng, o`yin, Termizdan, qalamni, botirning,
O`zak, negiz, qo`shimcha
Har qaysi bir tushuncha
So`z quramiz birlikda
Egalik ham ko`plikda
O`zakdosh so`zlar tuz o`yini
O`quvchilar so`zlarning tarkibi yuzasidan boshlang`ich sinflarda ham ma`lum darajada bilim oladi. Ularning mavzu yuzasidan xilma-xil mashqlar ishlashadi.Mustaqil mashg`ulotlarni bajaradi. Ularning mavzu yuzasidan olgan bilimlariga tayanib quyidagi o`yin o`tkaziladi. xattaxtaga 2-3 o`quvchi chiqariladi va ularning har biriga bittadan so`z beriladi. Bolalalar o`zakka qo`shimchalar qo`shib yangi so`z yasaydi.

1- o`quvchi

2- o`quvchi

3-o`quvchi

Ish

paxta

gul

Ishchi

paxtali

gulchi

Ishli

paxtasiz

gulli

Ishsiz

paxtazor

gulsiz

Ishla

paxtakor

gulla

Ishchan

paxtalik

gulzor







guldor



XULOSA
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishda har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg’ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning aniqlashicha bolalar o’qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma`lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o’zlari mulohaza yuritib mustaqil bajargan ishlari vositasida o’zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki o’quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko’rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko’plab o’quv materiallarini hayolidan o’tkazadi. O’xshash hodisalarni taqqoslaydi. O’zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O’qituvchilarning tayyor holda bergan ma`lumotida esa o’quvchi fikrlash faoliyati to’la ishga kirishmasdan to’g’ri javobni o’zlashtirib oladi.
O’yin orqali bola jamoani tushunadi. O’zi bajarayotgan mashg’ulotga nisbatan ongli munosabatda bo’ladi. Har bir mashg’ulot jarayonida ixtiyoriy diqqatini ishga soladi. O’yinda ilg’orlikka, g’alaba qozonishga intiladi. Maktab bola hayotida juda muhim o’rin turadi. Shu davrda u atrof-muhit, jamiyat va kishilar mehnati, maktab-maorif haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha o’yin bilan band bo’lib, erkin faoliyat ko’rsatib yurgan bolaning birdan maktabning ichki qonun-qoidalariga moslashishi, belgilangan tartib asosida mashg’ulotlarga o’z vaqtida qatnashishi oson kechmaydi. Shu tufayli kichik maktab yoshidagi bolalar o’yin bilan bog’liq darslarda juda faol qatnashadi.
Bolalarning yozuv savodxonligini oshirish uchun uning xotirasida so’zning yorqin tassavurini mustahkamlash, so’z tarkibi va gap bo’laklarini to’g’ri hamda tez farqlash qobiliyatini o’stirish kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar asosan tasavvur qilish orqali fikr yuritadilar. Ona tili qonun-qoidalari, hodisalari mavhum fikr yuritishni taqozo etadi. Shu tufayli ular ko’pincha o’ynash, jismoniy harakat qilishga intiladilar.Amaldagi o’quv dasturiga asosan o’yin mashg’ulotlari bugungi darslarning qurilishida tez-tez uchrab turadi. Chunki bolaga berilayotgan bilimni o’yinlar vositasida singdirish quruq qoida yodlash va surunkasiga mashq qildirishdan qiziqroq tuyuladi va o’tilgan mavzuning mustahkam esda saqlanishiga imkon beradi.
Har bir tovush–harfning talaffuz qilinishi va yozilishini mukammal o’zlashtirib olishlari uchun hilma- hil mashg’ulotlarni dars jarayoniga singdirish o’quvchida mustaqil fikrlash va ijodiy ishlash ko’nikmasini shakllantirishga bog’liq. Savod o’rgatish davrida qo’llaniladigan grammatik o’yinlar o’quvchi imkoniyatlarini to’la ishga solish, har bir tovush va harfning eng nozik tomonlariga alohida diqqat bilan qarashga undaydi. Bu davrda qo’llaniladigan grammatik o’yinlar ham hilma-hil bo’lib, o’quvchiga bilim berish, uni toliqishdan saqlash, o’zi bajargan ishdan zavqlanish imkoniyatini yaratadi . 1-sinf bolalariga bilim berish o’yin asosiga qurilsa samarali natijalarga erishish mumkin. Bu yoshdagi bolalarni toliqtirmaslik, o’qish va yozuv darslarini qiziqarli tashkil etish, sidirg’ali o’qish, husnixat malakalarini shakllatirish va mustahkamlash uchun yozuv mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil qilish, o’yin shaklida uyushtirish zarur.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish