Reja:
1.
O’zbek marosim fol’klori va mustaqillik.
2.
Fol’klor asarlarini barcha hududlar bo’yicha izchil to’planishi
xususida.
3.
Mustaqillik davrida fol’klor ekspeditsiya-sining tashkil etilishi
haqida.
4.
Xalq og’zaki ijodi namunalarining to’planishi va chop etilishi
haqida.
Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganish va uni ilmiy tadqiq etish.
Mustaqillik va xalq og’zaki ijodi namunalarini to’plash va nashr ettirish
masalalari haqida ma`lumot. Mustaqillik davri xalq og’zaki ijodining
tutgan o’rni, ularning tili va badiiy xususiyatlarini yoritib berish.
Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning xalq og’zaki
ijodiga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini
talabalarga namoyish qilish. Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat,
qisqa test sinovlari. So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat
nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Bugungi tarixiy-
fol’kloriy jarayon o’ziga xos taraqqiyot tamoyillariga egaligi
bilan
ajralib turadi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin boshlangan
keng ko’lamdagi ma`naviy tiklanish jarayoni bilan uzviy bog’liq holda
ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilib, badiiy sayqal berib
kelingan muhtasham fol’klor yodgorliklarining jahonshumul ahamiyati
xususida so’z yuritish, xalq ijodiyotining unutilish arafasiga kelib qolgan
ko’plab janrlarini qayta tiklash, ijrochilik an`analarini rivojlantirishning
misli ko’rilmagan imkoniyatlari yuzaga keldi. Natijada joylarda faoliyat
olib borayotgan fol’klor-etnografik jamoalar soni ko’paydi, nafaqat,
Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatida, balki baxshichilik
maktablarining jonli an`analari yo’qolib ketgan deb hisoblangan
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham baxshi-shoirlar etishib
chiqa boshladi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi
tantanalari keng nishonlanishi va baxshi-shoirlar hamda oqinlarning
ko’rik-tanlovlari an`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotganligi ham ko’plab
yangi ijrochilarni kashf etish bilangina cheklanib qolmasdan,
«Alpomish», «Kuntug’mish», «Go’ro’g’li», «Orzigul», «Oshiq G’arib
va SHohsanam» singari an`anaviy dostonlarning yangi variantlari
yuzaga kelishiga yo’l ochdi. Baxshi-shoirlar hur diyorimizda istiqlol
yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi
termalarni
yaratdilar.
O’zbek marosim fol’klori, askiyachilik,
qiziqchilik, tomosha san`ati, xalq hunarmandchiligining qadimiy
an`analari tiklandi.
Ayrim janrlar, jumladan, marosim fol’klorining ko’plab
namunalari to’plandi. Masalan, «yo ramazon» qo’shiqlari, nikoh to’yi
marosimida ijro etiladigan fotiha olqishlari, Amir Temur, Alisher
Navoiy, Bobur singari ulug’ yurtdoshlarimiz to’g’risidagi tarixiy
rivoyatlar, joy nomlari, qadimiy shaharlar, qal`alar, ziyoratgohlar,
muqaddas mozorlar va qadamjolar bilan bog’liq afsonalar, xalqimizning
qadimiy mifologik tasavvurlari hamda miflari yozib olindi. Istiqlol
yillarida O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti
Fol’klor bo’limi xodimlari tomonidan bir nechta fol’klor ekspeditsiyalari
o’tkazildi.
Istiqlol sharofati tufayli O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va
adabiyot institutining Fol’klor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy
merosini o’zida mujassamlashtirgan noyob ilmiy ob`ektlaridan biri
maqomi berildi. Fol’klor arxivi mamlakatimizning etakchi ilmiy
fondlaridan biri bo’lib, unda saqlanayotgan materiallar o’zbek
filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning
yaratilishi uchun manba bo’ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin fol’klor asarlarini
nashr etish borasidagi ishlar ham sifat, ham miqdor, ham qamrov
jihatidan o’sdi. Ko’pgina dostonlar, xalq kitoblari ilk bor nashr ettirildi.
O’zbek xalq ertaklarining bir nechta to’plamlari dunyo yuzini
ko’rdi.
O’zbek fol’klorshunoslari, afsona va rivoyatlardan tuzilgan fol’klor
to’plamlarini chop ettirdilar.
Istiqlol tufayli marosim fol’klorining ilgari nashr etilmagan yoki
qisman ommalashtirilgan namunalari chop ettirildi. Xususan, o’zbek
fol’klorshunosligi tarixida birinchi marta navro’z bayrami bilan bog’liq
o’zbek fol’klori asarlaridan tuzilgan «Navro’z» kitobi.
O’zbek fol’klorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari o’zbek
fol’klori materiallarini izchil to’plash maqsadida atoqli alloma H.Zarifov
asos solgan ilmiy ekspeditsiya ishini yanada kengroq qamrovda
o’tkazish va uning muntazamligini ta`minlash; H.Zarifov nomli O’zbek
fol’klori arxivi materiallarini to’la ilmiy tavsif qilish va
kataloglashtirishni amalga oshirish; fol’klorshunos olimlar tomonidan
qariyib 80 yil mobaynida to’plangan arxiv materiallari va kelgusidagi
ilmiy ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan fol’klor namunalari
asosida «O’zbek fol’klori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nashrini
tayyorlash; fol’klor asarlarining ilmiy va ommabop nashrlarini tayyorlab
chop ettirish; o’zbek fol’klori janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi
va poetikasini dunyo fol’kloristikasining ustuvor ilmiy metodlari asosida
tadqiq etish; oliy o’quv yurtlari talabalari uchun xalq og’zaki badiiy
ijodiyoti bo’yicha yangi darslik va qo’llanmalar yaratishdan iboratdir.
Xususan, M.Jo’raev Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari
aholisining tabiat hodisalari va osmon yoritqichlari bilan bog’liq
mifologik qarashlarini to’pladi; M.Jo’raev, U.Sattarov, R.Saidovalar
Buxoro va Navoiy viloyatlaridan toponimik afsonalarni yozib oldilar;
M.Jo’raev va M.Pirmatovaning ko’p yillik izlanishlari natijasida
Buxoro, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda
Qirg’iziston respublikasining O’sh viloyatida istiqomat qiluvchi
o’zbeklarning an`anaviy taqvimiga oid boy fol’klor materiallari yozib
olindi. Fol’klor bo’limining ilmiy xodimlaridan X.Xolova Buxoro
viloyatining Qorako’l va Olot tumanlarida ilmiy izlanish ishlari olib
borib, to’y marosim qo’shiqlarini to’plagan bo’lsa, L.Xudoyqulova
Surxon vohasi aholisining bola tug’ilishi bilan aloqador irim-sirimlari,
beshik to’yi, sunnat to’yi va nikoh to’yi marosimi fol’klorini yozib oldi.
«Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng nishonlanishi
munosabati bilan professor T.Mirzaev bu dostonning Berdi baxshi,
Po’lkan va ergash Jumanbulbul o’g’li, Bekmurod Jo’raboy o’g’li,
Saidmurod Panoh o’g’li variantlarini 1999 yilda alohida kitoblar holida
to’la nashr ettirdi.
XX asr boshlarida mamlakatda qattiq ommaviy ocharchilik hz
berdi. Bunga erlarni chigirtka bosib, ekin-tikinlarga katta talofat
etkazgani ma`lum darajada sabab bo`lgan. SHu munosabat bilan bir
necha mashhur termalar yaratilgan. Jumladan, Fozil shoirning
«Qahatchilik», «CHigirtka» kabi termalari shunday asarlardandir.
Ularda kambag`al dehqonning og`ir ahvoli, turmush qiyinchiligi real aks
ettiriladi.
Istiqlol o`zbek fol`klorshunosligining jahoniy miqyosga intilishida keng
yo`l ochib berdi. Milliy hurlik baxsh etgan ijod erkinligi tufayli xalq
og`zaki ijodi namunalarini uzoq ajdodlarimizning tarixi, turmush tarzi,
ibtidoiy, diniy va e`tiqodiy qarashlari bilan bog`liq holda o`rganish
imkoniyatlari tug`ildi. Natijada ilgari sho`ro mafkurasi taqiqi tufayli
nashr etilmagan “SHoh Mashrab qissasi” (1991), “Ibrohim Adham
qissasi”(1991), “Hazrati Ali haqida qissalar” (1992), “Abu Muslim
jangnomasi” (1992) va “Bobo Ravshan” (1992) singari diniy-axloqiy
xarakterdagi xalq kitoblari keng jamoatchilik hukmiga etkazildi.
SHo`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. SHu
munosabat bilan har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari
o`tkazish an`anaga aylanib bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari
faol qatnashmoqda. SHu ommaviy harakat tufayli juda ko`p unutilib
borayotgan an`anaviy xalq ijodi namunalari, urf-odatlari qayta tiklanib,
xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar sifatida e`zozlana
boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda
o`tkaziladigan “Boysun bahori” ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari,
Jizzax viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan “O`zbek xalq
o`yinlari” va Termizda o`tkaziladigan “Alpomish o`yinlari” tadbirlari
ayricha ahamiyat kasb etmoqda. SHunisi quvonchliki, “Boysun bahori”
HNESKO qarori bilan xalqaro festival maqomini oldi va nodir ma`naviy
yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi.
SHuningdek, YUNESKO qarori bilan 1999 yilda o`zbek xalqining
qahramonlik eposi “Alpomish” yaratilganligining 1000 va xalqimiz
mifologik tafakkurining nodir durdonasi “Avesto” yaratilganligining
2700 yilliklari o`zbek fol`klorshunosligi taraqqiyotida ayricha
ahamiyatga ega bo`lib, jahon miqyosida o`zbek fol`kloriga qiziqishni
kuchaytirdi.
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari –
o`zbek fol`klori taraqkiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Bu
davrda yaratilgan og`zaki ijod namunalarida davrning muhim ijtimoiy –
siyosiy voqealarini kuylash, xalq ommasining sinfiy va siyosiy ongi
hksala borishini ko`rsatishga intilish, ozodlik harakatlarini tasvirlash
muhim o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |