Muhokama uchun savollar:
1. Badiiy tahlilning maqsadga ko‘ra turlaridan ilmiy (filologik) turining ko‘rinishlari aynan qaysi adabiy tur asarlar tadqiqida qo‘l keladi?
2. Didaktik tahlil aynan sharq adabiyoti namunalariga xosmi yoki bu tahlilni har qanday jahon adabiyoti namunalariga nisbatan qo‘llash mumkinmi?
Mavzuga oid echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. Badiiy tahlilning shakliga va maqsadga ko‘ra turlarini atroflicha tadqiq etish va muqobil va mutanosib tahlil variantlarini shakllantirish
6-mavzu: Epiк asarlar tahlili, uni obrazlar tizimi orqali o'rganish
Reja:
1. O’rta maktabda epik asarlarni zamonaviy usullarda o’rgatish pedagogik muammo sifatida.
2. Epik asarlarni o’quvchilarga zamonaviy usullarda o’rgatishning pedagogik imkoniyatlari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: epik asar, lirik tur, matn ustida ishlash, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati, bilim, ko’nikma va malakalar.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga o’rta maktabda epik asarlarni o’rgatishning yo’l-yo’riqlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Maktabda epik asarlarni zamonaviy usullarda o’rgatish muammolari haqida so’zlaydi.
2. Epik asarlarni tahlil qilishda o’quvchilarning yosh xususiyatlariga e’tibor berish kerakligi to’g’risida fikr bildiradi.
3. Epik turga mansub asarlar matni ustidagi ishning murakkabliklari haqida ma’lumot beradi.
1- asasiy savolning bayoni:
Umumta’lim maktablarida o’qitiladigan fanlar orasida adabiyot predmeti o’quvchilarda ezgu ma’naviy sifatlarni shakllantirishda etakchi mavqeda turadi. Chunki adabiyot inson ma’naviy qiyofasini tashkil etadigan ruhiy holat, tushuncha, tasavvur, kayfiyat, orzu-umid, mayl va qiziqishlarni yuzaga keltirishning beqiyos imkoniyatlariga egadir. U o’quvchilar ma’naviy dunyosini qaror toptirishning chegarasiz maydonidir. Bunga erishish uchun adabiyot o’qitish jarayonida o’rganiladigan badiiy asarning janri, tabiati badiiy xususiyatlariga mos metod va usullar tanlanishi kerak bo’ladi.
Adabiyot darslarida o’rganish uchun dasturga kiritilgan qator epik asarlarning hajman yirik ekani, ularni ko’pincha lirik asarlar singari bir zarb bilan o’qib chiqib bo’lmasligi, binobarin, bir o’quv soati ichida ham matn bilan tanishish, ham tahlil qilish imkonsiz ekanligini ta’kidlash o’rinlidir. Epik asarlarni tahlil qilishning o’ziga xosligini keltirib chiqargan omillardan biri ham ayni shu hajm masalasiga borib taqaladi.
Epik asarlarda muallifning kechinmasi, tuyg’usi lirikadagi kabi ochiq va oshkora tasvirga tortilaverilmaydi. Bu tur asarlarda hissiyot voqealar qa’riga berkitilgan bo’ladi. Qahramonlarni hayotiy voqealar zamirida ko’rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kechinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini beradi va o’quvchidan bu sezimlarni ilg’ab olish talab qilinadi. Adabiyot o’qituvchisi o’z o’quvchilarida epik asar zamiridagi badiiy ma’noni ilg’ay olishi va mantiqiy xulosaga kela bilish malakasini shakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi58.
Epik asarlarni tahlil qilishda o’quvchilar yosh xususiyatlari, ularning adabiy tayyorgarligini to’g’ri hisobga olish muhim o’rin tutadi. Umumta’lim maktablari 5-6-sinflarida asosan epik turning kichik janrlari: ertak, hikoya, qissalar, ayrim dostonlar o’rganiladi. Yirik epik asarlarni o’rganishni yuqori sinflarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning har birini o’rganishda o’ziga xos usul va shakllardan foydalanishga to’g’ri keladi.
Masalan, mumtoz epik asarlarni tahlil qilish mushkul. Ayniqsa, eskirgan, fors va arabiy so’zlar ko’pligi, o’sha davr badiiy talablari, adib uslubi bilan bog’liq holatlar shular jumlasidandir. Buning ustiga, yirik epik asarlarni o’rganish uchun talab etiladigan vaqt ham nihoyatda chegaralangan. Qisqa vaqt ichida o’qituvchilar qo’shimcha imkoniyatlar topishi kerak bo’ladi.59 Epik turga mansub asarlar matni ustidagi ish adabiy ta’limning o’zak masalalaridan biridir. U “o’quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat”60 yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |