13.
“Musibatnoma” asarining muallifi kim?
A) Derjavin B) Emin Pelik
C) G. Narikatsi D) Jukovskiy
14.
Isyon, irqchilik, siyosiy tanglik, bitim, chaqiriq kabi ijtimoiy-siyosiy tushunchalar qaysi
uslubda ko`proq qo`llanadi?
A) Badiiy uslub B) Rasmiy uslub
C) Ilmiy uslub D) Publisistik uslub
15.
To`liqsiz gaplarda qaysi bo'lakning tushirilishini nima (yoki kim) belgilaydi?
A) nutq sharoiti B) so'zlovchi
C) tinglovchi D) matn hajmi.
16.
Holning ikkita ma'no turi qaysi gapda berilgan?
A) Joni halqumiga kelgan Sattor baqirib yig'lab yubordi.
B) O'quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi.
C) Bir chimdim uxlash uchun ko'zini yumdi.
D) Bugun jo'rttaga qilganday yomg'ir ham sira tinmadi.
17.
Hoy, nima balo bo‘ldi? — deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said Ahmad)
Ushbu gapda undov so’zning qaysi turi qo’llangan?
A) his-hayajon undovi
B) buyruq-xitob undovi
C) nutqiy odat undovi
D) ko’rsatish-ta’kid undovi
18.
Qaysi so’z fikrning tartibini bildiradigan modal so’zlar sirasiga kirmaydi?
A) avvalo B) avvalambor
C) xullas D) Barchasi fikrning tartibini ifodalaydi
19.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasiga ma'nodosh ko‘makchilarni aniqlang.
A) tomon, yarasha
B) qarab, ko‘ra
C) bo‘ylab, tomon
D) qaraganda, qarab
20.
Hay, biroz sekinroq yursalaring-chi? Butunlay toliqib qolayozdim-ku?
Ushbu gapda ravish turkumiga oid nechta so’z qo’llangan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
21.
O‘ziyam juda g‘alati odam, sergapmi, kamgapmi, bilib bo‘lmaydi?
Ushbu gapda sifatning tuzilishiga ko’ra qaysi turi mavjud emas?
A) sodda tub
B) sodda yasama
C) qo’shma
D) sanalganlarning barchasi mavjud
22.
Avval ular bizga yetib olishsin // keyin birga jo'naymiz. (X. To 'xtaboyev)
Ushbu qo’shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
A) ikki nuqta
B) vergul
C) nuqtali vergul
D) tire
23.
To‘kib ko‘z yoshlarin armonda ketmish,
Necha Furqatlar-u Bobur Vatan deb. (Qodir Dehqon)
Ushbu she’rda qo’llangan –lar qo’shimchasining ma’nolari qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) birinchisi ko’plik, ikkinchisi umumlashtirish ma’nosida
B) har ikkalasi ko’plik
C) birinchisi kuchaytirish, ikkinchisi o’xshatish ma’nosida
D) birinchisi kuchaytirish, ikkinchisi ko’plik ma’nosida
24.
Turkiya yoshlari orasida avj olgan hurfikrlilik tasirida Buxoroning ahvoliga achinish
Fitratning qaysi asarlarida ifodalangan?
A)”Sayha”, “Hind sayyohi qissasi”
B) ”Munozara” , ”Oila”
B) “Hind sayyohi qissasi”, “Rahbari najot”
C) “Mavludi sharif” , “O`qu”
25.
Navoiy “Majolis un-nafois” asarining nechanchi majlisini Husayn Boyqaroga bag`ishlagan?
A) 1-majlisini B) 5-majlisini
C) 8-majlisini D) 7-majlisini
26.
“Ma`siyat (gunoh)dan yig`iling, xalq orasida ko`ni (to`g`ri) hukm qiling, kuch qilmang, zino
qilmang, qon to`kmang, xiyonat qilmang”. Ushbu so`zlar qaysi asardan olingan?
A) “Qutadg`u bilig” B) “Hibat ul-haqoyiq”
C) “Guliston” D) “Qissasi Rabg`uziy”
27.
Mashrabning nisbatan mukammal to`plami kim tomonidan tuzilgan?
A) Jaloliddin Yusupov B) Ibrohim G`ofurov
C) Qozoqboy Yo`ldoshev D) Begali Qosimov
28.
Qaysi qatordagi so
`
zlarda tutuq belgisi unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini
ifodalaydi?
A) qat'iy, jur'at
B) shu'la, ba'zan
C) mo'jiza, mo'tadil D) is'hoq, as`hob.
29.
Qaysi qatordagi turg'un birikmalar so'z birikmasi bo'la oladi?
A) ketiga tushmoq, oq ko'ngil, po'stagini qoqmoq
B) qo`l ko`tarmoq, kavushini to`g`rilab qo`ymoq, to`nin teskari kiymoq
C) ko'nglidan o'tkazmoq, barmog'ini tishlamoq, ichi qora
D) kapalagi uchib ketmoq, bo'yniga qo'ymoq, dili xira
30.
Bir necha bosh gapli qo'shma gap berilgan qatorni toping.
A) Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidiiniz sizlardan.
B) Kimning qalbi pok bo'lsa, uning ishlari o'z-o'zidan yurishib ketaveradi, hamma unga
madadkor bo'ladi.
C) barcha javoblar to'g'ri
D) Shunday bo'lmog'iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o'sib ulg'aygan edilar,
bunisining asrori unisiga besh qo'lday ayon edi.
31.
So`zlarning o`zaro biriktirish qonun-qoidalari qaysi bo`limda o`rganiladi?
A) leksikologiya B) morfologiya
C) sintaksis D) orfografiya
32.
Qaysi gapda bosh gap ergash gapdan keyin joylashgan?
A) Hali qish tugamagan, lekin bahor nafasi seziladi.
B) Bolalar chiniqsin deb, turli musobaqalar o`tkazildi.
C) Shuni unutmangki, rostgo`ylik har bir odamni to`g`ri yo`lga boshlaydi.
D) Yaxshi oshini yer, yomon – boshini.
33.
Qaysi qatorda murakkab fe`l kesimli gap berilgan?
A) Nazirjonning kelishi jumboqni yechdi.
B) Nega bu yerga tariq sepayapsan?
C) Butun guruhimiz astoydil ishladik.
D) Taftishchi butun sirni ochib tashladi.
34.
Mashrabning “Va`da qildi kelay deb, ko`zga uyqu kelmadi” deb boshlanuvchi asari qaysi
janrda yozilgan?
A) muxammas B) g`azal
C) musaddas D) qit`a
35.
O. Yoqubovning mustaqillik yillarida yozgan asarlarini sanab bering.
1. “Olma gullaganda” 2. “Adolat manzili” 3. “Bir koshona sirlari” 4. “Izlayman” 5. “Qanot juft
bo`ladi” 6. “Muzaffar Temur” 7. “Ko`hna dunyo”
A) 2, 3, 6 B) 1, 3. 6, 7
C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 5, 6
36.
Pushkinning qaysi asarida turli personajlar taqdiri misolida inson hayotini rejalashtirib
bo`lmasligi, u har daqiqada kutilmagan o`zgarishlarga yuz tutishi mumkinligi g`oyat ta`sirli aks
ettirilgan?
A) “Yevgeniy Onegin” B) “Kapitan qizi”
C) “Ruslan va Lyudmila” D) “Dubrovskiy”
37.
Subyektiv baho ifodalovchi qo`shimchalar to`g`ri sanalgan qatorni ko`rsating.
A) –cha, -gina, -loq, -xon B) –ning, -ajak, -dek, -dosh
C) –toy, -ni, -di, -la D) –jon, -da, -ki, -lar
38.
Qaysi javobda jarangli-jarangsizligiga ko‘ra farqlanuvchi tovushlar orqali paronim juftlik
hosil qila oladigan so‘zlar ko‘rsatilgan?
1) afzal; 2) adib; 3) hiyla; 4) qayt; 5) darz; 6) tanbur
A) 1, 2, 4, 5 B) 2, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 2, 3, 4, 5, 6
39.
Ovqat, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat sinonimik qatoridagi qaysi so`z umuman,
ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi?
A) ovqat, taom B) oziq
C) tomoq, xo`rak D) yemish
40.
Ikki g`arib bir yoqadan bosh chiqarganligi uchun maqsadlarida oson yetdilar. Mazkur
gapdagi ibora qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) hol B) kesim
C) aniqlovchi D) to`ldiruvchi
Tuzuvchi:
Mingbuloq tumanidagi 13-sonli DIMI
Oliy toifali ona tili va adabiyot o`qituvchisi:
Rahmonov Nasriddin Turg`unaliyevich
Telefon: +998931764447
TELEGRAM MANZILIMIZ:
ZIYOLI ZIYOKORLAR ZIYOSI
https://t.me/Tilchi_Adab_NasriddinRahmonovdtm
Ona tili sintaktik tahlil
https://t.me/kuchli_tilchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |