Ona tili va adabiyoti
1. Qaysi javobda shakldosh so’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha urg’u olish yoki olmasligiga ko’ra farqlanadi?
A) Kechki taom payti tog’da ko’chki bo’lganligi haqida xabar berildi.
B) Bu yigitcha o’zini oqlashga tirnoqcha asos topolmadi.
C) Qadrdon kundaligim, senga hech bir so’z yozmaganimga ancha bo’ldi, mana, bugun qalamdon ichidagi qalamimga yana qo’l uzatdim.
D) Bu ko’zlar nimani ko’zlar.
2. Qaysi gapning kesimlari bir xil so’z turkumlari bilan ifodalanmagan?
A) Bu daraxtning bo’yi baland, lekin mevasi kam.
B) Hammasini tinglardim, ammo O’xshashini topmasdim aslo.
C) Maqtamasman moziyni, biroq O’tmishingni o’ylayman bir zum.
D) O’ylamoq yaxshi, biroq ko’p o’ylab xayolparast bo’lish zararlidir.
3. Qaysi gapda ko’makchi bir xil so’z turkumidagi so’zlardan keyin kelgan?
A) Kimyogar ba’zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga qoyil qoldi.
B) Tesha Saidiy bilan bahslashish qo’lidan kelmaganini har bir so’zi, har bir harakati bilan bildirib turar edi.
C) O’zi uchun, qorni uchun yashab, nafs gadosi bo’lib yurganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir.
D) Yormat Yo’lchi bilan yonma-yon yurib, eski tanish kabi undan-bundan so’zlashib bordi.
4. Qaysi gapda asosi shakldosh bo’lgan yasama hisob so’z qatnashgan?
A) Qo’limda bir metr keladigan irg’ay tayoq.
B) Hasan bir bog’ bedani olib molxonaga yugurdi.
C) Ko’chaning narigi betida bir uyum tuproq ustida bolalar o’ynashyapti.
D) Zebi yana bir hovuch tuzni ovqatga tashladi.
5. Kesimlari sodda va murakkab ot kesim bo’lgan havola bo’lakli qo’shma gapni toping?
A) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi.
B) Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g’ora ichiga amab bera biladi. C) Muhammad Yusuf ijodining o’ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o’qiladi, sodda, xalqchil.
D) Qizig’i shundaki, shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi.
6. O’zini sovuqdan qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan choydan qaynoq-qaynoq ichib tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi. Fonetik hodisa yuz bergan so’zlar haqida qaysi hukm noto’g’ri?
A) nomustaqil vositali to’ldiruvchi
B) nomustaqil hol
C) takroriy so’z
D) sifat bilan ifodalangan ega
7. Qaysi gapda ikkita yordamchi so’z turkumi bor?
1) Tabiatga qo’pol ravishda aralashish natijasida paydo bo’lgan kasalliklarni farmasevtika zavodlarida ishlangan dorilar bilan tuzatib bo’lmaydi; 2) Maktabga borayotib papkamni ochdim-da, konvertni qo’limga oldim; 3) U kishi hamma bilan qo’l berib xayrlashdi-da, menga qolganda, burilib ketdi.
A) 1,2,3 B) 1 C) 1,3 D) 3
8. Qaysi gapda paronim bilan bog’liq xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Unga ekishga yaroqli yerlarning hisobini olish topshirilgan edi.
B) Hirotning a’yonlari yangi podshoga yaxshi ko’rinish ilinjida edilar.
C) Shoir she’rlarida so’zni tambur torlaridek jaranglata olgan.
D) Dushman turli hiyla bilan jangchilarning tinkasini quritqmoqchi edi.
9. Cho’pon otaning katta hovlisi, otlar bog’langan bostirmasi, sigirlar boqiladigan molxonasi va qo’ylar turadigan ikkita katta qo’rasi bor edi. Ushbu gapdagi ot so’z turkumiga tegishli so’zlar yuzasidan qaysi holat kuzatilmaydi?
A) yasama o’rin otlari ega vazifasida kelgan
B) yasama fe’lga nisbatan hokim bo’lak
C) qaratqich va sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan
D) ega vazifasidagi otlar bir xil grammatik shaklda emas
10. O’zimni mozyning bag’riga urdim
Va shu on shukrona aytib qaytdim men.
Kimdir ko’rmay ketgan baxtni men ko’rdim,
Kimdir aytmay ketgan so’zni aytdim me. Ushbu parchada qatnashgan olmoshlar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotni aniqlang?
A) gumon olmoshi kesim vazifasida kelgan
B) ko’rsatish olmoshi aniqlovchi vazifasida kelgan
C) o’zlik olmoshi to’ldiruvchiga tobelangan
D) kishilik olmoshi ega vazifasida kelgan
11. Quyidagi necha so’zdan tilning qayerida hosil bo’lishiga ko’ra bir guruhga mansub undosh bilan ma’nosi farqlanuvchi juftlik hosil qilish mumkin?
1) sof; 2) dars; 3) rux; 4) yaroqli; 5) ganch; 6) solih
A) 4ta B) 5ta C) 3ta D) 6ta
12. Qaysi gapda sifat tobelangan so’z tarkibida lug’aviy shakl yasovchi bor?
A) G’iyos aka yumshoq ajriq ustiga yonboshladi.
B) Hovlimizda ko’cha eshikdan kiraverishda, g’ishtin uycha bor.
C) Inson tabiatning eng onli farzandi.
D) Cho’ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo’ridan ayyor.
13. Ravishning ma’nosiga ko’ra ikki turi qatnashgan gapni aniqlang?
A) Bu bino qurilishida yuzlab ishchilar astoydil mehnat qildilar.
B) Dastlabki kunlar sezilmadi, sal og’riq berayotganini bugun bilib qoldim.
C) U sharaqlab qaynab turgan choynakni oldi va biroz ushlab turgach, qaynoqqina choy damladi.
D) Bolakay jimgina o’tirib uni kuzatib turganlarga birma-bir qarab chiqdi.
14. Qaysi gapda sinekdoxa yo’li bilan ma’no ko’chishi kuzatilmagan?
A) Haligi ko’zoynakni ko’chada uchratib qoldim. B) Sajda aylar zohid ul mehrob aro, Men qilurman sajda egma qo’shima.
C) Shu qaro ko’zlarni boqish uchun umrim mehnatda o’tyapti.
D) Zebo qo’liga tilla uzuk taqdi.
15. Tongdagi go’zalligingni menga ko’z-ko’z qilganingda, oy kabi to’lib borayotgan munavvar jamolingni, baxtingni, quvonchingni ko’rganimda mening yuragim hayajondan yayrab ketadi. Ushbu gapdagi uyushiq bo’laklarga tobelangan gap bo’laklari to’liq ko’rsatilgan javobni toping?
1) vositasiz to’ldiruvchi; 2) vositali to’ldiruvchi;
3) sifatlovchi aniqlovchi; 4) payt holi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 1,3