Abdulla Qahhor hikoyalari. Adibning hayoti va ijod yo‘li haqida ma’lumot.
Abdulla Qahhor – o‘zbek hikoyachiligining benazir ustasi. Hikoyalarda
ijtimoiy hayotdagi jirkanch illatlarning hajv ostiga olinishi va shu orqali sog‘lom
insoniy axloq va yuksak ma’naviy qadriyatlarning ulug‘lanishi. “Adabiyot muallimi”,
“San’atkor” hikoyalarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.
Abdulla Qahhorning XX asr o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
Hamid Olimjon she’riyati. Shoir hayoti va ijodi. Hamid Olimjon – jo‘shqin
lirik shoir. Uning she’rlaridagi badiiy o‘ziga xoslik: xalq she’riyatiga xos o‘ynoqilik va
oddiylik. Shoir lirikasida baxt va shodlikning kuylanishi. “O‘rik gullaganda”,
“Chimyon esdaliklari”, “G‘azal” she’rlarining badiiy tahlili. “G‘azal” asarida mumtoz
g‘azalchilik an’analarining ifodasi.
Hamid Olimjonning XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni.
Do'stlaringiz bilan baham: |