14
Boshlang‘ich professional ta’limning fan dasturi: Ona tili va adabiyot
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Padarkush” dramasi. Behbudiyning hayoti va
ijodiy
faoliyati. Behbudiy o‘zbek jadidchilik harakatining asoschisi. Behbudiy –
ma
ʼ
rifatparvar va noshir. Uning milliy teatr san’atini barpo etish borasidagi sa’y-
harakatlari. “Padarkush” – ilk o‘zbek realistik dramasi. Asarning g‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari va ma’rifiy ahamiyati.
Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” romani. Adib hayoti va ijodi haqida
ma’lumot.
Abdulla Qodiriy – o‘zbek realistik romanchiligining asoschisi. Uning o‘zbek
tarixiy romanlarini yaratish bobidagi faoliyati.
“O‘tkan kunlar” romanining bosh g‘oyasi, syujet va kompozitsiyasi, obrazlar
tizimi, asarning badiiy qimmati va o‘zbek badiiy nasri rivojida tutgan o‘rni.
Abdulla Qodiriy ijodining tarixiy, badiiy ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: