Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet195/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Aka-uka Grimmmlar
Aka-uka ( Yakob 1785-1863, Vilgelm 1786-1859) Grimmlar Magdeburg universitetida o’qib yurgan chog’laridayoq o’rta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq og’zaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shug’ullana boshladilar.
O’qish, o’z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo’li bo’ldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo’ldilar Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Velgelm o’rta asr olmon adabiyoti va xalq og’zaki ijodini(XOI) o’rgana boshladilar. Olmon XOIning gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko’prik yasadilar. Nihoyat, 1812- yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815- yilda 2-jild, 1828- yilda esa har ikkila jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.
Grimmlar ertaklarning ko’pchiligini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba’zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar. Xalqdan olingan ertaklarning har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiiy tus olib, yana xalqqa qaytariladi.
Grimmlarning uch jildli kitobiga ikki yuzdan ortiqroq ertaklar jamlangan bo’lib, unda mualliflar ko’proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qilganlar. Har bir ertakda sahiylik, mehnatsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga qo’rqoqlik ustidan kulish, dangasalik va yolg’onchilikni qattiq qoralash birinchi o’rinda turadi. SHunisi ham quvonchliki, ko’pincha Grimmlar ertaklarining asosiy qahramonlari shoh va shahzodalar emas, balki kambag’al, beva-bechoralarning o’g’il-qizlari, cho’pon yoki askar bo’ladi. Ular o’zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchida chuqur taassurot qoldiradi.
Aql bilan ish ko’rish, bilimdonlik, “Tilla g’oz”, “SHishadagi arvoh”, “Uch aka-uka”ertaklarida yaxshi berilgan.
Grimmlarning dunyoga mashhur “Zolushka”, “Qorqiz” ertaklarining qahramonlari hamda turtki yeydigan so’kish eshitadigan va eng past hamda qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo’lib, ertak davomidav o’zlarining halol mehnatlari, yoqimli so’z va tabassumlari bilan baxtiyor bo’ladilar.
Grimmlarning “Quyon bilan tipratikon”, “Bo’ri va tulki” asarlari masal janriga yaqin turishi bilan kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
“Yalqov Gens”, “Gansning baxti”, “Botir tikuchi”, “Yosh pahlavon”,”Bremen musiqachilari”kabi ertaklari o’zbek bolalarining ham sevimli avsarlariga aylanib qolgan.
“Yosh pahlavon” ertagidagi botirning qiyofasi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. U halol, pok inson bo’lib, rostgo’ylik, to’g’ri so’zlik shaydosi. SHu sababga ko’ra u yo’lida uchragan har qanday to’siq va g’ovni shoshilmay, jasorat va mardlik bilan yengadi, maqsadiga erishadi.
“Botir tikuvchi” ning syujeti ko’pchilikka yaxshi tanish. Qahramon nogahon bir nechta pashshani nobud qilish bilan o’ziga o’zi botir, dovyurak tamg’asi-shiorini yozib, yelkasiga osib oladi. U baxtini, taqdirini sinab ko’rish, peshonasida borini qo’lga kiritish maqsadida safarga otlanadi.
Botir tikuvchi tadbirkor, epchil, chaqqon. “Qochib qolguncha, otib qol” qabilida dovyuraklik bilan ish ko’rishi unga katta shuhrat keltiradi. G’orda behisob devlar ustidan puxta-pishiqligi bilan g’olib chiqadi. Dev ko’tarib olgan daraxt shoxlari ustida qushdek yengil o’tirishi, devlarning bergan savollariga qo’rqmay ustalik bilan javob berishi asrlar osha kitobxonni hayratga solib kelmoqda.
Botir tikuvchi uchun og’ir sinov o’rmondagi ikki pahlavon bilan “olishuv” bo’ladi. Podshoh tomonidan ikki pahlavonlarni mag’lub qilish vazifasini olgan botir tikuvchi tavakkal qilib yo’lga tushadi. Ustlariga tosh tashlash hisobiga ular o’rtasida nifoq chiqaradi. Ikki jangchi bir-birini tosh bilan urib nobud qiladi.
Tadbirkor yigit bilimdonlik, o’ylab ish ko’rish bilan o’rmondagi shoxdor maxluq ustidan g’olib chiqadi.
Botir tikuvchining yumshoq so’zligi, muloyimlik bilan ish ko’rishi yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi, ularda ham xuddi botir tikuchi kabi yetuk insonlar bo’lishga, botir, pahlavon bo’lishga havas uyg’onadi.
Aka-uka Grimmlarning qaysi asarini olmang, hammasida ham, eng avvalo, mehnatkashlik, mehnatga muhabbat g’oyasi yotadi.
Ikkinchidan, har qanday holda ham, har qanday mushkul ish boshiga tushganda ham o’sha qahramon chora qidiradi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik yo’lidan boradi va ofatdan qutiladi. Tulki kabi xiyla va makr ishlatadigan jonivor bo’lmasa kerak. Grimmlar ularga qarama-qarshi qilib g’ozlar obrazini yaratishadi.
G’ozlar har doim chorasiz-bo’sh, beg’am hayot kechiradilar.Grimmlarda vaqti kelganda o’sha boqi beg’am g’ozlar ham sergak, tetik, tadbirkor, ishbilarmon bo’lib ketishlarini, olg’ir, muttaham tulkilarniham dog’da qoldirishlarini ham kuzatamiz.
Tulki o’tloqda yurgan g’ozlarni yemoqchi. Ular o’limlari oldidan bitta qo’shiq aytib, so’ngra tulkiga yem bo’lishlarini so’raydi. Ammo uzundan uzoq “g’a-g’a”lari tulkini zeriktiradi, uning tinka-madorini quritadi, axiyri g’oz o’ljadan voz kechishga majbur bo’ladi:
“Dastlab bitta g’oz qo’shiq aytadi. Uning qo’shig’i mana bunaqa uzundan uzoq ekan:

  • G’a, g’a-g’a-g’a,g’a-g’a!

Undan keyin ikkinchi g’oz jo’r bo’libdi:

  • G’a, g’a-g’a-g’a,g’a-g’a, g’a-g’a-g’a!...

Ulardan so’ng uchinchisi xonish qilibdi:

  • G’a, g’a-g’a-g’a,g’a-g’a, g’a-g’a-g’a, g’a-g’a-g’a.

Uchinchi g’ozdan keyin to’rtinchi g’oz ham:

  • G’a, g’a-g’a-g’a,g’a-g’a,-deb qo’shiq boshlabdi.

Oxiri hamma g’ozlar birgalikda qichqirib “ g’a-g’a-g’a”lashga tushibdilar:
-G’a-g’a-g’a, g’a-g’a-g’a,g’a-g’a-g’a, g’a-g’a-g’a...
Qachonki, g’ozlar qo’shig’i tamom bo’lsa, ertak ham tugaydi. SHundagina tulki g’ozlarni yeydi.
Biroq aqlli g’ozla qo’shiqni to’xtatishni o’ylashmaydi. Ular hozir ham “g’a-g’a-g’a, g’a-g’a-g’a ”, -deb qichqirib turishgan emish”.
Aka-uka Grimmlarning ertaklari olam kezib, ularning nomlarini jahonga yoyib yuribdi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish