ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMINING TARIXI.
Darsliklar o’quvchiga fan bo’yicha zarur bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni egallashga yordam beruvchi asosiy manbadir3.
Darsliklarni yaratishga urinish qadimdan mavjud bo’lgan. Madrasa va ilm maskanlarida Sa’diyning “Bo’ston”, “Guliston” asarlari, keyinroq Yassaviy, Hofiz, Navoiy, Olloyorning badiiy etuk, tili sodda asarlari o’rgatilgan.
Bu haqda adabiyotshunos U. Dolimov yozadi: “Abjaddan keyin «haftiyak» o’rgatilgan. «Haftiyak»da 13-14 kichik-kichik suralar jamlangan bo’lib, «Qur’on»ni o’qish va yodlashdagi bir bosqichdir. Bunda muallim «Qur’on» suralaridagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga, ba’zi bir yodlash qobiliyati kuchli bo’lgan, chiroyli tovushga ega bo’lgan o’quvchilarni qiroat bilan ta’sirli o’qishga o’rgatgan.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, turkistonlik ma’rifatparvarlar orasida xalq turmushining mavjud holatidan qoniqmaslik, uni engillashtirish, millat ahliga odamga munosib hayot kechirish yo’llarini ko’rsatishga urinish mayli paydo bo’ldi. Asrning oxirlarida ilg’or oydinlarimiz Ismoilbey Gaspralining «Xo’jai sibyon» alifbo
Уньт Э.И. Индивидаулизация и дифференциация обучения. – М.: Педагогика, 1990
27
darsligi, «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» metodik qo’llanmasi ta’sirida usuli jadidni ta’lim amaliyotiga olib kira boshladilar. Sho’ro hukmronligining dastlabki yillarida O’zbekistonda ko’plab pedagoglar tayyorlaydigan texnikumlar, kurslar tashkil qilindi.
Sho’ro hukumati ta’lim tizimidagi barcha muassasalarning so’zsiz kommunistik mafkura izmida bo’lishini istardi. Buning uchun esa o’quv rejasi, dastur, darsliklarni bir xillashtirish va majburiy qilish kerak edi. 1918-yilda hamma uchun majburiy bo’lgan ilk ona tili va adabiyot dasturi ishlab chiqildi. Shu yil “Maorif va o’qitg’uvchi” jurnalida, boshqa predmetlar qatori, birinchi adabiyot dasturi ham bosildi. Bu dasturda 5-7- sinflarda ona tili va adabiyot predmeti o’qitilishi qanday amalga oshirilishi belgilab berilgandi.
Shokirjon Rahimiy o’zbek tilidagi birinchi alifbe darsligi – «Sovg’a» (1919), shuningdek, «Ona tili» (1918, Fitrat va Q.Ramazon bilan hamkorlikda), «Kattalarga o’qish» (1920), «Alifbe darsligi» (1922), «Kattalar yo’ldoshi» (1924), «Kattalar alifbesi» (1927), «Savod» (1930),
«O’zbek tili. Ish kitobi» (1932) singari darslik va o’quv qo’llanmalar muallifi edi. Ko’rinadiki, dastlabki ta’limga yo’naltiruvchi darsliklar 1920-yillarda yaratilgan. Shu yillarda boshlang’ich va etti yillik maktablar uchun adabiyotdan dastlabki majmualar tuzildi. To’g’ri, XX asr boshlarida ham Munavvarqori («Sabzazor»), A.
Do'stlaringiz bilan baham: |