ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISHNING INTERFAOL
METODLAR
Ishdan maqsad: Ona tili va adabiyot fani
hisobga olish va shu asosida ta’limni tashkil etish
Ushbu amaliy ish davomida quyidagilarni
Ishni bajarish uchun namuna
o’quvchilarining ko’nikmalariga
ega
bilimlarini bo’lish.
Amaliy mashg’ulotda tahlil qilish uchun mo’ljallangan maqolalar ro’yxati tinglovchilarga bir necha kun oldin tavsiya etiladi. Tinglovchilar mashg’ulot o’tkaziladigan sanaga qadar quyidagi maqolalarni topib, o’qib kelishlari lozim:
Tinglovchilar kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhga ikkitadan vatman qog’ozi va markerlar beriladi. Guruh ishtirokchilari birinchi vatman qog’oziga ona tili ta’limining mazmunini, ikkinchi vatman qog’oziga esa zamonaviy usul va metodlarini yozadilar. Topshiriq bajarib bo’lingach, taqdimotlar o’tkaziladi.
O’qituvchi bildirilgan fikrlarga munosabat bildirib boradi va taqdimotlardan so’ng quyidagi ma’lumotlarni slaydlar orqali namoyish etadi. Ma’lumotlar tinglovchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
SLAYDLAR
Maktabda ona tili o’qitishning asosiy mazmun – mohiyati hozirgi kun ta’limi maqsadlariga monand tuzilgan Davlat ta’lim standarti, dastur va darsliklarning quyidagi nazariy-amaliy asoslari bilan belgilab berildi:
23
Ona tili — milliy ma’naviyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning ulkan xazinasi.
Ona tili — millat tafakkurini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va ifodalovchi eng asosiy vosita.
3. Ona tilini o’qitishdan maqsad ta’lim oluvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda to’g’ri va ravon bayon qilish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Mashg’ulotlarda ona tili imkoniyatlaridan unumli foydalanish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirishning nazariy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ustuvorligi ta’minlanadi.
Darsliklarda o’quv materiallari o’quvchilarning har bir sinfda o’rganadigan boshqa o’quv fanlari va ulardan o’zlashtirishlari lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar bilan uzviy bog’liqlikda beriladi.
Ona tili darsligidagi har bir topshiriq o’quvchi tomonidan mustaqil bajarilishiga moslab tuziladi.
Darslik materiallari o’quvchilarda tafakkurni va nutqni rivojlantirishning asosiy omillari:
lug’at boyligini oshirishga;
so’z boyligidan ijodiy matn yaratish jarayonida foydalanishga;
mustaqil fikr ifodasining muayyan maqsad va nutq vaziyatiga
muvofiqligini ta’minlashga;
aniq, ilmiy va obrazli (ramziy) nutq ko’nikmalarini shakllantirishga moslab tuziladi va beriladi.
Ona tilidan har bir mashg’ulot yuqorida ko’rsatilgan tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi.
8. Ona tiliga oid bilimlarni berishda tilning ko’p sathli, cheksiz imkoniyatli, murakkab tizim sifatidagi talqiniga tayaniladi. Shuning uchun «Ona tili» fani ona tili qurilishining eng asosiy birliklari va hodisalari bilan tanishtiruvchi «Muqaddima» va «Izchil kurs» kabi ikki qismdan iboratdir.
«Izchil kurs»da tilning turli grammatik hodisalarini, turli sath birliklarini o’zaro aloqadorlikda berish tilimizda aynan bir fikrni turli usullar bilan ifodalash imkoniyatlari borligini, har bir imkoniyatning o’ziga xosligini o’quvchilarga singdirishda «Muqaddima» ning ahamiyati katta.
9. Dastur va darsliklarning didaktik asosi:
o’quvchiga ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi;
o’qituvchiga o’quvchining o’rganish faoliyatini boshqaruvchisi;
darslikka (o’quv topshiriqlariga) o’quvchi va o’qituvchi faoliyatlarini o’zaro bog’lovchi vosita sifatida yondashishdan iboratdir.
O’quvchining ta’lim jarayonida faol ishtirokchi ekanligi uning darslik topshiriqlari asosida o’qituvchi rahbarligida quyidagi turdagi mustaqil ishlarni bajarishida o’z aksini topadi:
24
kuzatish;
izlanish;
alohidaliklarni sharhlash
qiyoslash;
umumiylikni aniqlash;
farqlarni topish;
tasnif etish;
xulosa chiqarish; 9) aloqadorlikni aniqlash; 10) qo’llash.
Fikrni bayon etish, ijodiy matn tuzish, matn ustida ish ona tili mashg’ulotlarida alohida mavqega ega bo’lganligi sababli, dasturda 8sinfning boshida «Ijodiy matn ustida ish» mavzusini o’rganish ko’zda tutilgan.
Dastur va darsliklarda tilshunoslik va uslubiyat, imlo va talaffuz ajratilmaydi. Har bir hodisa ona tili mashg’ulotlarida yondosh (vazifadosh va ma’nodosh)lari bilan birgalikda o’rganilishi sababli, ulardan har birining imloviy, uslubiy mohiyatlari va xususiyatlari ham hodisalar bilan birgalikda o’zlashtirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |