3.ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MUSTAQIL ISHLASH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH Barcha o‘quv predmetlarida bo‘lgani kabi ona tili darslarida ham o‘quvchilarni mustaqil ishlash faoliyatini tashkil etish muhim o‘rin tutadi. Ular quyidagi xususiyatlariga ko‘ra xarakterlanadi:
mustaqil ishlash faoliyatini tashkil etish orqali bajarish so‘ralgan shartlar o‘quvchilardan izlanuvchanlikni talab qilishi;
o‘quvchilarni mustaqil ishlash faoliyatini tashkil etgan holda hukm, xulosa va umumlashmalar chiqarishga yo‘naltirishi;
mustaqil ishlash orqali bajarish jarayonida o‘quvchilarda yangi bilimlarni egallashga ehtiyoj tuilishi.
ona tili darslarida qo‘llaniladigan mustaqil ishlarni guruhlarga ajratgan edik. Quyida mazkur guruhlarning ayrim turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Reproduktiv ishlar. Reproduktiv ishlaro‘quvchilarning avval olgan bilimlariniamalda qo‘llashni nazarda tutadi. Bunday ijtimoiy faol ishlarga namuna asosidagi ijtimoiy faol ishlar, sharhlab yozish, grammatik topshiriqli diktantlar kiradi. Bu xildagi mashqlar o‘quvchilarning ijtimoiy faol fikr yuritish jarayoniga qisman ta'sir ko‘rsatadi va u ko‘pincha darslik mashqlari asosida o‘tkaziladi. Quyida darslikdan tashqari bo‘lgan namuna asosidagi ijtimoiy faol ishlarning ayrim variantlarini keltiramiz.
Sharhlab yozish. Sharhlab yozish mashqlaridan darslik yoki darslikdan tashqarimashqlar asosida darsning o‘tgan mavzularini mustahkamlash yoki yangi bilimlarni mustahkamlash jarayonida foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilardan biri berilgan so‘z yoki gapni ijtimoiy faol ravishda sharhlab (baland ovozda) yozadi. Qolgan o‘quvchilar ham «boshlovchi» o‘quvchining so‘zlarini tinglab yozib boradilar.
O‘yin-testlar. Testning bu shaklio‘yin tarzidao‘tkaziladi vao‘tilayotgan mavzugao‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga qaratiladi. Buning uchun bir tarafi toza, ikkinchi tarafida esa suratlari bo‘lgan qog‘ozlardan foydalaniladi. Yoki toza oq qog‘ozning bir tarafiga ertak qahramonlarining suratlari chiziladi. Qog‘ozning toza tomonining bir qismiga savol, ikkinchi qismiga savolning javobi yoziladi. Shundan so‘ng qog‘oz to‘lqinli yoki arrasimon chiziq bo‘ylab ikki qismga ajratiladi. Bunday qog‘ozlarning bir nechtasi tayyorlanib o‘quvchilarga bitta savol yozilgan qog‘oz qismi va bir nechta javoblar yozilgan qismi beriladi.
138
O‘quvchi savolni o‘qib shu savolning javobi yozilgan qog‘ozni topishi va ikkala bo‘lakni birlashtirishi lozim. Agar javob to‘g‘ri bo‘lsa ikkala bo‘lak bir-biriga mos keladi va qog‘ozning orqa tomonida ham bir butun surat hosil bo‘ladi.
Tarqatma materiallar. Boshlangich sinflarning ona tili darslarida foydalaniladigantarqatma materiallar kartochkalar yoki buyumlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.