Ona tili va adabiyot fanidan



Download 1,44 Mb.
bet157/208
Sana06.09.2021
Hajmi1,44 Mb.
#166569
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Seminar darslari. Seminar darslari o‘quvchilar o‘quv materialini o‘qituvchi tavsiya etgan reja asosida, manbalardan foydalanib, mustaqil o‘rganadilar. Bunday darslar o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, bilimlarni mustaqil egallashlarida katta imkoniyatlarga ega. Bu jarayonda o‘qituvchining vazifasi, o‘quvchilarning seminar mashg`ulotlariga tayyorgarligi, o‘quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etish va boshqarish hisoblanadi. Seminar mashg`ulotini o‘tkazishda ikki xil yondashish mavjud. Birinchi xil yondashish-ma’ruza seminar tizimidagi ta’lim jarayonidir. Bunda o‘qituvchi o‘quv materialini turli ko‘rgazmali vositalardan foydalangan xolda ma’ruza shaklida bayon qiladi. Shundan so‘ng, o‘quvchilar seminar rejasiga asoslanib, o‘quv materialini qayta ishlab chiqadi va seminar mashg`ulotida muhokama qiladilar. Bu xildagi yondoshuvni mavzu atamalarga boy bo‘lgan paytda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi xildagi yondoshuvda seminar darslaridan mustaqil ish shaklida foydalaniladi, ya’ni o‘quvchilar hali o‘zlariga noma’lum bo‘lgan o‘quv materiali asosida mustaqil tayyorgarlik ko‘radilar. Bunday yondoshuv o‘quv materiali o‘quvchilar uchun oson, mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati bo‘lganda qo‘llaniladi. Bunday seminar darsning didaktik vazifasi o‘quvchilarning yangi mavzu materialini o‘zlaridagi mujassam bo‘lgan bilimlar asosida o‘zlashtirishga erishishdir. Seminar darslariga hamma o‘quvchilar yetarli tayyorgarlik ko‘rib, tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishib, bahs va munozarada faol ishtirok etgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Buning uchun fan xonalarida «Seminar mashg`ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish burchagi»ni tashkil etish lozim. Bu burchakda seminar mavzusiga oid qo‘shimcha ilmiy ommabop maqolalar, qo‘llanmalar qo‘yiladi va ular vaqti-vaqti bilan seminar mashg`ulotlari mavzusiga bog`liq holda yangilanib, almashtirilib boriladi.Bu burchakdagi «ko‘rsatmalar» bo‘limida seminar darsning maqsadi mavzusi o‘quvchilar uchun tabaqalashtirilgan yangi dastur materiali asosida hamma o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan savol-topshiriqlar bilan birga o‘z bilimlarini mustaqil kengaytirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha savollar
146

ham beriladi. Biz quyida ana shunday ko‘rsatmadan namuna keltiramiz. O‘quvchilar seminar darsiga tayyorlanish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak.




  1. Seminar darsida bajariladigan topshiriq yoki savollarni diqqat bilan o‘qib chiqishi.




  1. Bu savollarga darslikdan foydalanilmasdan, o‘z bilimiga tayangan holda javob berishga harakat qilishi.




  1. Seminar topshirig`i yoki savollarga binoan darslik yoki tavsiya etilgan adabiyotlardan kerakli betni topishi, matndan savollarga javob izlashi, o‘qiganlarini idrok etishi, mag`zini chaqishi, yodda saqlashga harakat qilishi.




  1. O‘quv reja tuzib shu reja asosida javob yozishga harakat qilishi javob qisqa va aniq bo‘lishiga erishish.




  1. Javoblar yakunida xulosa chiqarishi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini

yozishi.
Seminar darsining tuzilishi taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin:


  1. O‘qituvchining kirish so‘zi. Unda seminar darsning vazifasi, rejasi va dars davomida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar bayon etiladi.




  1. Seminar savollariga binoan o‘quvchilarning javoblari tinglanadi.




  1. Munozarali ahborotlar mazmuni muxokama qilinadi.




  1. Seminar mashg`ulotlarini yakunlash unda o‘quvchilar javobi taxlil qilinib, ularning munozaradagi ishtiroki baholanadi. Seminar mazmuni umumlashtirib, yakun yasaladi.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish