Ona tili va adabiyot 7- sinf
1. 1.Partalarni nari-beri surdik. 2.Akbar darsni nari-beri qildi.
Ushbu gaplardagi nari-beri so’zi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri?
A.1-o’rin ravishi , 2-holat B.1-holat ,2-no’rin
C.ikkalasi ham holat D.ikkalasi ham o’rin.
2.Qaysi qatorda holat ravishlari berilmagan?
A.dastlab,xiyol,picha B.qo’qqisdan, to’satdan, piyoda
C.majburan,tasodifan, astoydil D.eskicha,birma-bir,zo’rg’a.
3.Qaysi so’z turkumlari yasalmaydi, balki yasalish uchun asos bo’ladi/
1.ot 2.sifat. 3.son 4.olmosh 5.ravish 6.fe’l
A.1,2 B.3,4 C.5,6 D.2,5.
4.Olmoshlarning qaysi turi egalik qo’shimchalari bilan kelib shaxsning tanholigini ta’kidlaydi?
A.o’zlik olmoshi B.ko’rsatish olmoshi C.belgilash olmoshi D.kishilik.
5.Meni,seni olmoshlariga qanday qo’shimcha qo’shilgan?
A.egalik qo’shimchasi B.kelishik qo’shimchasi
C.shaxs-son qo’shimchasi D.fe’l mayli qo’shimchasi
6.Qaysi qatorda sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha qo’shilgan so’z berilgan?
A.ko’zim B.qo’nim C.tinim D. olim.
7. Quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri fe’llardagi sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha sanaladi?
1.nisbat qo’shimchalari 2.bo’lishsizlik qo’shimchalari 3.vazifa shakllari qo’shimchalari 4.zamon qo’shimchalari 5.mayl qo’shimchalari
6.Harakatning kuchli-kuchsizlik darajasi , davomiyligini ko’rsatuvchi qo’shimchalari
7.shaxs-son qo’shimchalari
A.4,6,8, B.1,3,5 C.1,4,5 D.2,7,8.
8.Turnalar!
Kelinglar, yelkamga qo’ning !
Qo’llarimga qo’ning,
Boshim , ko’ksimga…
Ne tog’lardan oshgan bu qanotingiz
Tars-tars urilsinlar yuzim-ko’zimga.
O.Matjon she’ridan olingan ushbu parchada nechta munosabat shakli bor?
A.14ta B.16ta C.13ta D.15ta.
9.Basharti,garchi so’zlari bog’lovchining qaysi turiga mansub?
A. teng bog’lovchi B.aniqlov bog’lovchi
C.Sabab bog’lovchi D.shart bog’lovchi
10. Bir bo’g’inli so’zlargagina qo’shiladigan nisbat qo’shimchalari qaysilar?
A)-sh,-t,-dir, -iz B)-ar,-iz,-ir,-dir S)-dir,-t,-tir,-iz D)-n,-sh,-ir,-dir,-iz.
11. Ham yuklamasi haqida qaysi fikr to‘g‘ri?
A. va bog‘lovchisi bilan almashtish mumkin bo‘lsa teng bog‘lovchi, hatto bilan qo‘llash mumkin bo‘lsa yuklama bo‘ladi;
B. yo bog‘lovchisi bilan almashtish mumkin bo‘lsa ayiruv bog‘lovchi, hatto bilan qo‘llash mumkin bo‘lsa modal so‘z bo‘ladi;
C. yoki bog‘lovchisi bilan almashtish mumkin bo‘lsa biriktiruv bog‘lovchi, bilan
qo`llash mumkin bo‘lsa yuklama bo‘ladi;
D. hamma ta’rif noto‘g‘ri
12.”Ravshan” dostonida aka-uka kallarga xos bo’lgan xarakter belgilarini ko’rsating.
A.vatanparvarlik, o’z shohiga sadoqat B.manfaatparastlik, amal mansabni sevish.
C.Sevgiga sadoqat, vafodorlik D.mardlik, haqiqatgo’ylik, mohirlik.
13.-lik,-ch,-inch kabi qo’shimchalar turdosh otning qaysi turini hosil qiladi?
A.shaxs otini B.narsa otini C.o’rin – joy otini D.mavhum otini.
14.Qaysi qatorda nisbiy sifat berilgan ?
A.chiroyli B.aqlli C. oilaviy. D.chaqqon.
15. A.Muxtorning so’ngi asarida nima aks etgan ?
A.Hozirgi hayot , ma’naviyat va badiiy ijod borasidagi mulohazalar .
B.Insonga xos fazilatlar va illatlar .
C.Qatag’on qurboni bo’lgan ijodkorlar xotirasi .
D.Zamondoshlari haqida o’ylari .
16.Birinchi Prezidentimiz : “Har qanday inson uchun eng katta boylik bu uning o’z tilidir . Navoiy ijodi o’zbeklar uchun katta boylik ” ,- degan.Ushbu gapda nechta qaratqich kelishigi qatnashgan ?
A.2ta : 1ta belgili , 1ta belgisiz . B.3ta : 2ta belgili , 1ta belgisiz .
C.2ta belgili . D.3ta : 1ta belgili , 2ta belgisiz .
17.Hamma jim qoldi . Har kim o’z olddida bir narsani topib , shunga ko’z tikkan va u narsada Zebi o’z otasini ,Qurvonbibi o’z erini , Sotti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi . Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan .
A.Belgilash , ko’rsatish , o’zlik olmoshlari . B.Belgilash , gumon , ko’rsatish ,o’zlik olmoshlari .
S.Belgilash , o’zlik olmoshlari . D.Belgilash , ko’rsatish , bo’lishsizlik ,o’zlik olmoshlari .
18.Biz ona yurt , aziz Vatan debon sog’inch va orziqishlarda yashaymiz ,mo’tabar tuprog’imizni har bir qarich yerini , har bir giyohini ko’zimizga surtamiz . Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari qatnashgan ?
A.kishilik , bo’lishsizlik olmoshlari . B.kishilik , belgilash olmoshlari .
C.kishilik , so’roq olmoshlari . D.kishilik olmoshi .
19.Olmoshlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri ?
A.Bir so’zi gumon olmoshi o’rnida qo’llanishi mumkin .
B.Olmoshlarni gap o’rnida almashtirib qo’llash mumkin .
C.Yasama sodda olmosh qismlari qo’shib , qo’shma olmosh qismlari esa ajratib yoziladi .
D.Barcha hukmlar to’g’ri .
20.Quyidagi so’zlarning qaysilari belgilash olmoshlari hisoblanadi ?
1.har qaysi . 2.har bir . 3.o’shancha . 4.bari . 5.buncha .
A.1,2,3,4. B.1,2,4.
C.1,2,4,5. D.1,2,3,4,5.
Do'stlaringiz bilan baham: |