sariq gullar o‘sib yotardi.
Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Otlashgan sifat qatnashgan.
B) Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini
bajargan.
C) Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
D) Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid.
62. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi
hisoblanadi?
1) sari; 2) uchun; 3) chunki; 4) haqida;
5) keyin; 6) xayriyat; 7) tufayli.
A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7
D) 2, 3, 5, 7
63. His-hayajon undovi qatnashmagan gapni
aniqlang.
A) Oh, qanday go‘zal bu olam!
B) Iya, sen mehmonga kelasan-u,
ovoragarchiligi bormi?
C) Ey Luqmoni Hakim, sening dong‘ing
tutdi olamni.
D) Voy, sen hali yalpiz nimaligini bilmaysanmi?
64. Qaysi gapda fikrning tasdig'ini ma’nosini bildirgan modal so‘z ishtirok etgan?
A) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
B) Xullas, biz ulug‘ ajdodlarning davomchilarimiz.
C) Ehitimol, ertaga o‘ziga isitib berish
uchun shunday deyayotgandir.
D) Haqiqatan ham, ko‘rshapalaklar qushlar
bilan hayvonlar o‘rtasidagi jonivorlardir.
65. Hosildan bo‘shagan kuzgi dalalarda ishlash
maroqli.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlar haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Fe’l yasovchi qo‘shimchaning otga qo‘shilishi kuzatiladi.
B) Yasama sifat 2 o‘rinda qatnashgan.
C) Sifat yasovchi qo‘shimchalarning otlarga
qo‘shilishi kuzatiladi.
D) Yasama fe’l faqat bir o‘rinda qatnashgan.
66. Ega vazifasida kelgan juft fe’l qatnashgan
gapni toping.
A) Oyqizning shunchalik yelib-yugurishi
ham umuman foyda bermadi.
B) Yosh Hakima boshqa o‘rtoqlaridan
qolmaslik uchun qizarib-bo'zarib ishlardi.
C) Konspekt daftarini olib, o‘sha yerda
ko‘chiraman-qo‘yaman.
D) Tog‘asining qo‘llab-quvvatlashi tufayli u
tijoratda ulkan yutuqqa erishgandi.
67. «Sen agar zohir etting itlikni,
Men senga ko‘rguzay yigitlikni».
Ushbu so‘zlar Navoiy «Xamsa»sidagi
qaysi qahramon tilidan o‘z raqibiga qarata aytiladi?
A) Suhayl B) Farhod C) Xusrav D) Jobir
68. Qaysi javobda Avaz O‘tarning devoni
ko‘rsatilgan?
A) «Saodat ul-iqbol» B) «Shohidi iqbol»
C) «Badoye ul-bidoya» D) «Ta’viz ul-oshiqin»
69. Bu asarda 400 ga yaqin maqol, matal,
naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush tarzi, an’ana va marosimlari, og‘zaki va yozma adabiyotini chuqur bilganidan dalolat beradi.
Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A) «Zarbulmasal» (Gulxaniy)
B) «Qisasi Rabg‘uziy» (Rabg‘uziy)
C) «Hayrat ul-abror» (Navoiy)
D) «Qutadg‘u bilig» (Yusuf Xos Hojib)
70. Qaysi javobdagi ma’lumot Zavqiyning ijodi
haqida?
A) Ijodkor «Til», «Maktab» she’rlari,
«Fidoyi xalqim...» deb boshlanuvchi g‘azal muallifidir.
B) Ijodkor «Navro‘z» radifli, «Ustina»
radifli, «Aylansun» radifli g‘azallar muallifidir.
C) Ijodkor «Turkman binosi», «Adolat
yaxshi» she’rlari muallifidir.
D) Ijodkor «Zamona kimniki», «Ajab zamona», «Во‘1», «Muncha ko‘p» hajviyalari muallifidir.
71. Usmon Nosirning «Yurganmisiz birga oy
bilan» she’ri haqidagi ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu she’rni shoir davolanish uchun
shimolga - Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga
safar qilgan davrda yozgan.
B) Ushbu she’r shoirning Samarqanddan
onasiga yozgan she’riy maktubi sanaladi,
unda bolalikdagi sargardonliklarini tabiat
manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi.
C) Ushbu she’rda shoir bolalikni yashnoq
«gul»ga, o‘zini esa gul hidini emuvchi,
dilbar malak boshi uzra parvona bo‘luvchi
«kapalak»ka mengzagan.
D) Ushbu she’rda lirik qahramon hamma
qulluq qilib turgan, ta’rifiga hamd-u sano
keltirayotgan «Asrlarni yig‘latgan sevgi»ga
qarshi bosh ko‘taradi.
72. Qaysi javobda «Uloqda» hikoyasida
uchraydigan obrazlar keltirilgan?
A) Nurxon, Shokir mishiqi
B) Qosim cho‘loq, Shokir mishiqi
C) Haydar soqov, A’zam
D) Qosim cho‘loq, A’zam
73. «Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonidagi
xon zulmiga qarshi bosh ko'targan xalq
qo‘zg‘oloniga boshchilik qilgan, kuchlar
teng emasligi uchun mag‘lub bo‘lib, qizining
ko‘z o‘ngida xon tomonidan qatl etilgan
qahramon nomini aniqlang.
A) Tarlon B) Darxon C) Baxtiyor
D) Qoraxon
74. Qaysi javobda Abdulla Qahhorning faqat
hikoyalari berilgan?
A) «Sinchalak», «Dahshat»
B) «Og‘riq tishlar», «Shohi so‘zana»
C) «Sarob», «Ayajonlarim»
D) «Bemor», «O‘g‘ri»
75. Qaysi javobda Zulfiyaning asarlari
berilmagan?
A) «Quyoshli qalam», «Mushoira»
B) «Xotira siniqlari», «Bog‘lar qiyg‘os gulda»
C) «Gullar vodiysi», «Surat bilan suhbat»
D) «O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush», «Bahor
keldi seni so‘roqlab»
Do'stlaringiz bilan baham: |