Ona tili V va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruhga mansub bo’la olmaydi?



Download 22,72 Kb.
Sana01.04.2022
Hajmi22,72 Kb.
#524024
Bog'liq
Ona tili 5 probo 1


Ona tili 1. v va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruhga
mansub bo’la olmaydi?
A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra
B) hosil bo’lish usuliga ko’ra
C) hosil bo’lish o’rniga ko’ra
D) hosil bo’lish o’rni va hosil bo’lish usuliga ko’ra
2. Quyida berilgan baytda nechta so’zda ochiq bo’g’in mavjud?
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Aniq bilursankim, ilm bepoyon. (Firdavsiy)
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
3. O’rtoq va yoq (tomon) so’zlariga qaysi qo’shimcha qo’shilsa asosda fonetik o’zgarish bo’ladi?
A) kelishik va egalik qo’shimchalari
B) kelishik qo’shimchasi
C) o’rtoq so’ziga egalik va kelishik, yoq so’ziga
egalik qo’shimchasi
D) egalik qo’shimchasi
4. Qaysi qatordagi gapda so’z qo’llashda xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Boburning Kobul devoni topilgan emas.
B) Mashina dovon tepasiga ko’tarildi.
C) Ot afzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi.
D) O’zbek xalqi ichidan o’nlab daholar yetishib
chiqqan.
5. Hamma jim qoldi. Har kim o’z oldida nimadir
topib, shunga ko’zini tikkan va u narsada Zebi o’z otasini, Qurvonbibi o’z erini, Salti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi.
Ushbu gapda qo’llangan olmoshlar sonini
aniqlang.
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
6. Berilgan misralarning qaysi birida qo’shma fe’l ishtirok etgan?
A) Gul bargini nasim tildi - to’kildi.
B) Saboga hikoyat qildi - to’kildi.
C) Falak ishiga boq: bir haftada gul
D) Chiqdi, g’unchaladi, kuldi - to’kildi.
7. Qaysi qatordagi so’zlar sifat so’z turkumiga
mansub?
A) teshik, tuzoq, o’roq
B) qo’rqoq, yumuq, siniq
C) kichik, chiniq, yutuq
D) kurak, egik, taroq
8. Qaysi javobda berilgan so'zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) halovat, forosat B) nadomat, xurofot
C) daromat, husumat D) saxovot, zokovat
9. Atoqli ot ko'chma ma’noda qo’llangan gapni
toping.
A) Mening shoirligim yolg‘ondir, ammo Fuzuliy
she’riga oshiqligim rost.
B) Oshiqlar uxlaydi saharga tomon Fuzuliy
devonin boshiga qo‘yib.
C) Fuzuliyni oldim qo’limga Majnun bo’lib
yig’lab qichqirdi.
D) Bir lahza qo’lidan qo‘yganmi o‘zbek,
O‘zing ayt, Fuzuliy bitgan devonni.
10. Qaysi gapda fe’llar faqat bir xil zamon
ma’nosini ifodalagan?
A) Qosh qoraydi hamki, Nosirjondan darak yo‘q
edi, balkı, ertaga kelar.
B) Uchqunni pudasang, olov alangalanadi,
uchqunga pudasang, u o‘chib qoladi, lekin
ikkisi ham bir og’izdan chiqadi.
C) Ular dovon ortidan kelgan, agar ular u
yoqda ko‘p bo‘lsa, demak, yana kelishadi.
D) Barcha ishni ertaga qoldirdik, ammo ertaga
ulgura olamizmi?
11. Bosh gap ergash gapdan oldin qo’llangan gapni toping.
A) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o'z
faoliyatini to'xtatmaydi.
B) Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga erishadi.
C) Kimki rostgo'y, samimiy bo'lsa, u el o'rtasida
qadr topadi.
D) Ko'ziga nima ko'rinsa, shu uni qiziqtira
boshladi.
12. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, ko’m-ko’k,
sariq gullar o‘sib yotardi.
Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Otlashgan sifat qatnashgan.
B) Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini
bajargan.
C) Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
D) Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid.
13. “Boshi shishmoq” iborasining ma’nosi to’g’ri
berilgan qatorni toping.
A) Qiynalib ketmoq
B) To’satdan qattiq qo’rqmoq
C) O’ylayverib gangimoq
D) Noloyiq, yarashmaydigan ish deb bilmoq
14. Qaysi gapda fe’l nisbatlarining ikki turi
qo‘llangan?
A) Giloslar ostidagi panjaralari ko‘k bo‘yoq bilan
sirlangan yog‘och karavotda uxlab yotardi.
B) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga
duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
C) Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib
berilgan kosani tushirib sindiribdi.
D) Shamol toy ekan, kuchga boy ekan, yengil
ko‘charkan, ko‘kka ucharkan.
15. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?
A) Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma kunga
borib kelsin.
B) So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi haqida
faxrlanib gapirardilar.
C) El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada
televideniyeda chiqar edi.
D) O‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib
ketdi.



Download 22,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish