Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

27.1-mashq. 
Berilgan gaplardagi o‘zbek oilalarida turmush o‘rtoqlarini bosh farzand 
nomi bilan atash odati haqida mulohaza yuriting.
RA’NO I
(Nigor oyim)
Maxdum to‘nni yoruqqa solib ko‘rdi: – Yo‘q, adras hayf , Ra'no, – 
dedi to‘nni taxtiga solib, – haligi bo‘zni beravur. 
RA’NO II (Solih maxdum)
– Hay, Ra'no! – dedi havlida ketib borg‘an maxdumg‘a, – 
nonlarimizning suvi qochqan, xamir qilishg‘a vaqt oz, bozordan issig‘ non oldirasizmi?
 (A.Qodiriy. “Mehrobdan chayon”)
27.3-mashq. 
Matnni o‘qib, shevaga oid so‘zlarni aniqlang.
– Hoziram buloq suvidan 
ichaman. Bir ko‘zasi choyimgayam, 
ovqatimgayam jetadi. Dunyo 
o‘zimizdiki deb kerilib jurgan 
paytimiz, bir jil qishi bilan ariq 
qazidik. U vaqtlar traktir-praktir 
degan narsa o‘rni-tuvi bilan jo‘q, 
qopda tuproq toshib Toshlisoyni 
to‘ldirdik, cho‘kichminan manovu 
qirdi bovrini teshdik. Buni 
teshguncha, eh-hi, qancha azob 
tortmadik. Bu bizga osonga 
tushmagan. Ikki jigit tuproq tagida 


98
27.4- 
mashq. Berilgan matnlarni qiyoslab, shevaga xos so‘zlar lug‘atini tayyorlang. 
Ularning qaysi birida o‘ynoqi ohang ustun? 
Gunlarim o‘tayotir sannan mosuvo,
Osmonloni hamma buluti manda.
Ustingnan ilganni na poydosi vo,
Yuraking qulpini kiliti manda. 
(M.Abdulhakim)
Kunlarim o‘tmoqda sendan uzoqda,
Osmonlarning hamma buluti menda.
Seni berkitganning ne foydasi bor,
Yuraging qulfining kaliti menda.
Deshonnon qorosong – po‘rimnon po‘rim,
Ichonino boqsong – dardi yoshirin.
Shundo-do dastirxon atmayin sirin,
Gulgan bir xolq akan shoir dagani.
(B.Bekmatov)
Tashidan qarasang – porimdan porim,
Ichiga boqsang gar – dardi yashirin.
Shunda ham sirlarin qilmay dasturxon,
Hazilkash xalq ekan shoir degani.
Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos so‘z shevaga xos so‘z deyiladi: 
kallapo‘sh (Buxoro) - do‘ppi, g‘o‘z (Xorazm) - yong‘oq, mishiq (Farg‘ona) - mushuk. 
Sheva so‘zi fanda dialektizm deb ham yuritiladi.
Badiiy adabiyot va kinofilmlarda mahalliy ruhni aks ettirish, asar qahramoni nutqini 
aniq berish maqsadida shevaga xos so‘zdan foydalaniladi. 
Ayrim so‘z adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma’noda ishlatiladi. Masalan, 
irkit
so‘zi abadiy tilda kir, iflos degan ma’no bilan qo‘llansa, ayrim shevada 
ayron xalta, 
boshqasida esa
 beo‘xshov, qo‘pol ko‘rinishli
ma’nosiga ega. Yoki 
lagan
so‘zi Toshkentda 
osh suziladigan chinni tovoq
, Samarqandda 
kir yuviladigan tog‘ora
ma’nosida qo‘llanadi.
Sheva so‘zini uning adabiy tildagi muqobiliga sinonim sanamaslik lozim.
qolib novud bo‘ldi... Shuytib desang, lalmini bog‘ qildik, havorga paxta ekdik. Oradan sag‘al 
o‘tmay, shu bilmadim... baliq jilmidi, aniq esda jo‘q, jer qimirlab, buloqdan suv qochdi. 
Mingbuloq ham o‘sha jili qurib qogan... Bir zamonlar bundan uch tegirmon suv hayqirib 
oqardi, desang, birov ishonmaydi. Oquvi zo‘r edi, kela-kelguncha nishoblikda. Ana qarag‘in, 
haliyam izi bor. 
(N.Norqobilov)

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish