93
26.2-mashq.
Erkin Vohidovning “sodda kashfiyot”lari aks
etgan matn bilan tanishib
chiqing va o‘zaro fikr almashing. Siz ham har kuni foydalanadigan yasama so‘zlar
ro‘yxatini tuzing.
So‘zni eshitamiz, so‘zlashni qotiramiz, lekin So‘z
mag‘zini chaqish aksar xayolimizga kelmaydi.
Nega shunday deymiz, deya o‘zimizga savol ber-
maymiz. Bu sinoat to‘la olam
bamisoli olisdagi
yulduzlardek noayon qolaveradi.
Uzum yedim,
“uzum” dedim, bilsam, tokdan uzib yedim,
de-
gandek, o‘z qo‘lim bilan ishkomdan uzum uza-
turib, bu so‘zning
uzmoq
dan olingani xayolim-
ga kelgan edi. Axir
ungan
narsani
unum, g‘uj
o‘sgan mevani
g‘ujum,
jamiyat
tuz
ilishini
tuzum,
cho‘g‘ning
qo‘r
idan qolgan kulni
qurum,
deymiz.
Og‘izga
solib
yut
ganimiz
yutum,
tomoqdan
qult
etib o‘tgan suv
qultum
bo‘lganidek ishkomdan
uzib
yeganimiz
uzum
bo‘ladi-da, deya o‘z sodda
kashfiyotimdan suyungan edim.
Kuraydigan qurolimiz
kurak,
ichki a’zo
ichak,
gul
tubida turadigan idish
tubak
– biz uni
tuvak
dey-
miz. Kaftni kaftga urish – olqish belgisi. Chiqqan
tovush chapillasa
chapak
, qarsillasa
qarsak
bo‘ladi. Buni anglash qiyin emas, lekin ko‘ksimiz-
da gursillab urib
turgan yurakni
yurak
deyish
to‘g‘rimi yoki
urak?
Yurak
yuradimi, uradimi? Ko‘krak-chi? Nega ko‘ksimizni shunday atay-
miz?
Ko‘ksim osmon,
degandek bu nom
ko‘k
, yani osmon bilan bog‘liqmi? Undoq desak,
emikdosh ma’nosida keluvchi
ko‘kaldosh
so‘zidagi
ko‘k
o‘zagi nimani anglatadi? Qozoqlar
akani
ko‘ka
deb chaqiradilar. Bu so‘zlarning ko‘krakka aloqasi yo‘qmikan?..
Bunday jumbo-
qlar yuzlab, minglab so‘zlarimiz zamirida yotibdi. Ular bizni qiynashi, uyqu
bermasligi kerak,
Mahmud Qoshg‘ariy bobomizning kitobi yostig‘imiz ostida bo‘lmog‘i kerak.
Quyoshiston ta’rifli diyor Nurli peshonamga bo‘libdi nasib.
(E. Vohidov).
Gururimga
g‘ururdosh
zamonga ming tashakkur.
(A.Oripov) Nutqda ba’zan so‘z yasovchi
qo‘shimchalarni yanglish va ortiqcha qo‘llash holatlari kuzatiladi. Masalan, yog‘lik osh
emas, yog‘li osh; befarosatsizlik emas, befarosatlik yoki farosatsizlik.
26.3-Mashq.
Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni tanlab, maqollarni ko‘chiring. Nima uchun
aynan shu so‘zni tanlaganingizga izoh bering.
1.
Muzdan suv tomar, ... (so‘zamol, so‘zshunos, so‘zchi)dan — bol.
2. ... (Shirali, shirador, sershira) so‘zga quloq charchamas.
3. Har ...... (yaltiragan, yiltillagan, yarqiragan) oltin emas.
4. Tekinxo‘r qopib yeydi, ... (mehnatchi, mehnatkor, mehnatkash) topib yeydi.
5. Aqli o‘tkirning so‘zi ... (chopag‘on, chopuvchi, chopqir).
94
26.4-mashq.
Matnni o‘qing. O‘z munosabatingizni yozma ifodalang va uni jamoangizga
asoslab berishga harakat qiling.
Xotinlarni falonchi xonim yoki begim deb atash bor. Bu
so‘zlardagi
-im
qo‘shimchasini egalik qo‘shimchasi deb tushu-
nadilar. U holda nima uchun egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda
xon
bilan
bek
ayol kishiga aylanadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy-
dir. Vaholanki, “xonim” va “begim” so‘zlaridagi
-im
qo‘shimcha-
si egalik qo‘shimchasi emas. Qadim turkiy tillarda ona ma’nosi-
dagi “uma” so‘zi bo‘lgan. “Begim” va “xonim” so‘zlari tarkibidagi
-im
ana shu “uma” so‘zining ixchamlashganidir. Demak,
aslida
“xonim” “mening xonim” emas,
Do'stlaringiz bilan baham: