91
Topshiriq.
Quyidagi matnni o‘qing. Yolg‘on va vijdon haqida mulohazangizni yozing.
Avtobusda ketayotganimda, yonimda o‘tirgan bolaning qo‘l telefoni jiringladi.
– Uff, yana oyim telefon qilyaptilar. Gapirmay tur, – dedi u telefonni qulog‘iga olib
borarkan. Keyin muloyim ovozda onasi bilan gaplashdi:
– Oyijon, xavotirlanmang. Rashid ikkalamiz ingliz tilidan yaxshi javob berolmagandik,
ustoz olib qoldilar. Hozir qo‘shimcha mashg‘ulot boshlanadi, xayr, – u telefonni o‘chirib
o‘rtog‘iga yuzlandi. – Ana endi bemalol ikki soat pleysteyshnda o‘tirishimiz mumkin.
Bugun
sendan o‘chimni olaman, – og‘zi qulog‘iga yetib tirjaydi u.
Odobligina ko‘ringan bu bolaning hech uyalmay onasini aldagani menga yoqmadi.
– O‘g‘lim, nega oyingga yolg‘on gapirding? – deb so‘radim sekingina.
– Oyimga do‘stlarim bilan dars tayyorlashimni aytsam, xursand bo‘ladi. Agar musiqa
tinglab ushlanib qolganimni eshitsa, qo‘l telefoni ishlatishimga ruxsat bermaydi, qattiq
nazoratga oladi. Kompyuter kafesiga borib uyga kech qolsam, darslarimiz ko‘payib
ketganini bahona qilib, telefon
orqali ogohlantiraman. Uydagilar
tushlik uchun
bergan pullarni
tejab, do‘stlarim bilan shahar
aylanishga boramiz. Ustozimiz
yoki ota-onamiz bunga ruxsat
bermasligini bilganimiz uchun
ham yolg‘on gapirishga
majburmiz, –javob berdi Sardor.
Yonidagi Otabek esa Otabek esa,
ishonarli yolg‘on
gapirish qiyin
ekanligini tan oldi.
– Matematika darsini yomon
ko‘raman. O‘qituvchim qancha
tushuntirmasin, arifmetik
misol va masalalarni yechishga qiynalaman. Ustozim darsdan keyin o‘zlashtirishda
orqada qolgan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha
darsga qolishimni aytganda ham, yolg‘on
gapirib mashg‘ulotlarga bormaganman. Bu haqida uydagilarni ogohlantirmoqchi bo‘lib
kundaligimga yozib yuborganda, past baho qo‘yganida ham ota-onamga sezdirmadim.
Ba’zida, darslarimiz kam bo‘lgan kunlari, sinfdoshlarim bilan internet kafelarga kiramiz.
U yerda pul to‘lab o‘ynay olmasak ham boshqalarning o‘ynayotganini tomosha qilishimiz
mumkin. Uydagilar surishtirganda, bilib qolmasliklari uchun, do‘stlarimiz bilan maktab
kutubxonasida edik, deb aytishga kelishamiz. Bu – yolg‘on gapirish qiyin bo‘lsa ham
vaziyatdan chiqib ketishning oson yo‘li.
Aslida ko‘zimizga arzimas bo‘lib ko‘ringan yolg‘onlar katta xatolarni keltirib chiqaradi.
Bu aldovlarning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi. O‘zaro ishonch yo‘qoladi.
Siz qanday
fikrdasiz?
(gulxan.uz)
Do'stlaringiz bilan baham: