Ona tili
Sana: 21-dekabr
9-,,G”sinf
Mavzu: Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy maqsad:o’quvchilarga nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar haqida ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni Vatanga muhabbat,el-yurtga sadoqat,ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash;
s)rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning qo’shma gaplar mavzusi bo’yicha bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Yangi tushuncha va malakalarni shakllantiruvchi.
Darsning jihozi:darslik,tarqatmalar,slayd
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’qituvchi:
Ko’zlari munchoqlarim,
Ilmga chanqoqlarim.
O’quvchilar:
Assalomu alaykum!
O’qituvchi:
Valaykum assalom!
Hamma sog’mi-omonmi?
Hamma darsga tayyormi?
O’quvchilar:
Bizlar sog’miz,omonmiz,
Bizlar darsga tayyormiz!
O’qituvchi:
Aziz o’quvchilar!Bilim marvaridlarga to’la cheksiz ummon kabidir.Bugungi darsimizda ham ana shu cheksiz ummonnning marvaridlaridan bahramand bo’lishga harakat qilamiz.
Aziz o’quvchilar!Darsimizni uch guruhga bo’lgan holda olib boramiz.Birinchi guruh,,Sog’lom avlod”,ikkinchi guruh,,Barkamol avlod”,uchinchi guruh ,,Komil inson” deb nomlaymiz., Darsimizga bayramona ruhni olib kirish maqsadida guruh ishtirokchilarining darsdagi ishtiroki archa o’yinchoqlari bilan rag’batlantirib boriladi.Guruh a’zolari o’z archalarini qancha o’yinchoq bilan bezaganligini dars so’ngida hisoblab,go’lib guruhni aniqlaymiz.
Guruh a’zolari guruh nomlaridan kelib chiqib,sog’lom avlod,barkamol avlod, komil inson tushunchalariga ta’rif berishadi.
,,Sog’lom avlod” guruhi quyidagicha izohlashi mumkin.
Sog’lom avlod –Vatan kelajagidir. Biz sog’lomlik deganda ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom bo’lishni tushunamiz.Sog’lomlikni qushning ikki qanotiga o’xshatishimiz mumkin.Bir qanot bilan qush parvoz qilib bilmaganidek,inson ham har ikki jihatdan sog’lom bo’lsa ,ko’zlagan maqsadiga erishishi mumkin.2016-yil muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tomonidan ,,Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi bejiz emas.Demak,onalar sog’lom bo’lsa,farzand sog’lom bo’ladi.Farzand sog’lom bo’lsa,mamlakat kelajagi porloq bo’ladi.
,,Barkamol avlod” va ,,Komil inson “ guruhlari ham izohlashadi.
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
O’tilgan mavzular ,,Aqliy hujum “ metodi orqali takrorlanadi.
,,Sog’lom avlod” guruhi uchun savollar:
1.Qo’shma gap deb qanday gaplarga aytiladi?
2.Ergashgan qo’shma gap qismlari qanday vositalar yordamida bog’lanadi?
3.Zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda qanday mazmun ifoda etiladi?
,,Barkamol avlod “ guruhi uchun savollar:
1.Bog’langan qo’shma gap qismlari qanday vositalar yordamida bog’lanadi?
2.Ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi?
3.Bosh gap deb nimaga aytiladi?
,,Komil inson” guruhi uchun savollar:
1.Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarda qanday mazmun ifoda etiladi?
2.Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gapning qanday turi hosil qilinadi?
3.Ergash gap deb nimaga aytiladi?
Guruhlarning har bergan javobi archa o’yinchoqlari bilan rag’batlantirib boriladi.
Uyga vazifa qilib berilgan 127-mashq tekshiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim,nima,qancha,qanchalik,qanday,
qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, shuncha,o’sha,shunchalik,shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi ,biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi.Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma qo’shma gaplar qismlari bosh va ergash gaplar tarkibida ,,savol-javob” juftligini hosil qilib,bir-biriga nisbatan qo’llanuvchi soroq va ko’rsatish olmoshlari yordamida bog’lanadi.
Masalan: Kimki boshqalar taqdiriga o’z taqdiridek,boshqalar shodligi va qayg’usiga oz shodligi va qayg’usidek qarar ekan,u chinakam insondir.(M.Ismoiliy)
Ilmiy adabiyotlarda nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar havola bo’lakli ergashgan qo’shma gap deb ham yuritiladi.
Nisbiy so’zlar yordamida ergashgan qo’shma gaplarning quyidagi turlari hosil qilinishi mumkin:
Ega ergash gapli qo’shma gap:Kim yaxshi o’qisa,o’sha maqsadiga yeta oladi.
Kesim ergash gapli qo’shma gap:Kim g’olib chiqsa ,yutuq o’shaniki bo’ladi.
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap:Kim yaxshi xulqli bo’ladi,uning do’stlari ham ko’p bo’ladi.
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap:Kimki bo’lsa dilozor,undan el-u yurt bezor.
Hol ergash gapli qo’shma gap:Qayerda tartib-intizom bo’lsa,o’sha yerda ish unumli bo’ladi.
IV.Mustahkamlash:
Har bir guruhga nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gap qolipi yozilgan tarqatmalar beriladi.Guruh a’zolari shu qoliplarga mos gaplar tuzishadi.
Namuna:
,,Sog’lom avlod” guruhi uchun tarqatma:
Qayerda….sa,o’sha yerda….
Kim….sa,uni…..
,,Barkamol avlod “ guruhi uchun tarqatma:
Qancha….sa, shuncha…..
Kim…..sa,o’sha…..
,,Komil inson” guruhi uchun tarqatma:
Nimani…..sa. shuni…..
Qanchalik…..sa,shunchalik……
128- mashqdagi gaplarni ko’chirish va tahlil qilish topshiriladi.Har guruhdan o’quvchilar sinf taxtasiga chiqib bajarib berishadi.
Namuna:
Siz Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz,shularning hammasini jam etib,bir kitob
____ …………………… -- - - - - - ======================= ~~~~~~~~~~~~~ - - - - - - - - - - - - - - -…………….. ~~~~~ - - - - - -
yozmog’ingiz darkor.
==========================
129-mashqdagi gaplar ham tahlil qilinadiGaplarni ko’chirib,bosh tarkibida kelayotgan ko’rsatish olmoshining gapdagi vazifasini topish vazifasi beriladi.Har bir guruhga 2 tadan gapni tahlil qilish topshiriladi
Namuna :Kim chaqqon va tez harakat qilsa,yutuq o’shaniki bo’ladi.Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi gapda kesim vazifasida kelyapti.Shuning uchun bunday ergash gap kesim ergash gapli qo’shma gap ekanligi aytiladi.
,,Qaysi guruh bilimdon” o’yini o’tkaziladi. Bu o’yinda guruhlarga nisbiy so’zlar qatnashgan xalq maqollari yoki she’r aytish topshiriladi.Maqol yoki she’rlardagi nisbiy so’zlarni toppish va izohlash vazifasi beriladi.
Masalan:
Kim mard bo’lsa so’ziga,oydir ona ko’ziga.(Kim –so’roq olmoshi,uning- ko’rsatish olmoshi yashirin )
Kimning qayeri og’risa,o’sha yeri haqida gapiradi(Kim-so’roq olmoshi,u-ko’rsatish olmoshi yashirin )
Nimani qilsang xor,o’shanga bo’lasan zor(Nimani –so’roq olmoshi,o’shanga-ko’rsatish olmoshi)
Nimani eksang,shuni o’rasan.( nimani-so’roq olmoshi,shuni-ko’rsatish olmoshi)
Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidir
Har kimki javo qilsa, javo topqusidir,
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo’lsa,jazo topqusidir
(Kimki-so’roq olmoshi,o’sha –ko’rsatish olmoshi yashirin)
131-mashq shartiga ko’ra ,,Zukkolar” o’yini o’tkaziladi.O’yin shartiga ko’ra guruh a’zolari bir-biriga nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gap aytadi. Boshqa guruh a’zolari esa bu gapni sodda gapga aylantiririshi kerak.Qaysi guruh to’xtab qolsa,yutqizgan hisoblanadi.
Namuna:
1,,Sog’lom avlod” guruhi:Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir.
,,Barkamol avlod” guruhi: Vafo qilgan vafo topadi.
2. ,,Barkamol avlod” guruhi: Kimning do’stlari ko’p bo’lsa,o’shaning hamma ishi baroridan keladi.
,,Komil inson” guruhi: Do’stlari ko’p bo’lgan kishining ishlari baroridan keladi
3. ,,Komil inson” guruhi:Kimning ko’ngli ochiq bo’lsa,uning martabasi ulug’ bo’ladi.
,,Sog’lom avlod” guruhi:Ko’ngli ochiq bo’lganning martabasi ulug’ bo’ladi.
Guruh a’zolari ishtirokiga ko’ra baholanadi.
V.O’quvchilarni baholash:Guruh a’zolarining to’plagan rag’batlari hisoblab ,g’olib guruh aniqlanadi.
O’quvchilarning mavzuni qay darajada tushunganliklari ,,Bilts so’rov “ orqali aniqlanadi
Savollar
|
A
|
B
|
S
|
O’quvchi
javobi
|
Tog’ri javob
|
Nisbiy so’z deganda nimani tushunasiz?
|
So’roq olmoshini
|
Ko’rsatish olmoshini
|
So’roq va ko’rsatish olmoshini
|
|
|
So’roq olmoshi qanday gap tarkibida keladi?
|
Bosh gap tarkibida
|
Ergash gap tarkibida
|
Bosh va ergash gap tarkibida
|
|
|
Kimning aqli ko’p bo’lsa,ayblari yashi-
rin va do’stlari ko’p bo’ladi.Bosh gap tarkibida qaysi nisbiy so’z ishlatilmagan?
|
unga
|
uning
|
undan
|
|
|
Bosh gap tarkibida ega vazifasida kelayotgan qo’shma gapni toping.
|
Kim ota-onasini hur
mat qilsa ,uni hamma hurmat qiladi.
|
Qayerda tinchlik bo’lsa,o’sha yerda farovonlik bo’ladi
|
Kim chet tillarni bilsa,o’sha ko’p xalqlarning tarixini biladi
|
|
|
Nisbiy so’zlar vositasida bog’langan ergashgan qo’shma gaplardaergash gap kesimi qanday shakllanadi?
|
-ki yuklamasi bilan
|
Deb so’zi yordamida
|
-sa shart mayli qo’shimchasi bilan
|
|
|
VI.Uyga vazifa berish:132-mashqni bajarib kelish
Foydalangan adabiyotlar:
1.9-sinf Ona tili darsligi
2.Madrim Hamrayev Ona tili
3.O’zbek xalq maqollari
Do'stlaringiz bilan baham: |