Qibray tumanidagi
26–umumiy o‘rta ta’lim maktabi
“Ona tili-qalb ko‘zgusi” mavzusida tadbir ishlanmasi
SINF RAHBAR: ZAKIROVA ZUHRA
Toshkent viloyati xalq ta`lim boshqarmasi
Qibray tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini
metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi
23 –maktabgacha ta’lim muassasasi
“TOVUQ BOLALARI
BILAN”
MAVZUSIDA KATTA GURUHDA QIRQIB YOPISHTIRISH MASHG‘ULOTI ISHLANMASI
RAHIMBOYEVA E’ZOZA
10-"A" sinf oʻquvchilarining kitob doʻkoni va tarix muzeyiga sayohatlari haqida ma'lumotnoma.
2022-yil ________da Qibray tumanidagi 26-maktabning 10-“A” sinf o’quvchilari bilan sinf rahbari va MMIBDO’ hamrohligida Toshkent shahridagi O’zbekiston tarixi davlat muzeyiga va kitob do’konlariga sayohat uyushtirildi.
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy tarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.
Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻyicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uyroʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud.
Arxeologiya fondida arxeologik yodgorliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uyroʻzgʻor buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqalar buyumlar saqlanadi.
Numizmatika fondida esa eng qadimiy davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining muhrlari jamlangan.
Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat boʻlib, xalqimizning uyanjomlari, kiyimkechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining hamma sohasiga oid ish qurollari va mahsulotlaridan namunalar — har bir etn. hududning oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shulardan 10 mingdan ortigʻi oʻzbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid boʻlsa, 6 mingi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir.
Muzeyning yangi ekspozitsiyasi Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini, shu bilan birga Oʻzbekiston hududidagi tarixiymadaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar boʻlgan taraqqiyotini oʻzida aks ettirgan.
O’quvchilar sayohatdan biro lam taassurotlar bilan qaytishdi.
Kitob do’konlaridan esa o’zlariga va maktab kutubxonasi uchun kitoblar xarid qilishdi.
MMIBDOʻ Qurbonova B
Sinf rahbari:____________________Zakirova Z
Do'stlaringiz bilan baham: |