O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI
9-5 BTU GURUH TALABASINING
“Ona tili o’qitish metodikasi ”
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:Ona tilidan dars tiplari va ularga qo’yiladigan vazifalar
Bajardi:Qo’ldosheva Shohida
Tekshirdi:
Reja:
Kirish
1.Boshlang`ich ta`limning maqsad va vazifalari.
2. Boshlang`ich ta`lim sifati va samaradorligini oshirishning
ilmiy-pedagogk asoslari.
3. Boshlang`ich ta`lim mazmuni.
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar
Kirish
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim sohasida, xususan, boshlang`ich ta`lim sohasida tubdan islohotlar amalga oshirildi. Boshlang`ich ta`limning mazmuni yangilandi, yangi ishlab chiqilgan davlat ta`lim standarti, o`quv dasturlari asosida esa zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan darsliklar yaratildi. Bugungi kunda zamonaviy pedagoglar tomonidan intensiv usullar – interaktiv metod va didaktik o`yinlar dars jarayonida tatbiq qilinmoqda. Shu bilan birga boshlang`ich sinf davridanoq o`quvchilarga chet tillarini o`rgatib borish ham keng yo`lga qo`yildi. “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`zlangan vazifalarni ado etish uchun ta`lim jarayonini ilmiy asoslangan g`oyalar, ya`ni ma`lum bir konsepsiya asosida tashkil qilinishi boshlang`ich ta`limning sifat va samaradorligini oshiradi va kutilgan natijalarni beradi.
Shunga muvofiq Xalq ta`limi vazirligining 2014 yil yanvar oyida tasdiqlagan “Xalq ta`limi tizimini 2014-2016 yillarda rivojlantirishga mo`ljallangan istiqbol rejasining 7-bandida boshlang`ich ta`limning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan mukammal “Boshlang`ich ta`lim Konsepsiyasi” ni yaratish vazifasi belgilab berildi. Qori Niyoziy nomidagi O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqoqt instituti olimlari, Respublika ta`lim markazining xodimlari, malakali mutaxassislar hamkorligida “Boshlang`ich ta`lim Konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi va 2014-2015-o`quv yilidan boshlab amaliyotga joriy qilindi. Shu o`rinda Konsepsiya nima, u o`zida nimalarni mujassamlashtiradi degan savol tug`ilishi tabiiy.
Konsepsiya – narsa va hodisalarga nisbatan qarash hamda yetakchi g`oyalar yig`indisi, bilish va amaliy faoliyat xarakterini belgilaydi, biror nazariyaning asosiy g`oyasi. Konsepsiya – muayyan sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dall va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, aosiy nuqtai nazar.
1.Boshlang`ich ta`limning maqsad va vazifalari.
Boshlang`ich ta`limning asosiy maqsadi: kichik maktab yoshidagi o`quvchilarga o`qish, yozish va hisoblashga o`rgatish, tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirish, ijodiy va mantiqiy fikrlash xislatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini, shaxsiy gigiyena va sog`lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish hamda shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishdan iborat.
Boshlang`ich ta`limning asosiy vazifalari:
- har bir o`quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta`lim standartida belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlarini ta`minlash;
- har bir o`quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o`quv dasturida belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlariga sharoit yaratish;
- iqtidorli o`quvchilarning intellektual potensiallarini muntazam oshirib borishlariga sharoit yaratish;
- ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishin, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o`-o`zini anglash salohiyatini shakllantirish;
- jismonan sog`lom bo`lishga, moddiy borliq go`zalliklarini his eta olishga, go`zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni
Ta`lim – o`quvchilarga bilim berish, ularni tarbiyalash, rivojlantirish, ko`nikma va malakalar hosil qilish jarayoni, yoshlarni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |