61
Maktab ona tili kursining asosiy maqsadi ijodiy tafakkur sohibini
tarbiyalash, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish ekan, «til-me’yor-
nutq mutanosibligi» prinsipiga qat’iy amal qilmay turib,
unga erishib
bo‘lmaydi.
Til nima? «Til deganda,–deb ta’rif beradi H.Ne’matov, –
jamiyatning barcha a’zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar
tomonidan) tayyor holga keltirib qo‘yilgan,hamma uchun umumiy,
ya’ni qabul qilinishi va qo‘llanilishi majburiy, fikrni shakllantirish,
ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar hamda
bu birliklarning o‘zaro birikishi va bog‘lanishini belgilovchi qonun-
qoidalar yig‘indisi tushuniladi». Demak, til fikrni
shakllantirish va uni
yuzaga chiqarish, birovga yetkazish uchun imkoniyat sifatida
o‘quvchining ongida mavjud.
Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarini (nutq tovushlari,
qo‘shimchalar, so‘zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarini
o‘quvchi
jamiyatdan tayyor holda oladi, hali ona tilini maxsus o‘quv
fani sifatida o‘rganmagan shaxs ham so‘zlarni o‘zaro biriktirib, gap
qura oladi. U o‘z fikrini boshqalarga bayon qiladi va o‘zgalar fikrini
tushunadi.
Maktabda ona tilidan beriladigan bilim, malakalar va ko‘nikmalar
o‘quvchining o‘zida mavjud bo‘lgan ana shu imkoniyatlarni
kengaytiradi; ya’ni uni o‘zbek adabiy tilining boy xazinasiga olib
kirish orqali fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri,
ravon
ifodalashga erishtiradi.
Til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va
vositalar yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ichki imkoniyat tilda behad
ko‘p va xilma-xildir.
Me’yor nima? Me’yor tilning mana shu ichki imkoniyatlarini
o‘quvchi ongiga singdiruvchi omildir. Boshqacha qilib aytganda,
me’yor nutqni ro‘yobga chiqarish maqsadida til imkoniyatlaridan
foydalanish uchun ko‘rsatkichlar majmuasi sanaladi. Me’yorning oliy
ko‘rinishi milliy,
adabiy til uslublari, mezonlaridir. Milliy, adabiy til
me’yorlaridan xabardor o‘quvchigina ona tili ta’limining so‘nggi
natijasi - matn yaratishga qodirdir.
62
Nutq nima? Nutq til imkoniyatlarining yuzaga chiqishi,
voqelanishidir. Tilning boy ichki imkoniyatlaridan xabardor shaxs o‘z
fikrini og‘zaki va yozma shaklda bemalol bayon qila oladi.
Ona tili ta’limida «til - me’yor - nutq» o‘zaro chambarchas
bog‘langan bo‘lib, birini ikkinchisisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Dars
mashg‘ulotlarida ular o‘rtasida mutanosiblik o‘rnatilmasa, ona tili
ta’limining asosiy maqsadi– nutqiy taraqqiyot ortda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: