287
2. Sodda gap qurilishi bo‘yicha:
a) ifoda maqsadiga ko‘ra – darak gap;
b) tuzilishiga ko‘ra –
sodda gap, sodda yoyiq gap;
v) bosh bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra – egali gap;
g) to‘liq yoki to‘liqsizligiga ko‘ra – to‘liq gap;
d)gap bo‘laklari aniqlanadi (dastlab kesim, so‘ng
ega va ikkinchi
darajali bo‘laklar aniqlanadi).
Avvalo kesim aniqlanadi, chunki kesimsiz gap bo‘lishi mumkin
emas, ega qatnashmagan gaplar bo‘lishi mumkin. O‘zbek
tilida kesim
ko‘pincha (odatda) gapning oxirida joylashgan bo‘ladi va
nima qildi?
nima qilyapti?
kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Yuqoridagi gapda kesim
nima bo‘ladi?
so‘rog‘iga javob bo‘ladi:
baxtli bo‘ladi.
So‘ngra kesimga eganing so‘roqlari berilib, ega aniq-
lanadi. Eganing so‘roqlari
kim? nima?
Yuqoridagi gapning egasi–
inson.
Ikkinchi darajali bo‘laklar va ega gapning kesimiga bog‘lanadi,
ularni to‘ldiradi,
aniqlaydi, izohlaydi. Shuning uchun ham ular
«ikkinchi darajali bo‘laklar» deyiladi. Ikkinchi darajali bo‘laklarning
ba’zilari, odatda, egaga, ba’zilari esa kesimga bog‘langan bo‘ladi,
ba’zan ikkinchi darajali bo‘lak boshqa bir ikkinchi darajali bo‘lakka
bog‘lanib keladi.
Yuqoridagi gapda egaga bog‘langan ikkinchi darajali bo‘laklar
yo‘q, gapda barcha bo‘laklar kesimga bog‘langan. Ikkinchi darajali
bo‘laklarni aniqlash uchun ega va kesimga so‘roqlar beriladi.
Yuqoridagi gapda egaga bog‘langan bo‘laklar bo‘lmagani
uchun
faqat kesimga so‘roqlar beramiz:
nima bilan baxtli bo‘ladi?
javob:
ilm
bilan
va
mehnat bilan.
Demak, bilan ko‘makchisi ham
ilm,
ham
mehnat
so‘ziga bog‘lanib, shu so‘zlarni keyingi so‘z
(baxtli bo‘ladi)
bilan grammatik munosabatga kiritgan.
Ilm bilan
va
mehnat bilan
bo‘laklari «harakat o‘tgan obyekt» ma’nosini ifodalagani uchun
to‘ldiruvchi vazifasidadir.
Gap bo‘laklari bo‘yicha tahlilda gap bo‘laklarini turli chiziqchalar
vositasida ko‘rsatish ham mumkin (gap bo‘laklari
grafik jihatdan turli
chiziqchalar vositasi bilan ko‘rsatiladi): eganing tagiga bir to‘g‘ri
288
chiziq ( ), kesimning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq (_______ ),
to‘ldiruvchining tagiga punktir chiziq (- - - - - - ), holning tagiga
nuqtali punktir chiziq (- . - . - . - . -), aniqlovchining tagiga to‘lqinli
chiziq (~ ~ ~ ~ ~ ~ ) chizib ko‘rsatiladi. Bu usul boshqacha usullar
(sxemaga solib ko‘rsatish, chizmada chizib ko‘rsatish,
tepasiga yozish
va boshqalar)ga nisbatan eng qulay usul sanaladi. Lekin chiziqlar gap
bo‘laklarining ichki xususiyatlarini ko‘rsata olmaydi. (Masalan,
to‘ldiruvchining turlari, aniqlovchining turlari, holning ma’no
turlari
kabi.) Shuning uchun bu usuldan foydalanganda har bir gap
bo‘lagining ichki tasnifini uning tepasiga yozib ko‘rsatish bilan izohni
to‘ldirish mumkin. Masalan:
v – li to‘ld. v – li to‘ld.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: