285
ikkinchisini to‘ldiradi, aniqlaydi. Chunki grammatika morfologiya va
sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya so‘zning
strukturasini,
so‘zning nutqda o‘zgarish qoidalarini, so‘zlarning turkumlanishini
o‘rgansa, sintaksis so‘z birikmasida va gapda so‘zlarning birikish
yo‘llarini,
gap tuzilishini, tiplarini, gapning bo‘laklarga ajratilishini
o‘rganadi.
К
o‘rinadiki, grammatikaning teng huquqli, mustaqil
qismlari bo‘lgan morfologiya va sintaksis
biri ikkinchisi bilan uzviy
bog‘liqdir.
Sintaktik tahlil so‘z birikmasi, gap va gap bo‘laklari bo‘yicha
o‘tkaziladi. Tinish belgilarini qo‘llash gap qurilishi bilan aloqador
bo‘lgani uchun sintaktik tahlilda tinish belgilarining vazifalari ham
ko‘rsatib o‘tiladi.
Tahlil uchun ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra turlicha bo‘lgan
gaplar berilishi mumkin. Gaplarning avvalo tuzilishiga ko‘ra
sodda
yoki qo‘shma gaplar ekanligini, ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq,
buyruq gap ekanligini aniqlab olish gaplarni to‘liq sintaktik tahlil
qilishning to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi. Masalan, berilgan gap
qo‘shma gap bo‘lsa, unda ikki va undan ortiq kesim bo‘ladi (uyushgan
kesim bunga kirmaydi), ko‘pincha ikki ega mavjud bo‘ladi,
bog‘lovchilar va ohang sodda gaplar (sodda gap qismlari)ni
bog‘lashga xizmat qilgan bo‘ladi; agar berilgan gap sodda gap bo‘lsa,
birgina fikr markazi mavjud bo‘ladi, kesim ham birgina bo‘ladi
(uyushiq kesim bundan mustasno) va hokazo.
Tahlil uchun berilgan gap ifoda maqsadiga ko‘ra
buyruq yoki
so‘roq gaplar bo‘lsa, shuningdek, she’riy parcha bo‘lsa, ularda gap
bo‘laklarining tartibi o‘zgargan bo‘lishi mumkin, ikkinchi darajali
bo‘laklar (ayniqsa, to‘ldiruvchi va aniqlovchi) belgisiz qo‘llangan
bo‘lishi
ham mumkin, tinish belgilarini qo‘llashda ham o‘ziga xos
xususiyatlar bo‘ladi.
Shunday qilib, berilgan gapni ifoda maqsadiga va tuzilishiga
ko‘ra turini avvalo, aniqlab olish uni so‘z birikmasi bo‘yicha, gap
bo‘laklari bo‘yicha tahlil qilishni aniqlab beradi, osonlashtiradi.
Shuningdek, gaplarning his-hayajonining ishtirokiga ko‘ra
turini ham
aniqlab olish kerak.
286
Demak, berilgan gap avvalo uch nuqtayi nazardan aniqlab olinadi:
1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi.
2. Gapning tuzilishiga ko‘ra turi.
3. His-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turi.
Sintaktik tahlil mazmuniga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
a) gapda so‘zlarning bog‘lanishi (so‘z birikmalari);
b) sodda gap qurilishi;
v) qo‘shma gap qurilishi.
1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishiga oid tahlilda:
a) teng va tobe bog‘lanish;
b) ergash bog‘lanishning turlari (moslashuv, boshqaruv,
bitishuv);
v) ergash bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalar (so‘z
shakllari, ko‘makchilar, so‘z tartibi, ohang) aniqlanadi.
2. Sodda gap qurilishi bo‘yicha:
a) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi;
b) gapning tuzilishiga ko‘ra turi; yoyiq yoki yig‘iq gapligi;
v) bir bosh bo‘lakli yoki ikki bosh bo‘lakli gapligi; to‘liq va
to‘liqsiz gap ekanligi;
g) gap bo‘laklari va ularning ifodalanishi aniqlanadi.
Bundan keyin ayrim gap bo‘lagi olinib, ma’nosi,
ifodalanishi,
tuzilishi, xarakteri, qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanayotgani va qanday
so‘roqqa javob bo‘lishi tahlil qilinadi. (Qo‘shma gaplarni tahlil qilish
usuli haqida keyinroq to‘xtalamiz).
Do'stlaringiz bilan baham: