Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet164/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

«Men borganda...», «U kelgandan keyin...», 
tipidagi gaplarni 
qo‘shma gaplar tarkibidan chiqarish va ularni kengaytirilgan 
birikmalar sifatida talqin etish imkoniyatini yaratadi. 
Qo‘shma gaplarning umumiy tasnifi berilgandan keyin ularning 
har birini alohida-alohida o‘rganishga kirishiladi. 
O‘qituvchi «Teng bog‘lovchili qo‘shma gaplar» mavzusini 
o‘tishda o‘quvchilar e’tiborini yana matn tahliliga qaratadi. Matn 
o‘qilgach, uning mazmuni asosida savol-javob o‘tkaziladi; matndagi 
gaplar: a) biriktiruv bog‘lovchili qo‘shma gaplar; b) ayiruv 
bog‘lovchili qo‘shma gaplar; v) zidlov bog‘lovchili qo‘shma gaplarga 
ajratiladi; nuqtalar o‘rniga teng bog‘lovchilardan mosini qo‘yib 
gaplarni ko‘chirish topshiriladi; gaplarni galma-gal; goh, goh; dam, 
dam; hali, hali; ba’zan, ba’zan; bir zamon, bir zamon kabi 
bog‘lovchilar bilan biriktirib, ma’noda qanday o‘zgarish sezilganligini 
aniqlash; berilgan gaplarda nuqtalar o‘rniga zidlov bog‘lovchilarini 
qo‘yib, gaplarni ko‘chirish, murakkab qo‘shma gaplardan 2–3 ta 
sodda gaplar, sodda gap juftlari yoki uchliklarini biriktirib, teng 
bog‘lovchili qo‘shma gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy 
topshiriqlar bajariladi. 
« Tobe bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma
gaplar» mavzusi 
o‘rganilar ekan, o‘quvchilar e’tibori berilgan so‘z birikmalarida hokim 
so‘z va tobe so‘zni aniqlash; so‘z birikmalarini holli birikmalar
to‘ldiruvchili birikmalar va aniqlovchili birikmalarga ajratish; berilgan 


279
qo‘shma gaplarni kengaytirilgan birikmali sodda gapga aylantirish, 
matn tahlili asosida qo‘llanilgan bog‘lovchilarni: 
1) sabab bog‘lovchilari; 2) maqsad bog‘lovchilari; 
3) shart bog‘lovchilari; 4) natija bog‘lovchilari; 
5) o‘xshatish-chog‘ishtirish bog‘lovchilari kabi turlarga ajratish; 
gaplardagi 
shuning uchun 
bog‘lovchisini 
chunki 
bog‘lovchisi bilan (va 
aksincha) almashtirish, ikkita sodda gap juftini 
shuning uchun, 
natijada, oqibatda, shu sababli, shu bois, -ki, chunki, zeroki, esa, deb, 
go‘yo 
bog‘lovchilari bilan bog‘lab qo‘shma gaplar hosil qilish, 
ularning ma’noviy farqini, qaysi qismga kiritilayotganligini aniqlash 
singarilarga qaratiladi. Shundan so‘ng -
ki 
bog‘lovchili qo‘shma 
gaplar, 
agar 
bog‘lovchili qo‘shma gaplar, 
chunki 
bog‘lovchili 
qo‘shma gaplar, 
shuning uchun 
bog‘lovchili qo‘shma gaplar ustida 
alohida-alohida ish olib boriladi. Bu mavzularni o‘rganishda shu 
vositalar bilan bog‘langan qo‘shma gaplarning o‘qilish ohangi va 
imlosi ustida ish olib borish ham o‘qituvchining diqqat markazida 
turmog‘i lozim. 
Teng va tobe bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma 
gaplarda vergulning ishlatilishi o‘zlashtirilishi murakkab masalalardan 
biri bo‘lganligi uchun ham bunday gaplar ustida muttasil ish olib 
borishga to‘g‘ri keladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda verguli tushirib 
qoldirilgan gaplarning vergulini qo‘yish, berilgan gap qoliplari asosida 
gaplar hosil qilish, tobe bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplarda vergulning ishlatilish sabablarini aniqlashni topshirish 
singari topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro bog‘lanish 
vositasiga ko‘ra yana bir turi yuklama vositasida bog‘langan qo‘shma 
gaplardir. Bu turdagi qo‘shma gaplarni o‘rganishdan oldin yuklamalar 
xususida 7-sinfda o‘rganilgan bilimlar o‘quvchilar xotirasida 
jonlantiriladi. Bu yuklamalarni qo‘shimchasimon va so‘zsimon 
yuklamalarga ajratadilar; ular vositasida berilgan sodda gap juftlarini 
biriktirib, qo‘shma gaplar hosil qiladilar; yuklamalar qanday vazifa 
bajarayotgani xususida xulosa chiqaradilar. 


280
Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni turli yuklamalar 
vositasida o‘zaro bog‘lash, bu yuklamalarning ma’no nozikligini 
aniqlash, nuqtalar o‘rniga zarur yuklamani topib qo‘yish, boshlanish 
qismi berilgan gaplarni yuklamalar vositasida bog‘lab, mazmunan 
ularni davom ettirish, berilgan yuklamali qoliplar asosida qo‘shma 
gaplar hosil qilish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning 
fikrlashiga, berilayotgan bilimlarni puxta egallashiga ko‘maklashadi. 
Yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda tinish 
belgilarining ishlatilishi yuzasidan egallangan malaka va 
ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida berilgan qoliplar asosida 
qo‘shma gaplar hosil qilish, tushirib qoldirilgan tinish belgini o‘rniga 
qo‘yib, gaplarni ko‘chirish singari amaliy topshiriqlardan foydalanish 
mumkin. 
Shubhasiz, yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda 
tinish belgilarining ishlatilishi bunday gaplarning o‘qilish ohangi 
ustida ishlashdan ajratilmasligi lozim. 
Qo‘shma gaplarning yana bir turi nisbiy so‘zlar bilan bog‘langan 
qo‘shma gaplardir. Bunday gaplarning qo‘shma gaplar qatoriga 
kiritilishi nisbiy so‘zlarda shaxs, son, zamon ko‘rsatkichlarining 
mavjudligi sanaladi. 
«Nisbiy so‘zlar bilan bog‘langan qo‘shma gaplar» mavzusini 
o‘rganishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi: 
– nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarda 
bog‘lovchi vositalarni aniqlash; 
– bunday qo‘shma gaplarda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga 
o‘rgatish; 
– nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarning boshqa 
vositalar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplardan farqini aniqlash; 
– nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarni o‘qishda ohangga rioya qilish
– berilgan sodda gap juftlaridan nisbiy so‘zlar vositasida 
bog‘langan qo‘shma so‘zlar hosil qilish; 
– nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplarning 
ma’noviy munosabatini aniqlay olish; 


281
– nisbiy so‘zli qo‘shma gaplarni ularning ma’nodoshi bilan 
almashtira olish. 
Bu zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish 
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishini 
ta’minlaydi.
Berilgan qoliplar asosida nisbiy so‘zli qo‘shma gaplar hosil qilish 
ham eng samarali ish usullaridan biridir. Bu qoliplar sirasiga: 
1. «
К
im 
( -ki), o‘sha»; 2. «Qancha, shuncha (o‘shancha)»; 3. «Har kim, u 
(o‘sha) «; 4. «Qanday, shunday», 5.» Qay biri, o‘shasi»; 6. «Qayer, 
shu (o‘sha) yer»; 7. «Nima, shu «
kabilarni kiritish mumkin. 
Ohang (yozuvda tinish belgi) vositasida bog‘langan qo‘shma 
gaplar haqida ma’lumot berilar ekan, gapda uyushiq bo‘laklarning 
ohang vositasida bog‘lanishi sodda gap juftlarining ohang vositasida 
bog‘lanishi bilan qiyoslanadi. O‘quvchilar uyushiq bo‘laklar va sodda 
gap juftlari orasida vergulning qo‘yilish sabablarini izohlaydilar. 
Ma’lumki, yozma nutqda qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar 
nafaqat vergul, balki ikki nuqta, nuqtali vergul, tire orqali ham 
bog‘lanishi mumkin. Shuning uchun bir qator ijodiy-amaliy ishlar ana 
shu malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilishi lozim. 
«Ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar» mavzusini 
o‘rganishda boshlanish qismi berilgan gaplarni davom ettirish, 
qoliplar asosida gaplar hosil qilish singari topshiriqlardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. 
Qo‘shma gaplar yuzasidan o‘quvchilarning egallagan bilim, 
malaka va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida test topshiriqlaridan 
foydalaniladi. 
Test topshiriqlaridan namunalar: 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish