Ona tili o‘qitish metodiкasi


Modal so‘zlarni o‘rganish



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Modal so‘zlarni o‘rganish. 
Tilimizda so‘zlovchining anglashi-
layotgan fikrga munosabatini ifodalovchi 
albatta, darhaqiqat, 
shubhasiz, tabiiy, aslida, chamasi, balki, ehtimol, koshki, qaniydi, 
darvoqe, nahotki 
singari bir qator so‘z-gaplar borki, ularning 
ma’nosini bilish va nugqda qo‘llanilishini ta’minlash mazkur mavzuni 
o‘rganishdan ko‘zlanadigan bosh maqsadni tashkil etadi. 
O‘quvchilarni modal so‘zlar olamiga olib kirishning eng qulay 
usullaridan biri berilgan so‘zlarni: a)fikrning rostligi, chinligini ifoda 
etuvchi so‘zlar (masalan, 
albatta, haqiqatan, tabiiy, so‘zsiz
); b) 
fikrning noaniqligini ifoda etuvchi so‘zlar (masalan, 
balki, chamasi, 
ehtimol
); v) istakni ifoda etuvchi so‘zlar (masalan, 
zora, shoyadki
); g) 
kutilmaganlikni ifoda etuvchi so‘zlarni (masalan, 
nahot, nahotki

ajratish, bu so‘zlar ro‘yxatini mustaqil davom ettirish, ularning ma’no 
nozikligi ustida ishlash, berilgan modal so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar 
topish, gapda yoki matnda ma’lum bir modal so‘zni uning ma’nodoshi 
bilan almashtirish, shunday so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish va matn 
yaratish kabilar bo‘lib sanaladi. Mazkur ish usullaridan foydalanishda 
modal so‘zlarning gapda vergul bilan ajratilishiga ham alohida e’tibor 
berishga to‘g‘ri keladi. 
Yordamchi so‘zlarni o‘qitish metodikasi. 
Ma’lumki, yordamchi 
so‘zlar haqida ilk ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda beriladi.
7-sinfda o‘quvchilar gaplarni gap bo‘laklariga ajratish, mustaqil holda 
gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish, bu 
ro‘yxatni mustaqil davom ettirish, shunday so‘zlar yordamida gaplar 
tuzib,bu so‘zlarning vazifalari ustida ishlash singari ijodiy-amaliy 
ishlar bilan shug‘ullanadilar. 
Yordamchi so‘zlarning muhim qismini 
ko‘makchilar 
tashkil etadi. 
Tilimizda 
bilan, uchun, kabi, sari, sayin, qadar, tomon, sababli, orqa-
li, tufayli, qarab, ko‘ra, chog‘li, uzra 
singari juda ko‘p so‘zlar borki, 


224
nutqiy faoliyat uchun ularning ahamiyati benihoya katta. Mazkur 
mavzuni o‘rganishda berilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so‘zlarni 
(masalan, uchun, orqali) kelishik qo‘shimchalari bilan almashtirish 
(masalan, 
Bu ertaklar to‘plamini singlim uchun oldim. – Bu ertaklar 
to‘plamini singlimga oldim. Mehribon telefon orqali men bilan 
so‘zlashdi. — Mehribon telefonda men bilan so‘zlashdi
va h.k.), bu 
so‘zlar va kelishiklar orasidagi o‘xshashlik, farqlarni sharhlash, 
«ot + 
ga ko‘ra (qarshi, tomon, qarab, qaramasdan, qaramay)», «ot + dan 
so‘ng (boshqa, keyin, tashqari, bo‘lak)» 
singari hosilalar ustida 
ishlash, bosh kelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan ko‘makchilar 
(masalan, bilan, uchun, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, bo‘ylab, 
chamasi, haqida), jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan 
ko‘makchilar (masalan, 
tomon, qadar, ko‘ra, qarab, qaraganda, 
qarata
), chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan ko‘mak-
chilar (masalan, 
so‘ng, keyin, boshqa, tashqari
)ni alohida-alohida 
ro‘yxat qilish, ma’lum bir ko‘makchini uning sinonimi bilan 
almashtirish, gaplarda 
bilan 
so‘zini 
va 
bog‘lovchisi bilan almashtirish, 
bu so‘zlarning qaysi holatda bog‘lovchi bo‘lib kelishini aniqlash kabi 
amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi. 
Yordamchi so‘zlarning yana bir muhim qismini 
bog‘lovchilar 
tashkil etadi. Bu so‘zlarni o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib 
kirish uchun sodda gap juftlarini o‘zaro biriktirib, bitga gapga 
aylantirish, ularning o‘zaro bog‘lanish vositalarini aniqlash, juft va 
yakka bog‘lovchilarni alohida-alohida guruhlarga ajratish, teng 
bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilar ro‘yxatini tuzish, ular 
yordamida gaplar qurish, matn yaratish kabi amaliy ishlardan 
foydalansa bo‘ladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda ohang va 
bog‘lovchilarning o‘zaro vazifadoshligi ustida ishlashni ham 
unutmaslik lozim. 
Yuklamalarni o‘rganish jarayonida berilgan gaplarni o‘zaro 
qiyoslab, ma’no farqlarini, bu farq nima bilan berilayotganligini 
aniqlash (masalan, 
Gullarga suv berdim—Gullarga suv berdim-ku
), 
berilgan yuklamalarni (masalan, 
-mi, -chi, -a, -ya, -ku, - u, -yu, -da, -
oq, -yoq, xuddi, faqat
) ifodalab kelayotgan ma’nosiga ko‘ra: a) so‘roq 


225
va taajjub yuklamalari; b) kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari; v) ayiruv 
va chegaralov yuklamalari; g) inkor yuklamalariga ajratish, ular 
yordamida gaplar qurish va har bir yuklamaning ma’no nozikligini 
sharqlash, so‘zsimon va qo‘shimchasimon yuklamalar ro‘yxatini 
tuzish, ularning imlosi va tinish belgilari ustida ishlash kabi 
topshiriqlardan unumli foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, yuklamalardan 
foydalanib, matnlar yaratish, tasviriy, rivoya va muhokama insholar 
yozish kabi amaliy ishlar nutqiy taraqqiyot uchun o‘ta muhimdir, 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish