Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

Dehqon xalqi rizqini yerdan topadi

Quyosh sistemasining 
to‘rtinchi sayyorasi Yerdir
va h.k.). 
«Tabiatshunoslik», «Matematika», «Musiqa», «O‘zbekiston 
tarixi» darsliklaridan olingan ma’lum bir matnda fan sohasida 


164
xususiy–tor ma’noda qo‘llanilgan so‘zlarni ro‘yxat qilish atamalar 
mohiyatini anglashga yordam beradi. 
Mazkur mavzuni o‘rganishda ma’lum bir qatordagi o‘quvchilar 
ayni bir so‘zni umumiste’mol (iste’mol doirasi keng) so‘z sifatida 
qo‘llab gaplar tuzishsa, ikkinchi qator shu so‘zlarni tor ma’noda 
qo‘llab gaplar tuzishadi. Namuna
: 1. Qo‘y-qo‘zilarni ko‘paytirsak, 
go‘sht-yog‘ mo‘l bo‘ladi. Ikkini ikkiga ko‘paytirsak, to‘rt bo‘ladi.
2. Yer insonni boqadi, uni to‘ydiradi. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi.
«Atamalar» mavzusini o‘rganishda bolalarga yaqin bo‘lgan kasb-
kor yoki soha nomlari lug‘atini tuzdirish juda foydali va samaralidir. 
Shuning uchun o‘quvchilarga tanish yoki yaqin bo‘lgan kasb-korga 
oid so‘zlar (novvoylik, temirchilik, dehqonchilik va h.k.) ro‘yxatini 
tuzish, ularning ma’nosini izohlash va shu so‘zlar ishtirokida matnlar 
yaratishga oid topshiriqlar ancha samarali va foydalidir. 
Olinma so‘zlar ustida ishlash ham o‘quvchilarning lug‘at 
boyligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Bu mavzuni o‘rganishda 
berilgan gaplar yoki matnlardan rus va o‘zbek tillari uchun mushtarak 
bo‘lgan so‘zlarni ajratish, rus tili orqali xorijiy tillardan kirib kelgan 
so‘zlarning ma’nosini sharhlash, o‘zbek tiliga arab yoki tojik tillaridan 
kirgan so‘zlarning imlosi va ma’nosi ustida ishlash, jurnal, 
gazetalardan muayyan matnni o‘qib, ulardagi olinma so‘zlarni 
aniqlash, rus tilidan, fors-tojik tilidan, arab tilidan kirgan so‘zlarni 
alohida ro‘yxat qilish,
olinma so‘zlardan foydalanib, gap va matnlar 
tuzish kabi amaliy ishlardan unumli foydalanish mumkin. Ayniqsa, 
turli sohalar bo‘yicha olinma so‘zlar ro‘yxatini tuzish, imlosi 
murakkab bo‘lgan olinma so‘zlarni o‘quvchilarning shaxsiy imlo 
daftarchalariga yozdirib borish, bu so‘zlarning ma’nosi ustida ishlash, 
o‘zbekcha–arabcha–tojikcha–ruscha ma’nodosh so‘z qatorlari hosil 
qilish (masalan, 
kishilik

odamiylik

insoniylik

gumanizm
) singari 
ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhim 
o‘rin egallaydi. 
Olinma so‘zlar ustida ish olib borilar ekan, shuni ham uqtirish 
lozimki, ko‘pincha o‘quvchilar nutqda u yoki bu fikrni ifodalash 
uchun o‘zbekcha so‘z mavjud bo‘lsa-da, ammo ruscha so‘zlardan 


165
foydalanadilar. Bu holning oldini olish ko‘proq sinonimik qatorlardagi 
turli tillarga mansub so‘zlarni nutqiy faoliyatda qo‘llash orqali amalga 
oshiriladi. 
O‘quvchilar lug‘at boyligining muhim qismini ibora va tasviriy 
ifodalar tashkil etadi. Ibora, odatda, bir so‘zga teng keladigan so‘zlar 
qo‘shilmasi bo‘lib, u nutqimizni boyitadigan, go‘zallashtiradigan va 
ta’sirchanligini oshiradigan muhim vositalardan biri sanaladi. 
O‘quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish maqsadida berilgan 
iboralarni so‘zlar bilan almashtirish yoki, aksincha, so‘zlar o‘rnida 
iboralarni qo‘llash, iboralarning ma’nosini sharhlash, berilgan 
iboralarga yaqin ma’noli iboralar tanlash, berilgan iboralarga qarama-
qarshi ma’noli iboralar tanlash kabi topshiriqlardan foydalanish 
mumkin. 
Quyida ana shunday topshiriqlardan ayrim namunalar keltiramiz: 
1-topshiriq. Gap juftlarida ajratilgan qismlar orasida qanday 
ma’no munosabatlari borligini aniqlang. 
Xaridor 
xursand bo‘ldi. 
Xaridorning 
chehrasi ochildi.
Bolalar 
xafa bo‘lishdi. 
Bolalarning 
hafsalasi pir bo‘ldi. 
O‘quvchilar 
quvonishdi. 
O‘quvchilarning 
boshi ko‘kka etdi.
Sarvinoz bilan Sitora 
yaqin do‘st. 
Raxima bilan Nafisaning 
oralaridssh qil o‘tmaydi.
2-topshiriq. Berilgan iboralarning ma’nosini tushuntiring, ular 
ishtirokida gaplar tuzing. 
Mazasi qochdi, alamini oldi, baloga qoldi, bag‘ri tosh, bel 
bog‘ladi, vahima bosdi, gapi bir joydan chiqdi, eng shimardi, joni 
halqumiga keldi, kalavaning uchini topdi, nomi chiqdi, oq-qorani 
tanidi, tili bir qarich, xo‘rligi keldi, terisiga sig‘madi.
3-topshiriq. Berilgan so‘zlarni iboralar bilan almashtiring, ular 
yordamida gaplar tuzing. 
Gapirmadi, toza, yuvosh, rahmdil, kutdi, qo‘rqdi, chaqqon, ko‘p 
gapirdi, quvondi.
Namuna: 
gapirmadi

lom-mim demadi; ko‘p gapirdi

 jag‘i ochildi
kabi. 


166
4-topshiriq. Berilgan iboralarni qarama-qarshi ma’noli iboralar 
bilan almashtiring. 
К
o‘ngli oq 

... Qo‘li to‘g‘ri 

 ... 
К
o‘zi och 

 ... 
К
o‘ngli yumshoq 

 ... 
К
o‘ngli butun

... 
5-topshiriq. Lug‘at daftarchangizda «Iboralar» bo‘limini oching. 
Unga badiiy asarlarni o‘qiyotganingizda uchratgan iboralarni va 
ularning izohini yozib boring. 
Tasviriy ifodalar ham nutq go‘zalligini ta’minlovchi asosiy 
vositalardan biri sanaladi. O‘quvchilar 
mexanik haydovchi 
so‘zini 
po‘lat ot chavandozi, zangori kema kapitani, televizor 
so‘zini 
zangori 
ekran, oinayi jahon, shifokor 
so‘zini 
salomatlik posboni, ko‘mir 
so‘zini 
qora oltin, pilla 
so‘zini 
kumush tola, rassom 
so‘zini 
mo‘yqalam sohibi, qushlar
so‘zini 
qanotli do‘stlar 
kabi tasviriy 
ifodalar bilan almashtira olsagina, nutqda undan to‘g‘ri va o‘rinli 
foydalanishga erishadi. O‘quvchilar nutqini bunday vositalar bilan 
boyitishda predmet nomini tasviriy ifoda yoki tasviriy ifodani predmet 
nomi bilan almashtirish, ularning ma’nolarini sharhlash, tasviriy 
ifodalarni qatnashtirib, gap va matnlar tuzish o‘ta foydalidir. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish