Ona tili o‘qitish metodiкasi



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet109/232
Sana01.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#933800
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   232
Bog'liq
kurs ishi kitobi

la, -
lan, -lash, -illa, -irra, -y, -ay, -r, (-ar), -ik (-iq), -i, -t 
qo‘shimchalari 
yordamida berilgan tub so‘zlardan fe’llar hosil qilish va har bir 
guruhni mustaqil davom ettirish, ularning imlosi ustida ishlash 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, imlo savodxonligini 
takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. 
Muayyan qolip asosida so‘zlar hosil qilish ham bolalarning so‘z 
boyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, «ot+la»,»sifat+ay», 
«fe’l+sa edi (-saydi)», «fe’l+sa kerak» (
tishla, toray, uzsa edi, yozsa 
kerak
v,h.) shunday qoliplar sirasidandir. 
«Qo‘shma fe’llar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarni matndan 
«ot+fe’l» tuzilishli qo‘shma fe’llarni ajratish, ularning ma’nosi va 
imlosini sharhlash; ajratilgan qo‘shma fe’llarni yasovchi fe’lga ko‘ra 
(
qilmoq, bermoq, ko‘rmoq, olmoq
kabi) guruhlash, ularni mustaqil
davom ettirish; qo‘shma fe’llarni tub va yasama, sodda fe’llar bilan 
almashtirish (yordam bermoq–yordamlashmoq, g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatmoq–qayg‘urmoq kabi); matndan «ravishdosh–fe’l» shaklli 
qo‘shma fe’llarni ajratish, birinchi fe’lning qo‘shimchalarini aniqlash, 
ikkinchi fe’lga ko‘ra qo‘shma fe’llarni guruhlash, bu guruhlarni 
mustaqil davom ettirish, ko‘makchi fe’lni izohlash, 
boshlamoq, 
yotmoq, turmoq, so‘rmoq, bilmoq, bormoq, ketmoq, qolmoq, chiqmoq 
kabi ko‘makchi fe’llarning ma’nosini izohlash, 
olmoq, bermoq 
fe’llarining imlosi (
ayta oldi

aytoldi, ayta berdi

aytaverdi
) ustida 
ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar o‘ta foydalidir. 
«Fe’l» so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilarni shu so‘z 
turkumining uslubiy imkoniyatlari bilan tanishtirish ham zarurdir. 
«Fe’l» so‘z turkumini o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy 
o‘rinni egallaydi. Bir bo‘lakli sodda gaplarni fe’l kesimdan so‘roq 
berish orqali ikki bo‘lakli va ko‘p bo‘lakli sodda gaplarga aylantirish 
(masalan, 
Boraman 

 Men boraman 

Men bugun qishloqqa boraman 

Men bugun buvimni ko‘rgani qishloqqa boraman
kabi), gaplarda 
tuslangan fe’larni tuslanmagan fe’llar bilan almashtirish (masalan, 
Yozgi ta’til boshlandi va biz sayohatga chiqdi 

Yozgi ta’til 


179
boshlangach, biz sayohatga chiqdik; 
К
arim xatni oldi va diqqat bilan 
o‘qid

К
arim xatni olib, diqqat bilan o‘qidi 
kabi) harakat iomlari 
ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish, gaplarni harakat nomi 
birikmalariga, bunday birikmalarni gaplarga aylantirish (masalan, 
Hamma biladiki, haqiqat tantana qiladi

Haqiqatning tantana qilishini 
hamma biladi
kabi) berilgan fe’l juftlarini bog‘lovchilar yoki ohang 
yordamida bog‘lab gap tuzish, bu fe’llarni hosil qilingan gaplar 
tarkibida bir-biri bilan yana qay usul bilan bog‘lash mumkinligini 
aniqlash, gaplarni kengaytirish va toraytirish singari amaliy ishlar 
o‘quvchilarda faqat morfologik malakalarnigina emas, balki sintaktik 
malakalarni ham rivojlantirishga yordam beradi. 
«Fe’l» so‘z turkumini o‘qitishda DTSning muhim talablari (o‘qish 
texnikasi; o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi; fikrni 
yozma shaklda bayon etish malakasi)ga amal qilinadi. Mazkur so‘z 
turkumini o‘qitishda har bir o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq 
holda bu talablar amalga oshiriladi. Chunonchi, o‘qish texnikasi sodda 
va qo‘shma fe’llarning aytilishi ustida ishlash, nisbat qo‘shimchalarini 
to‘g‘ri talaffuz etish, kengaytirilgan harakat nomi, sifatdosh
ravishdosh birikmali gaplarni o‘qish, qo‘shma fe’llarning talaffuzi 
ustida ishlash, shu so‘z turkumi bilan bog‘liq holda berilgan matnlarni 
ifodali o‘qish orqali amalga oshirilsa, o‘zgalar fikri va matn 
mazmunini anglash, so‘z ma’nolari ustida ishlash, berilgan fe’llarga 
ma’nodoshlar topish hamda ularning har biri ishtirokida gaplar qurish, 
matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan so‘zlash, reja tuzish singarilar 
orqali qo‘lga kiritiladi. 
Fikrni yozma shaklda bayon qilish malakalari esa, asosan, har bir 
soatlik dars mashg‘uloti davomida yoki dars oxirida matn yaratish
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlash orqali amalga 
oshiriladi. 
Fe’l yuzasidan bilimlarni xotirada tiklash maqsadida turli xil 
o‘yin-topshiriqlardan foydalanish ham mumkin. Masalan, shaxs yoki 
ma’lum bir hayvonning ish-harakatini ifodalovchi bir so‘zni berib, 
uning ma’nodoshini topishga oid o‘yinlar ko‘zlangan maqsadni 
amalga oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Masalan, ma’lum bir 


180
qatordagi o‘quvchilar «Qo‘y nima qiladi?», «It nima qiladi?» singari 
savollarni berib tursa, ikkinchi qatordagi o‘quvchilar tilga olinayotgan 
hayvon qanday ish-harakatlarni bajara olishini sanaydilar. 
Namuna:
1-qator – it nima qiladi? 
2-qator – it huradi, uxlaydi, sakraydi, o‘ynaydi, tishlaydi, chopadi, 
yuguradi. 
«Fe’l» turkumi yuzasidan o‘quvchilarga izchil bilimlar berish 
jarayonida ham asosiy e’tibor o‘quvchilarning so‘z boyligini 
oshirishga qaratiladi. Fe’llardan foydalanishda o‘quvchilar nutqining 
rang-barangligiga erishish maqsadida ish-harakatni ifodalovchi 
ma’lum bir umumiste’mol so‘zni shu ma’noni ifodalovchi badiiy 
bo‘yoqdor so‘zlar bilan almashtirish, berilgan frazeologik birliklarni 
ish-harakatni ifodalovchi so‘zlar bilan almashtirish yoki ish-harakatni 
ifodalovchi so‘zlarni frazeologik birliklar bilan almashtirish kabi 
ijodiy-amaliy mustaqil ishlardan foydalanish davom ettiriladi. Quyida 
o‘quvchilar nutqini fe’l sinonimlar bilan boyitishga xizmat qiladigan 
o‘yin-topshiriqlardan ayrim namunalar keltiramiz:

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish