Ona tili o’qitish metodikasi fanidan
15-varinat
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar
Bog’lanishi nutqqa oid asosiy ko’nikmalar
Grammatika va so’z yasalishiga oid mashqlar
Ona tili dasturi tahlili (1- sinf)
3-sinfda “Son” mavzusi bo’yichadars reja ishlanma tuzish
1.Darsning umumiy tasnifl. Maktabda dars o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta ’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir. Darsga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar: 1. Ta’limiy talab. Har bir dars o'quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu. 2. Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir. 3. Didaktik talablar. Bu o'qituvchiga darsni to'g'ri tashkil qilish: dars maqsadlarini, turini to'g'ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o'quvchilarga yetkazib berish usullarini to'g'ri tanlash, o'quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir. 4. Psixologik talablar. Bu talab shuni nazarda tutadiki, o'qituvchi o'z o'quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi bilishi juda katta ahamiyatga ega. O 'z o'quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o'qituvchigina to'laqonli dars uyushtirishi mumkin. 5. Gigiyenik talablar. Bu o ‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish demakdir. Sinfda yorug‘lik, toza havo har doim yetarli bo‘lishi lozim. Boshqa fanlar kabi, ona tili o'qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog‘liqdir. Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ulami ona tili o'rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo'yilgan talablar quyidagicha bo'ladi: I. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o'quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o'quvchilaming o'quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g'oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo'lishiga, tilni o'rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Ona tili darslarida o'zbek tiliga muhabbat va so'zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o'rganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga katta o'rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan m atnlar bilan birga, yuksak badiiy m atnlardan ham foydalaniladi. Ona tili o'qitish jarayoni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo'lgan saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi. II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi juda muhim. Yangi material o'rgatiladigan darsning mazmuni va mantiqiy o'rganiladigan til hodisasi hamda lining lingvistik mohiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga m a’lum darajada sabab bo'ladi. O'qituvchi bu o'zaro bog'lanishni bilishi va uni o'quvchilar bilan birga topshiriqlami bajarish davomida asta ocha borishi muhimdir. Agar dars grammatik bilimlarni mustahkamlash, orfografik ko'nikm alarni shakllantirish maqsadini o'z oldiga qo'ysa, darsning mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o'rganib olishlari uchun bir-ikki mashq jamoaviy ravishda bajariladi. O 'quvchilar mustaqilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar.
2. Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog'lanadi. Tilni egallash va nutq o'stirish bilan o'quvchining fikrlash qobiliyati ham o‘sib boradi. M aktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. M etodik fan sifatida ona tili o'qitish metodikasi boshlang'ich ta’lim standard belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o ‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a ’zolari bilan erkin m uloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga oid m etod va usullami ishlab chiqadi. Bilish nazariyasiga ko‘ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan um umiy xulosa chiqarishga, nazariy ta ’rif va qoidaga, shular asosida yana og‘zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to ‘g‘ri yozuv va to ‘g‘ri talaffuzga o ‘tiladi. O'quvchilar jonli nutqiy aloqaga to ‘g‘ri talaffuz va to ‘g‘ri yozuvni elem entar nazariy m a’lum otlar asosida amaliy egallash orqali kirishadilar. Ular til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elem entar nazariy qoidalar chiqaradilar, o'rgangan va o'zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar. M aktabda ona tili o'qitish metodikasining bunday yo'nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. „Ta’lim to ‘g'risida“gi qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berildi: — ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; — ta’limning uzluksizligi va izchilligi; — um um iy o 'rta, shuningdek, o 'rta maxsus kasb-hunar ta’lim ining majburiyligi; — o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi; — ta ’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; — davlat ta ’lim standartlari doirasida ta’lim olishning ham m a uchun ochiqligi; — ta ’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; — bilimli bo'lishni va iste’dodni rag'batlantirish; — ta’lim tizimida davlat va jam oat boshqaruvini uyg'unlashtirish.Bu tamoyillar boshlang'ich ta ’limda ona tili o'qitish metodikasining vazifalarini ham belgilab, aniqlashtirib beradi. Q o n u n d a ta’kidlanganki, boshlang'ich ta ’lim um umiy o 'rta ta ’lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikm a asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani o'z vazifalarini belgilab olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan ta ’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy yo'nalishiga aylandi. „Ta’lim to'g'risida“gi qonun va shu asosda yaratilgan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" buning yorqin dalilidir. „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak m a’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish asosiy maqsad qilib olingan4. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va m a’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlam a barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ona tili o'qitish metodikasi fani ham ta ’lim jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi m aqsadlar asosida ish yuritadi. Um um iy o'rta ta ’limning bir bosqichi bo'lgan boshlang'ich ta’lim 1—4-sinflarni o'z ichiga oladi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, bu bosqichda ta’limning yangicha tizimini va m azm unini shakllantirish uchun quyidagilar zanir: — o'quvchilam ing qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta ’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish; — ta ’lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish va o'quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash va hokazo. Milliy dasturda ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish bo'yicha ta ’kidlangan ko'rsatm alar, uzluksiz ta’limni ta’m inlash borasidagi islohotlarni amaliyotga tatbiq etish boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
3.Maktabda tildan nazariy bilimni o'rganishdan maqsad fikrni og'zaki va yozma tarzda grammatik to 'g 'ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni am alda qo'llashni esa maqsadga muvofiq va m untazam o'rgatib borish talab etiladi. M ashqlar tizimi tushunchani o'zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o'quvchilar mustaqilligi o'sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko'zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o'zaro bog'lanishiga asoslangan. Mashq turlari. Gram m atik mashqlar turli asosga ko'ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo'ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, gram m atik mashqlar ikki katta guruhga bo'linadi: 1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik m ashqlar ham kiradi); 2) sintaktik mashqlar. Agar o'quvchilar faoliyatining xarakteri, ya’ni m ashq jarayonida o'quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo'linadi. Mashqning o'ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun yuqoridagi ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so‘zlardan gap tuzishni va gap bo'laklarini ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko'ra sintaktik mashq, faoliyat xarakteriga ko'ra sintetik-analitik mashq hisoblanadi. Boshlang'ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik m ashq juda kam qo'llaniladi, shuning uchun ham vazifaning yetakchi tom oni hisobga olinadi. M asalan, matnga mazmunga mos otni qo'yish, qaysi kelishik ekanini ko'rsatish talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqdir. O'quvchi otning qaysi kelishikda ekanini aniqlashi uchun u bog'langan so'z (fe’l yoki ot)ni aniqlashi (so'z birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko'ra bu m ashq sintaktik mashq hisoblanadi. Gram m atik tahlil analitik mashqqa kiradi. Gram m atik tahlil so'z turkumiga ko'ra (morfologik) tahlilni, gap bo'laklariga ko'ra (sintaktik) tahlilni o 'z ichiga oladi. Gap bo'laklariga ko'ra tahlil o'quvchilar o'zlashtirgan sintaktik bilimlarning m e’yoriga qarab chuqurlashib boradi. Amaldagi dasturga ko'ra, 1 -sinf o'quvchilari ,,ega“ va „kesim" atamalaridan foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh bo'laklarini amaliy ravishda topish ko'nikmasiga ega bo'ladilar, ya’ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan so'z(kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilar gapini tahlil qilishda o'quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar: „G ap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? — bolalar (so'zning tagiga bitta to'g'ri chiziq chizadilar). Bolalar— nima qildilar? — terdilar (so'zning tagiga ikki to'g'ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar — gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar) — olmalarni11. 2-sinfda 1-sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, 2-sinf o'quvchisi „ Chiroyli gullar adirtami bezadi“ gapini quyidagicha tahlil qiladi „Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? — gullar — ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan? Ochildi — nima qildi? — kesim (tagiga ikki to'g'ri chiziq chizadi). Qayerlarni? (bezadi) — adirlarni — ikkinchi darajali bo'lak, gapni to'ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) — chiroyli (gullar) ikkinchi darajali bo'lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi — gapning asosi.
4. Bilimlarni o'zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o'quvchilar qanday o'zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. Tekshirish o'quvchilaming bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilaming yangi materialni o'rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo'llanilgan metod va usullaming samaradorligini baholashga, ish metodlariga ayrim o'zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o'quvchilar uchun, birinchidan, to'g'ri shakllanwww.ziyouz.com kutubxonasi tirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o'z-o'zini tekshirishni o'stiradi. Maktab tajribasida tekshirish og‘zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi. Boshlang'ich sinflarda ona tilidan bilim, ko'nikma, malakalar og'zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo'yiladi. Bunda o'quvchilaming grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so'zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O'quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi. O'qituvchi 1-sinfda o'quvchilaming barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o'rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi. Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so'z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlami bajarish, tekshiruv ko'chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv ishi o'tkaziladi. Bulardan tashqari, o'quv yili davomida bir necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho o'tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo'lishi mumkin: 1-sinf • 2-sin f 3-sin f 4-sin f Nazorat diktant O'quv yilining I yarmida - 25-30 40-45 55-70 O'quv yilining II yarmida 15-20 35-40 45-50 75-80 Bayon - 45-60 70-80 100-110 Tekshiruv diktanti, grammatik topshiriq, bayon va insho uchun baho me’yori boshlang'ich sinflar ona tili dasturida aniq berilgan.
5. Son“ni o'rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik tomondan sinfdan-sinfga o'tgan sayin boyitib, murakkablashtirib borishni nazarda tutadi. Boshlang'ich ta’limda son uch yo'nalishda o'rganiladi: 1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash. 2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash. 3. Sonlarning imlosi ustida ishlash. Son boshlang'ich sinflarda quyidagi izchillikda o'rganiladi: — 2-sinfda nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs va narsaning sanog'ini, nechanchi? so'rog'iga javob bo'lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi; — 3-sinfda „Son - so'z turkumi" tushunchasi kiritiladi. O'quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog'lanib kelishi yordamida aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi. Bularni o'rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. — 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo'sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o'ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so'm, tiyin so'zlari bilan qo'llanishi va shu so'z bilan bitta so'roqqa javob bo'lishi o'rganiladi. O'quvchilaming sonlarni otga bog'lanishi, so'roqlar yordamida sonni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish ko'nikmalari o'stiriladi. Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va grammatik aspektda o'rganishni taqozo etadi. Son grammatika va imlo o'qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda o'rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalaming mohiyatiga, o'quvchilaming tayyorgarlik darajasiga bog'liq holda tanlanadi. Agar o'quvchi son haqida ma’lum darajada bilimga ega bo'lsa, yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman tushunchaga ega bo'lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi. „Son" ustida ishlash dastur talabiga ko'ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni o'rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo'linadi. ,,Son“ boshlang'ich ta’limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o'rganiladi. Lekin 1-bosqichni to'liq ma’noda sonni amaliy www.ziyouz.com kutubxonasi o'rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatish va 1-sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich sonni o'rganuvchi keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi. Ma’lumki, savod o'rgatish davrida o'quvchilar bilan kundalik ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og'zaki savol-javoblar o'tkaziladi. Masalan: „Bugun nechanchi sana? Biz nechanchi asrda yashayapmiz? Bu yil nechanchi yil? Darsga nechta o'quvchi kelmadi? Bir yil necha faslga bo'linadi? Yilning birinchi fasli qaysi?" yoki mantiqiy mashqlar ishlash bilan bog'liq holda: „Xonadoningizda nechta uy hayvoni bor? Nechta yowoyi hayvon nomini bilasiz?" kabi. Mavzular bilan bog'liq holda, „Oila" mavzusida: „Oilangizda nechta kishi yashaydi? Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz) bor? Siz oilada nechanchi farzandsiz? Nechanchi yilda tug'ilgansiz? Hozir nechanchi sinfda o'qiyapsiz?" yoki О tovushi va О о harfi bilan tanishtirishda: Osmonda nechta oy bor?, Nechta yulduz bor? (Bolani o'ylashga majbur qiladi), Nechta yulduzning nomini bilasiz?" kabi. 1-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida „Gapda nechta kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'z bor? Nechta unli bor? Nechta undosh bor? Berilgan so'z nechta bo'g'inga bo'linadi?" kabi savollarga javob olinadi. Bu bosqichda aralash berilgan so'zlardan gap tuzdirish, mashq matnidan gapiar sonini, gapda so'zlar sonini, so'zdagi bo'g'in yoki tovush sonini aniqlatish, ba’zan tahlilni yozma tarzda bajarish (5ta unli bor, beshta bo'g'in bor) kabi mashq turlari qo'llaniladi. Bunda „Predmet (nomi)ga bog'lanib kelgan so'zga so'roq berib ko'r-chi? U nimani bildiryapti?" kabi savollardan foydalaniladi. 2-bosqich 2-sinfga to'g'ri keladi. Bu bosqichda asosan ikki vazifa bajariladi: 1. Nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs va narsalarning sanog'ini: nechanchi? so'rog'iga javob bo'lib, shaxs va narsalar tartibini bildirgan so'zlar haqida elementar nazariy tushunchani shakllantirish; 2. Sonlarga so'roq bera olish, ularning nimani bildirishini ayta olish, ulardan foydalanib o'z fikrini aniq ifodalash. mazmunga mos holda sonlarni o'rinli qo'llash (o'nta o'quvchi, o'ntacha o'quvchi kabi) ko'nikmasini o'stirish, lug'atlardan foydalana olish qobiliyatini shakllantirish. Bu bilim va ko'nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlab boriladi. Dastlabki mashqlar tayyor materialdan sonni aniqlashga va www.ziyouz.com kutubxonasi izohlashga qaratiladi, keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni talab etadi. Mashqlar muayyan izchillikda bir tizimni tashkil etishi lozim: 1. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga nechta?, qancha? so'roqlaridan birini bering, shu so'z nimani bildirayotganini ayting. 2. Ajratib ko'rsatilgan so'zga so'roq bering, nimani bildirishini ayting. 3. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so'zlarni nechta?, qancha? so'roqlari yordamida aniqlang. 4. Sanoq bildirgan so'zlarni so'roqlar yordamida aniqlang. 5. Tartib bildirgan sonlami nechanchi? so'rog'i yordamida aniqlang. 6. Nuqtalar o'rniga so'roqlarga mos so'n qo'yib o'qing. 7. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosida) bog'lanishli nutq tuzing. Unda sanoq, tartib bildiruvchi so'zlardan foydalaning. Mashqda qo'llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlanadi. Ko'rinib turibdiki, mashq shartlari soddadan murakkabga tamoyiliga asoslangan. 3-bosqichda (3-sinf) „Son" tushunchasini shakllantirish hamda o'quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish, fikrini aniq ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni o'rinli qo'llash ko'nikmasi o'stiriladi. „Son" tushunchasini shakllantirish o'quvchilaming shaxs va narsalarning sanog'ini, tartibini bildirgan so'zlar kategoriyalarini o'zlashtirish sifatiga bog'liq. O'quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar ishtirok etgan gapiar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umumlashtirish faoliyati ishga solinadi. Masalan: „Ma’rifat xonasiga o'quvchilar keldilar. Ikkita o'quvchi 2-sinfda o'qiydi. 4 ta o'quvchi 3-sinfda o'qiydi". O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i asosida ikkita (nechta?), to'rtta (nechta?) so'zlari sanoq, ikkinchi, uchinchi (nechanchi?) so'zlari tartib bildirayotganini aniqlaydilar va ularni guruhlaydilar (sanoq bildiruvchi so'zlar, tartib bildiruvchi so'zlar). Shuning ichida umumlashtirish ham amalga oshiriladi. Sonning leksik ma’nolari bilan uning grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi: narsa, shaxs bildirgan so'zlarga bog'lanib-keladi, tartib bildirgan so'z -nchi, -inchi qo'shimchasini oladi va hokazo. „Son — so'z turkumi" sifatida unga xos bo'lgan quyidagi xususiyatlar ajratiladi: a) shaxs; b) narsalarning sanog'ini, tartibini bildiradi va www.ziyouz.com kutubxonasi nechta?, qancha?, nechanchi?so'roqlariga javob boMadi; d) gapda otga bog'lanib keladi; e) gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi. Bu bosqichda og'zaki va yozma shakldagi ijodiy yozma ishlar (tabiat, yil fasllari, qushlar, hayvonlar, o'simliklar haqida kichik hikoya tuzish) o'tkaziladi, o'quvchilaming sonlardan o'rinli va savodli foydalanishlariga diqqat qaratiladi. Son bilan shakldosh so'zlar o'quvchilarga aniqlatiladi, ma’nosi izohlatiladi: uch-uch, yuz-yuz, qirq-qirq kabi. 4-bosqichda eng asosiy e’tibor sonlarning imlosiga qaratiladi, ya’ni sonlarning har bir qismini alohida yozish (yetti, yigirma yetti), chiziqchasiz va chiziqcha bilan yozish (7 o'quvchi, 7-sinf, X sessiya, 8-dekabr, 1992-yil), qo'shimcha qo'shilgandan keyin son o'zagidagi o'zgarishlarni yozuvda to'g'ri ifodalash (ikki+ov—ikkov, yetti+ov=yettov, ikki+ala=ikkala), qo'sh undoshli sonlarning yozilishi (ikki, yetti, sakkiz, o'ttizj, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr so'zlari bilan qo'llanishi yangi bilim sifatida o'rgatiladi. Sonning 3-bosqichda o'rganilgan grammatik xususiyatlari bu bosqichda asosan mustahkamlanadi. Metodik ishlar mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi. Gap yoki matnni o'rganishda, chiziqchalar o'rniga mos sonlarni qo'yib o'qish, gap tuzishda maqollar, topishmoq; matn tuzishda ertaklardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan: _______ о ‘lchab,________ kes. _______ yigitga _______ hunar oz■ ____ ketib, ________ qoldi. Bir mayizni_____ bo ‘lib yemoq. Pak-pakana bo ‘yi bor,______ qavat to ‘ni bor va hokazo. Sonlarni miqdor bildiruvchi so'zlar bilan almashtirish: 100 ta — ancha ko'p, 2 ta — kam, oz. Ulami ifodalashdagi farqni aniqlatish: ikki raqam bilan yoziladi, kam, oz so'zlarini raqam bilan yozib bo'lmaydi. Sonlarning imlosiga doir mashqlarda raqamlarni harflar bilan ifodalash (2, 7, 8, 9, 11 — ikki...: 2+ov, 7+ala, 6+ov; 10 gramm, 100 so'm, o'n so'm...), harflar bilan yozilgan sonlarni raqamlar bilan (arab va rim) ifodalash (yetti o'quvchi, beshinchi sinf, ikki ming birinchi yil, o'n to'rtinchi yanvar, 5-sinf, V sinf, 7 o'quvchi...) kabi topshiriqlardan foydalaniladi. Mashqlar asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Boshlang'ich sinflarda sonni o'rgatish ot bilan bog'liq holda amalga oshiriladi. Sonning ot bilan bog'lanishi asosida o'quvchilar ko'p ma’lumotlarni ham egallaydilar. www.ziyouz.com kutubxonasi Sonni o'rganish yakunida o‘quvchilar quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari lozim: 1. Sonning sanoq va tartib ma’nolarini bildirishini. 2. Son nechta?, qancha?, nechanchi? so'roqlariga javob bo'lishini. 3. Son otga bog'lanib kelishini. 4. Son gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida kelishini. 5. Sonlarni imlo jihatdan to'g'ri yozishni. 6. Og'zaki va yozma nutqda sonlardan to'g'ri va o'rinli foydalana olishni. 7. Sonlarga shakldosh so'zlar topishni. 8. Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so'zlar bilan almashtirishni.
Do'stlaringiz bilan baham: |