«ona tili o`qitish metodikasi» fani


Ona tilidan “Topqirlar bellashuvi” darsi



Download 2,01 Mb.
bet146/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

Ona tilidan “Topqirlar bellashuvi” darsi. Ma`lumki o`yin tarzida o`tkaziladigan ona tili darslarida o`quvchi o`zligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bellashuv o`yin tarzida tashkil etiladi va muayyan bo`lim yoki yirik mavzular o`rganilgandan so`ng o`tkaziladi. “Topqirlar bellashuvi” darsning o`tkazilishi tartibi 5-sinf “Ona tili” darsligining 159- mashqida berilgan.

Sinf o`quvchilari birgalashib mix atrofida aylanuvchi fanerga doira (diametri 30sm) tayyorladilar va uni 16 qismga ajratdilar. Bu doira 1,2,3, . . 16 deb raqamlanadi. U 2 kattraoq doira (diametri 40sm) ichiga joylashtiriladi. Katta doiraning qoq yuqorisidan kichik doira tomon yo`naltirilgan ikki yo`nalish chizig`i (strelka) chiziladi.

Sinf har biri 5 o`quvchidan iborat guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh “Muqaddima” bo`limida o`tilgan ma`lumotlar bo`yicha 16 tadan savol-topshiriq tuzib, 16 ta xatjildga (konvertga) soladi va har bir xatjildni 1,2,3, . . 16 deb raqamlaydi.

O`yin guruxlar orasida o`tkaziladi. Qur`a tashlanib, guruhlarning tartibi belgilanadi. 1- va 2- navbatni olgan gurux o`yinni boshlaydi. Dastlab, 1-navbatni olgan guruh javob beradi. 2-guruhdan bir kishi kichik doirani aylantiradi. Doira aylanishdan to`xtagach, 1- guruh yo`nalish chizig`i ostidagi raqamga mos kelgan topshiriqni o`qiydi. 2-guruh bir daqiqadan keyin o`qib eshittirilgan savol-topshiriqqa javob beradi. Har bir guruh ikkinchisiga 5 marta savol beradi. Sinalayotgan guruh noto`g`ri javob bersa, so`rovchi guruh uni tuzatadi.

Agar bir soatda g`olib guruhni aniqlash imkoniyati bo`lmasa, o`yin davom ettirilishi mumkin. Hakamlar har bir savolni -3 ball bilan baholaydilar. Savol-topshir noto`g`ri tuzilgan bo`lsa, hakamlar bu guruh ballaridan har bir noto`g`ri savol uchun kelishilgan miqdorda ballni kamaytiradilar. Mukofot va jarima ballarning miqdori har bir mashg`ulot uchun alohida kelishiladi. Kelishilgan miqdorda ko`p ball yig`gan guruh o`yinni navbatdagi guruh bilan davom ettiradi. Ona tilidan sirtqi sayohat darslari. Sirtqi sayohat darslari muayyan bir mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilingandan keyin o`tkaziladi. O`quvchilar “Bilimlar mamlakati”ga sayohat qilib, turli holatlarga duch keladilar. Yo`lda duch kelgan qiyinchiliklarni enggan, ya`ni o`quv topshiriqlarini mustaqil bajargan o`quvchilarga tangalar (ballar) qo`yib boriladi. Topshiriqlarni tez va to`g`ri bajargan o`quvchilar sayohatni davom ettiradilar.

Topshiriqlar darsliklardan tanlanishi yoki o`qituvchi tomonidan tuzilgan bo`lishi mumkin. Masalan, sifatlarning ma`no guruhlari o`rganilgach, shunday sayohat darsini rejalashtirish mumkin. Bu darsda o`quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajardilar:

1-topshiriq. Berilgan sifatlarning ma`nosiga qarab

1) rang-tus sifatlari;

2) belgi-xususiyat sifatlari;

3) maza-ta`m sifatlari;

4) shakli-xajm sifatlari singari guruhlar orsidan tuzilgan (sinfda 4 o`quvchi shu ma`no guruhlari timsolida chiqadi).

So`zlar: oq, qirmizi, ol, sarg`ish, ko`kimtir, nofarmon, jigarrang;

Chuchuk, sho`r, nordon, taxir, qo`lansa, gavdali, novcha, semiz, baqaloq, pakana, shirinsuxan, kamgap; yassi, dumdumaloq, tor, keng.

2-topshiriq. Partadoshingiz bilan yoki guruhlararo sifatlarni o`z va ko`chma ma`noda qo`llash bo`yicha bellashing.

Namuna: achchiq sho`rva-achchiq gap; bemaza qovun-bemaza ish; nordon mastava-nordon piching; qizil ko`ylak-qizil yuz.

3-topshiriq. “Ot-rang” qolipli beshta qo`shma sifat hosil qiling.

Namuna: havorang, feruza rang.

4-topshiriq. “Kamalak” mavzusida tasviriy matn yarating (o`quvchi o`quvchilar tasavvurida kamalakni hosil qiladi yoki uning rasmini ko`rsatadi).

Darsning oxirida har bir o`quvchining sayohatda to`plangan tangalari (ballari) e`lon qilinadi va to`plangan tangalarga qarab o`rinlar belgilanadi.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish