PUNKTUATSION TAHLIL. Gapda tinish belgilarining punktuatsiya qoidalariga mos holda yo unga zid holda ishlatilganligi, shuningdek, punktuatsiya qoidalari talab etadigan u yoki bu tinish belgisining qo`llanmaganligini belgilash nuqtai nazaridan bo`ladigan tahlil.
SINTAKTIK SINONIMLAR. Mazmuni bir xil, shakliy qurilishi o`zaro farqli bo`lgan sintaktik tuzilmalar: Hammani xabarlagan, buni aniq bilaman - hammani xabarlaganligini aniq bilaman. Odamga liq to`la- odam bilan liq to`la va b.
SIFATLOVCHI. Aniqlovchining turi bo`lib, predmetning boyligi-sifati, son-miqdori, tartibi kabi belgilarini bildiruvchi bo`lak: Nosir akaning haybatli, yaltiroq stoli deraza poyiga qo`yilgan. Ba`zan yag`rinini dog` suv kuydirardi: qurolidan ayrilgan amir sarbozlari baland-baland devorlarda turib, ulkan doshqozonlarda qaynab turgan suvni askarlarning ustiga sepishardi. Aniqlovchi. Qiyos. Izohlovchi, qaratuvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |