«ona tili o`qitish metodikasi» fani



Download 2,01 Mb.
bet101/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

Tayanch tushunchalar
“O`zbek maktablarida ona tilini o`qitish Koncepciyasi”-mazkur hujjat 1993 yil 15 oktyabrda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo`lib, maktabda ona tili o`qitishning asosiy maqsadi o`quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb belgilanadi.

O`TDA-O`zbek tili doimiy anjumani

I – yig`ini – Samarqand 1991 yil aprel. Yig`in “Induktiv”, “Ijod”, “Ta`lim”, “O`qituvchi”, “Induktiv-2”ramzli muqobil dasturlar muhokamasiga bag`ishlandi.

II- yig`in 1993 yilning aprelida Qarshi shahrida bo`lib o`tdi. Anjuman ona tilidan ta`lim mazmuni muammolariga bag`ishlandi.

III- yig`in 1995 yil Jizzax shahrida bhlib o`tdi. Anjumanda barcha sho`balar bo`yicha 283 ta ma`ruza tinglandi. Yig`in o`quvchilarning so`z zaxirasini oshirish muammolariga bag`ishlandi.

IV- yig`in 1997 yilning may oyida Toshkentda bo`lib o`tdi. Anjuman ijodiy matn yaratish muammolariga bag`ishlandi.

V- yig`in 1999 yilda Buxoroda bo`lib o`tdi va u sinov darsliklari muhokamasiga bag`ishlandi. Sinov darsliklariga munosabat bildirildi. mualliflar guruhi bu bildirilgan fikr-mulohazalardan tegishli xulosa chiqarib, darsliklarni qayta ishladilar.

VI- yig`in 2001 yilda Namanganda bo`lib o`tdi va u ta`lim jarayonida ijodiy tafakkurni rivojlantirish masalalariga bag`ishlandi.

VII- yig`in 2003 yil iyun oyida Andijonda bo`lib o`tdi. Anjuman ona tili darslarida milliy istiqlol g`oyasini singdirish usul va yo`llari masalasini muhokama etdi.

O`rta umumiy ta`lim maktablari uchun ona tilidan DTSning tarkibiy qismlari va uning mezonlari. Ona tili ta`limi natijasida o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalar uch parametrli standart ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi.



  1. O`qish texnikasi (minut, so`z birliklari). Bolaning savodxonligi, yozma nutq belgilarini talaffuzda almashtirish ko`nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o`quvchilarning notanish bo`lgan matnni ifodali o`qiy olish ko`nikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko`rsatkich sifati ifodali o`qish tezligi, ya`ni bir daqiqada berilgan matndan necha so`z o`qiy olish ko`rsatkichi olingan. O`quvchi sinfdan-sinfga ko`chgan sari so`z miqdori ham, matnning murakkablik darajasi ham ortib boradi.

  2. O`zgalar fikrini va matn mazmunini anglash malakasi. Bolaning bayon qilinayotgan o`zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametr orqali o`zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og`zaki qayta bayon qila olish darajasi aniqlanadi.

  3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (minut, tugal fikr ifodalangan fikr) murakkab jarayon bo`lib, ona tili ta`limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O`quvchining ona tili ta`limi jarayonida egallagan ko`nikma va malakalari u yaratgan matnida o`z ifodasini topadi. bu parametr bo`yicha ta`lim sifatining natijasini baholashda o`quvchi tomonidan o`quvchi egallagan quyidagi ko`nikmalarning darajasi aniqlanadi.

a) fikrni mantiqiy izchillikda ifodalanganligini aniqlash;

b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasini aniqlash (sodda, murakkab, fahmiy-konkret, mavhum v.h.)

v) tavsifning mavzuga muvofiqligi va tasnifning qiymatini aniqlash;

g) tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasini aniqlash;

d) imloviy (yozma) savodxonlikning sifatini aniqlash.

UO`T maktablarini bitiruvchio`quvchilar “Ona tili” o`quv fanidan quyidagi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallashlari zarur:



  1. Amaliy malaka va ko`nikmalar;

a) o`qish texnikasi bo`yicha: miqdori ko`rsatkich 9-sinfning oxirida bir daqiqada 120-130 so`z. Sifat ko`rsatkichlar-murakkab tipdagi ilmiy atama va ramzlarni to`g`ri talaffuz qila olish, ma`nosini anglagan holda to`g`ri va ravon o`qish;

b) o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash maakasi bo`yicha; miqdoriy ko`rsatkich 10 minutda 1-12 sahifa. Sifat – og`zaki nutqning aniqligi, matn mazmuniga mos bo`lishi, to`g`ri, ravon va ta`sirchan bo`lishi;

s) fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo`yicha miqdoriy ko`rsatkich – 12-14 gapdan iborat tugal matn (fikr ehtiyoji bilan bog`lif mavzu asosida) yaratish. Sifat ko`rsatkichlar-matn gaplarning mazmunan o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi, ko`rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, tinish belgilarini to`g`gi qo`yish, matndagi abzatslarining yaxlitligi va fikr izchilligini ta`minlash, o`rganilgan ifoda vositalarini o`rinli qo`llay olish, ish qog`ozlari (ariza, ma`lumotnoma, ishonch xati, vakolatnoma, ixcham hisobot, axborot kabilar)ni yoza olish.

DTS talabiga ko`ra UO`T maktablarining 5-9-sinflarida “Ona tili” o`quv fanidan o`quvchilar quyidagi nazariy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari zarur:



Fonetika, imlo to`g`ri talaffuz, tinish belgilari, harf va tovush

  • har bir harf ifodalaydigan tovushlarni va o`zbek alifbosi sirasini, so`zlarni to`g`ri va ravon o`qishni bilish;

  • bosh harflarni ishlatilishida asosiy o`rinlar;

  • unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar;

  • jarangli undoshlar so`z oxirida va jarangsiz undoshlardan oldin o`qish va yozish qoidalari;

  • bo`g`in, so`zni bo`g`inlarda ajratish, bo`g`in va so`zning ko`chiriladigan qismlari, so`z urg`usi;

  • gap ohangi, darak, so`roq, buyruq, undov gaplari va darak, so`roq, buyruq, undov gaplarda tinish belgilarini to`g`ri qo`llash ayni gapni darak, so`roq, undov ohanglarida talaffuz etish va yozish;

  • xat boshi (abzats) haqida tushuncha;

  • so`z va uning ma`nosi. Darslik va kitoblarga ilova qilinadigan lug`atlardan, sahifa osti izohlardan foydalanish ko`nikmalari. So`zning ma`nodoshlari haqida ilk tasavvur;

  • imlo lug`ati, undan foydalanish ko`nikma va malakalari;

  • izohli lug`at haqida tushuncha

  • grammatika: so`z tarkibi, o`zak va qo`shimcha. So`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar;

  • grammatika: mustaqil so`z turkumlari (fe`l, ot, sifat, son, ravish, olmosh) va yordamchi so`zlar;

  • fe`l: fe`lning ma`nosi va so`roqlari; bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar;

  • ot: otning ma`nosi va so`roqlari, otning birlik va ko`plikda qo`llanilishi. Atoqli va turdosh otlar

  • sifat: sifatning ma`nosi va so`roqlari;

  • olmosh: kishilik olmoshlari I, II, III shaxs kishilik olmoshlarining birlik va ko`plikda qo`llanilishi;

  • yordamchi so`zlar: va, lekin, biroq, ammo, shuning uchun, bilan, uchun singari so`zlardan foydalanish;

  • nutq madaniyati, stilistika;

  • o`zbekcha nutqda senlash va sizlash (gapning egasi va kesimida bunday ma`noning ifodalanish)

  • kishi nomlari, qavm-qarindoshlari nomlarida – jon, - xon,- oy, -bonu kabi hurmat-ehtirom, do`q-po`pisa ohangi;

  • kishi nomlari, qavm-qarindoshlik nomlaridan oldin hurmat-ehtirom ifodalovchi so`zlarni qo`llash, egalik qo`shimchalarining qo`llanilishi;

  • matnda narsa-buyum, shaxslarni atab keluvchi otlarni qo`llash va kishilik olmoshlari bilan almashtirish;

  • ayni bir fikr-axborotni sodda va qo`shma gaplar bilan ifodalash;

  • til haqidagi umumiy ma`lumotlar;

  • adabiy nutq va so`zlashuv nutqi: adabiy nutqning og`zaki va yozma ko`rinishlari;

  • tillarning rang-barangligi, ko`p tillilik tushunchasi;

  • tillarning bir-biriga ta`siri; so`zlarning bir-tildan ikkinchi tilga o`tishi;



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish