Ona tili majburiy 10 talik
1.To 'rt
narsa hamma uchun kerak salomatlik, go 'zal xulq, rostgoʻylik va halol mehnat. Ajratib ko’rsatilgan so’zdan keyin qaysi tinish belgisi qo’yiladi A) vergul B) nuqta C) ikki nuqta D)tire
2.Samolyotning har bir
qanotiga ikkitadan dvigatel o’rnatilgan ekan. Berilgan gapda ajratib ko’rsatilgan so’z ma’nosi qaysi usulda ko’chgan? A) metonimya B) sinekdoxa
C) metafora D)
vazifadoshlik
3. Qaysi ko’makchi morfemalar grammatik shakllar sanaladi? 1) so’z yasovchi
lug’aviy shakl yasovchi
sintaktik shakl yasovchi
A) 1,2,3 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,2
4.Qaysi javobda biri atash ma’nosiga ega bo’lgan, biri atash ma’nosiga ega bo’lmagan fe’llardan tashkil topgan birlik berilgan?
A) olib bermoq B) ketib qolmoq
C) borib kelmoq D) o’tirib turmoq
5.
Olma eksa bog’iga har kim, Mehmoniga ol, ye, demasmi? “
Olma” mening mehmondo’st xalqim, Odatiga yot so’z emasmi? Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning urg’usi haqida aytilgan to’g’ri fikrni toping.
1-so’zning 1-bo’g’ini, 2-so’zning 2-bo’g’ini urg’uli.
1-so’zning 2-bo’g’ini, 2-so’zning 1-bo’g’ini urg’uli.
har ikkala so’zning 1-bo’g’ini urg’uli.
har ikkala so’zning 2-bo’g’ini urg’uli.
6.Qaysi javobda imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan so’z qo’llangan?
Biz Shoikromning xattiharakatlaridan, chamasi, bu yerga nima uchun kelganini bildik
Bu bog’lardagi daraxtlarni sanab sanog’iga yetolmaysan
Yillar ham bir zumda o’tib ketayapti
O’zbekiston respublikasida ko’p millatli xalqlar yashaydi
7.Qaysi so'zlar qatorida boshqalari bilan o'zaro ma'nodoshlik hosil qila olmaydigan so'z ishtirok etgan?
yanglishmoq, xato qilmoq,aldamoq
yubormoq, jo'natmoq, yo'llamoq
yonmoq, kuymoq, o'rtanmoq
yozmoq, bitmoq, qoralamoq
8.-
Sobirjon, qaytyapsizmi?
-Ha.
- Siz tog'angizni ham bir ko‘rib keting. Ushbu dialogdagi kishilik olmoshi qanday ma’no ifodalagan?
A) jamlik ma’nosi B) taxmin ma’nosi
C) hurmat ma’nosi D) ko'plik ma’nosi
9.Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gapberilgan?
-Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, tozacharchapsan.
Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 damaktabning majlislar zalida boshlanadi. C) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
D) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim boladi.
10.Tadbirni har oyning juma kunidao ‘tkazishga ma’muriyat kafolat beradi.
Ushbu gap qaysi uslubga xosdir?
publitsistik uslub
rasmiy uslub
ilmiy uslub
so‘zlashuv uslubi