“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик


fonetik, morfologik, sintaktik va aralash



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi

fonetik, morfologik, sintaktik va aralash.  Fonetik tahlilda so‘z ichidagi  bo‘g‘in, 
tovush  va  xarflar  ajratiladi,  ularning  turlari  (unli,  undosh,  jarangli,  jarangsiz) 
aniqlanadi.  Ushbu turdagi tahlilda tovush artikulatsiyasi, qanday talaffuz etilishi va 
yozuvdagi uning belgisi - harf shakliga ham alohida e’tibor beriladi.  
      Morfologik tahlil ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi: so‘z tuzilishi va so‘z turkumlariga 
ko‘ra.  So‘z  tuzilishi  tahlilida  o‘zak,  so‘z  yasovchi  va  so‘z  o‘zgartuvchi 
qo‘shimchalar,  o‘zakdosh  so‘zlar  farqlanadi.    So‘z  turkumlariga  ko‘ra  tahlilda 
o‘quvchilar  so‘zga  svol  berib,  qaysi  so‘z  turkumi  ekanligini  aniqlaydilar, 
ma’nosi(nimani  bildirishi)ni,  ayrim  grammatik  belgilarini  aytib  o‘tadilar.  Masalan 
paxtakor  so‘zi  kim?  so‘rog‘iga  javob  bo‘lishi,  so‘z  turkumlaridan  otga  kirishi, 
birlikda kelishi aniqlanadi.  Ot so‘z turkumini таҳлил etishda avval so‘roq beriladi, 


 
100 
narsa  номини  bildirishini,  bosh  kelishik  shaklida  ekanligi,  birlik  yoki  ko‘plikda 
kelishi tahlil etiladi. Agar egalik qo‘shimchasi bo‘lsa shaxsi aniqlanadi.  
    Grammatik  tahlil  xajmiga  ko‘ra  to‘liq  yoki  qisman  bo‘lishi  mumkin.    To‘liq 
tahlilda  nafaqat  o‘rganilayotgan  grammatik  hodisa,  balki  ilgari  o‘rganilganlari  ham 
tahlil  etiladi.    Masalan,  yordamchi  maktabning  oltinchi  sinfida  «o‘qidim»,  so‘zini 
tahlil  etganda,  so‘roq  berish  bilan  fe’l  ekanligi,  uning  bosh  shakli  (o‘qi),  bo‘lishli 
yoki bo‘lishsizligi (bo‘lishli), shaxsi (1 shaxs), soni (birlik), zamoni (o‘tgan zamon) 
aytiladi.   
To‘liq  bo‘lmagan,  qisman  tahlilda  esa  faqat  o‘rganilayotgan  grammatik  hodisagina 
tekshiriladi.  
     Shakliga  ko‘ra  grammatik  tahlil  og‘zaki,  shartli  belgilar  bilan,  yozmalarga 
bo‘linadi.  
      Boshlang‘ich  sinflarda  ko‘proq  shartli  belgilar  yordamida  og‘zaki  tahlil 
o‘tkaziladi  va  ba’zan  yozuvga  tushiriladi.  Og‘zaki  tahlilni  sintetik  mashq  bilan 
bog‘lab  o‘tkazish  qulay  bo‘lib,  unda  o‘quvchilardan  o‘z  fikrlarini  tushuntirish, 
isbotlash va bog‘lanishli bayon qilish talab etiladi.  
     Yozma  tahlil,  ko‘p  vaqt  talab  etishiga,  yozuvdagi  texnik  qiyinchiliklarga 
qaramay, turli yozuvlar va sxemalar vositasi bilan quyidagicha bajariladi: 
1.  So‘z  ustiga  yoki  yoniga  (qavs  ichida)  so‘z  turkumi,  uning  shakli  qisqartirib 
masalan ot-o. , sifat-s. , fe’l-f. ,1shaxs-1sh.  kabi yozib qo‘yiladi.  
2.    Ot  tagiga  bir  to‘g‘ri  chiziq,  sifatga  to‘lqinli,  fe’lga  ikki  to‘g‘ri  chiziq  chiziladi. 
Gap bo‘laklari ham xuddi shunday belgilanishi mumkin.  
3.  So‘zning  morfologik  tarkibini  turli  belgilar  bilan  ko‘rsatish  mumkin.    Masalan, 
gul-zor-ning, pax-ta-kor-lar kabi yoki  kuyidagi sxemaga solib yozish: 
 
 
  So‘z 
O‘zak 
So‘z 
yasovchi 
qo‘shimcha 
So‘z 
o‘zgartuvchi 
qo‘shimcha 
Gulchi 
Paxtazorga 
 Gul  
paxta 
Chi 
zor 
 
ga 


 
101 
Bog‘bonchilik 
Bog‘                                       
bon 
chilik 
 
Grammatik  tahlil  mavzuni  o‘rganish  izchilligiga  qarab  ma’lum  tartibda  o‘tkaziladi. 
Masalan,  so‘zning  tarkibi  yuzasidan  og‘zaki    hamda  yozma  tahlilda  ham  avval 
o‘zak,  so‘z  yasovchi,  so‘ngra  so‘z  o‘zgartuvchi    qo‘shimchalar  ajratiladi.    So‘z 
turkumlarini  tahlil  qilishda  esa  mavzuni  o‘rganishdagi  izchillikga  asoslanadi. 
Masalan, har bir so‘zga so‘roq berib, nimani bildirishi, so‘z turkumining nomi, birlik 
va ko‘plik - otda; fe’lning bo‘lishli yoki bo‘lishsizlikni bildirishiga aytiladi.  Keyingi 
sinflarda  esa  qo‘shimcha,  masalan  otning  kelishigi,  agar  egalik  qo‘shimchasi  bilan 
kelgan bo‘lsa, shaxsini ham; fe’lning esa shaxs-soni, zamoni ham aytiladi.  
4.
 
Gap  bo‘laklari  jixatidan  tahlilda    so‘zga  so‘roq  berib,  avval  ikki  bosh 
bo‘lak (avval ega, so‘ngra kesim) keyin esa ikkinchi darajali bo‘laklar (avval ega va 
kesimga  bog‘lanib  kelgan,  so‘ngra    ikkinchi  darajali  bo‘laklarga  bog‘lanib  kelgan, 
ikkinchi darajali bo‘laklar).  
                                      Savol va topshiriqlar 
1. Grammatik tahlil turlarini izoxlang.  
2. Grammatik tahlilga ko‘yilgan talablar.  
3. Fonetik mashqlar va ularni o‘tkazish yo‘llari.  
5.
 
Morfologik mashqlarni misollar bilan ta’riflang 
6.
 
Sintaktik mashqlar 
7.
 
Lug‘aviy mashqlar 
8.
 
Grammatik mashqlarga qo‘yiladigan talablar.  
 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish