Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Download 181,83 Kb.
bet60/83
Sana16.04.2022
Hajmi181,83 Kb.
#557288
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Bog'liq
2 5303167296292786030

49. Qaysi gapda ot kesim qo’llangan?
A) It hurar – karvon o’tar.
B) Po’lat xatni kecha yuborgan.
C) Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishga vaqtim yo’q.
D) Mo’tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi.
50. Qaysi hukm noto’g’ri?
A) Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir.
B) Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi.
C) To’ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo’laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to’ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi.
D) Yuqoridagi barcha hukm to’g’ri.
51. Gaplikning asosiy belgisini ko’rsatuvchi eng muhim bo’lak...
A) ega B) kesim
C) to’ldiruvchi D) hol va aniqlovchi
52. Qaysi so’z turkumlari va birliklar bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi?
1. ot 2. sifat 3. son 4. olmosh 5. ravish 6. taqlid so’z 7. fe’lning harakat nomi shakli
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
53. Qaysi gapda ot kesim sifat bilan ifodalangan?
A) Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo’jayini do’stmi?
B) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
C) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
D) Mening yaqin do’stim Azizdir.
54. Ravishdosh bilan ifodalangan kesim berilgan qatorni aniqlang.
A) Sizdan umidimiz ko’p.
B) Motor gurillab, mashina oldinga intildi.
C) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
D) It hurar—karvon o’tar.
55. Qaysi gapda murakkab kesim qo’llangan?
A) Uchrashuv juda qiziqarli bo’ldi.
B) Alisher Navoiy – she’riyat quyoshi.
C) Paxta va tilladan yurt bezanadi. D) A va B
56. Harakat nomi birikmasi bilan ifodalangan murakkab kesimli gapni toping.
A) Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik.
B) Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.
C) Fikrlar doimo o’zingniki bo’lsin.
D) Ahmoq do’stdan aqlli dushman yaxshi.
57. Ibora bilan ifodalangan murakkab kesimli gapni aniqlang.
A) Dadam qo’li ochiq odam edilar.
B) Toshkent O’zbekiston Respublikasining poytaxtidir.
C) Komil insonlardig oliyjanob xislat – o’tmishni unutmaslik.
D) Respublikamizdagi eng nufuzli bilim dargohi O’zbekiston Milliy universitetidir.
58. Hammasini aytib berishing darkor. Ushbu gapdagi kesimni aniqlang.
A) darkor B) berishing darkor
C) aytib berishing darkor
D) ushbu jumla yaxlitligicha kesim sanaladi.
59. Murakkab kesim tarkibidagi so’zlardan biri qanday birliklardan iborat bo’lishi mumkin?
A) ko’makchi fe’l B) bog’lama
C) nisbiy so’z D) A, B, C
60. Murakkab ot kesim qatnashgan gapni aniqlang.
A) Bolalar yo’g’on archa yonida to’xtadilar. B) Sening so’zga chiqishing zarur.
C) Jahl – dushman, aql – do’st.
D) B va C.
61. Murakkab ot kesim tarkibidagi ko’makchi yoki to’liqsiz fe’l qanday vazifa bajaradi?
A) qo’shimcha ma’no bildiradi B) asosiy ma’no bildiradi
C) kesimning ega bilan bog’lanishini ta’minlaydi D) A va C.
62. Qaysi hollarda ot kesim va ega orasiga tire qo’yilmaydi?
1. ot kesim sifat va tartib sondan ifodalansa
2. ot kesim ot va sondan ifodalansa
3. ega bilan ot kesim orasida ham bog’lovchisi bo’lsa 4. ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa
A) 1, 4 B) faqat 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3
63. Qaysi gapda nomustaqil kesim berilgan?
A) Ozod yuraklarga baxt nuri to’lgan.
B) Hosilning otasi suv, onasi yer.
C) Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi. D) Qizlar hayoli va iboli bo’lishlari zarur.
64. Men – mana shu minglarning biriman. Ushbu gapda nega ega va kesim orasiga tire qo’yilmoqda?
A) ega kishilik olmoshi bilan ifodalangani uchun
B) ot kesim tuslangani uchun
C) eganing ma’nosi ta’kidlab ko’rsatilgani uchun
D) tire noto’g’ri qo’llangan.

Download 181,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish