I-BOB. ONA TILI DASLARIDA AQLI ZAIF O’QUVCHILAR KO’RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI MUAMMOSINI TADQIQ ETILGANLIK HOLATI
1. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llarini xorijiy mualliflar tomonidan tadqiq etganlik holati
Mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblangan ta’lim mazmunini yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan holda o’qitish va tarbiyalashdek muhim vazifalarni qo’ymoqda.
Ilmu fan avval sharqda taraqqiy etgan, hur fikrlilik bizdan boshlangan. «Sharq - Yevropaning muallimidir» deganda haq edi olmon olimi Xerler. Haqiqatdan ham shunday, o’zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz.
Istiqlol sharofati tufayli pedagogik fanlar jadal sur’atda taraqqiy etib bormoqda. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. “Bola boshdan ....” naqli so’zimizga dalil. Al-Buxoriy, At-Termiziy, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo’lpon singari ulug’ olimu adiblar, fozilu fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko’p asarlar bitganlar. Ular ta’limdagi milliy xususiyatlarga diqqat-e’tiborini qaratishgan. Istiqlolga erishilganiga qadar ularning pand-nasihatlari, o’gitlari yetarli darajada o’rganilmadi. O’tmishdagi progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlarning pedagogikaga doir muhim fikrlari bugungi kunda pedagogik tafakkurning o’sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon beradi. Pedagogik fanlar jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va usullarini o’rgatadi. O’tmishning pedagogik tizimida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi hamda tarixiy pedagogika hodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo’lganligini ochib beradi, ilg’or qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi.
«Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-xunar maxorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi»1. (I.A.Karimov) Bu so’zlar ta’lim tizimiga berilgan ijtimoiy buyurtma bo’lib, «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda ta’lim soxasida, davlat siyosatida xam o’z ifodasini topadi. Juda katta ijtimoiy-siyosiy axamiyatga ega bo’lgan bu qonun va dasturda fuqarolarga, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-xunarga o’rgatishning xuquqiy asoslari, kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishning asosiy tamoyillari belgilab berildi.
1994 yillarda YUNESKO “Maxsus ta’lim zaruriyati” nomli xujjatni tayyorlab, unda maxsus ta’limga muxtoj bolalar va yoshlar uchun ta’limni tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko’rib chiqilgan.Ushbu ta’lim turida asosiy o’rin reabilitatsiya masalalariga ajratilgan. Xujjatda: «Maxsus ta’limni aloxida yordamga muxtoj kishilarga tashkil etishdan maqsad - jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o’smirlarni mustaqil, xamma qatori yashash sharoitida jamiyatga tiklash» - deb ta’kidlangan. Bolada nuqson bo’lishiga qaramay uning qo’lidan keladigan ish turini unga o’rgatib, o’qitib, tarbiyalab, jamiyatda o’z o’rnini topib ketishga yordam berish - ijtimoiy reabilitatsiya.
Rivojlangan mamlakatlarda “Maxsus ta’lim zaruriyati”nomli xujjatga javoban SVR –Reabilitatsiya tashkiloti (Sommin.Vased ReabilitatIop) tashkil etildi. Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, sog’liqni saqlash, mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza etish hamda kasaba uyushmalari vakillarini o’z ichiga qamrab olgan.
Bunday nufuzli tashkilotning asosiy maqsadi - jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni ximoyalash, xuquqlarini tiklash, vakolat berish, ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish, jamiyat va raxbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir.
Aloxida yordamga muxtoj bo’lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta’lim tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o’rganiladi, ijobiy tomonlari, qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari o’rganiladi. Ushbu ta’lim tizimida ma’lum sharoit yaratilishi lozim. Bunga modifikatsiya, kompensatsiya, adaptatsiya, reabilitatsiyalar kiradi. Masalan, agarda bola eshitmasa, uni eshitish apparati bilan ta’minlash; yura olmasa - nogironlar aravachasidan foydalanish, qo’lida oddiy qoshiq ushlay olmasa, uni boshqa qulay uskuna bilan ta’minlash va boshqalar.
2006 yilda O’zbekiston Respublikasining milliy «Ta’lim hamma uchun» dasturi qabul etildi va uni joriy qilish bosqichlari belgilab olindi.
Ushbu dastur ta’lim jarayonini insonparvarlik, mexr-muruvvatlikka yo’naltirish borasida qilinayotgan ko’pgina ishlardan biridir. Xalq ta’limi vazirligining YUNISEV tashkiloti bilan xamkorlikda amalga oshirayotgan «Inklyuziv ta’lim orqali jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun jamiyatimizda do’stona muxit yaratish» loyixasi ta’limni demokratlashtirish, insonparvarlik, o’zaro do’stona munosabatlar zamirida tashkil etishni ko’zda tutadi. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarni teng ko’rishni ko’zda tutadigan ta’lim.
Ijtimoiy ximoya deganda, biz avvalo, jamiyatimizda mexr-shafqatga muxtoj bo’lgan nogironlar va yetim-yesirlarga, beva-bechoralarga, boquvchilaridan judo bo’lgan, yolg’iz yashayotgan odamlar va keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatishni tasavvur qilamiz» degan edi prezidentimiz va 2007 yilni «Ijtimoiy ximoya» yili deb e’lon qilgan.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bor bolalar aloxida yordamga muxtoj bolalar toifalariga kiradi. Chet ellarda yordamchi maktab o’quvchilarining reabilitatsiyasi, ta’lim-tarbiyasiga bag’ishlangan adabiyotlar va risolalar talaygina.
Rossiyada ushbu masala bo’yicha korrektsion pedagogika va maxsus psixologiya soxasida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Olimlardan J.I.Shif, V.G.Petrova, V.V.Voronkova, A.V.Grigonis, T.N.Golovina, B.I.Pinskiy, A.N.Graborov, G.M.Dul’nev, I.G.Eremenko va boshqa olimlar aqli zaif bolaga ta’lim-tarbiya berishda uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerakligini asoslab berdilar.
Ayniqsa bolalarning bilish faoliyatini turg’un buzilganligi ta’lim-tarbiya jarayonini, ularning ijtimoiy moslashuvi, reabilitatsiyasini qiyinlashtiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida aqli zaif bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, korrektsion ishlarni amalga oshirishda avvalambor ularning psixik jarayonlarini o’rganish borasida ko’plab tadqiqotlar olib borilgan, ilmiy adabiyotlar yaratilgan.
Muammoning psixologik asoslari L.S.Vigotskiy, S.Ya.Rubinshteyn, F.Talizina, V.Davidov, L.R.Luriya va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarida o’zining aniq ifodasini topgan.
Oligorenopedagogikaning boshlang’ich davri buyuk vrach pedagog Jan Demor (1871-1932) faoliyati bilan bog’liq. J.Demor oligorenopedagogikada o’z xizmatlari bilan aloxida o’rin tutadi. U yuqori darajada e’tiborga molik bo’lgan «Nuqsonli bolalar, ularning uyda va maktabdagi tarbiyasi» deb nomlangan asarida (1909 yilda chop etilgan) aqli zaiflikning klinikasini o’rganishga juda katta xissa qo’shdi. U bolalardagi aqli zaiflikning sabablarini batafsil o’rgandi. Demorning fikricha markaziy nerv sistemasining organik buzilishi asosida aqli zaiflik kelib chiqadi.
Demor bir qator mashqlar yordamida aqli zaif bolalarning diqqatini, sezish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkinligini aytadi. Bundan tashqari, Demor aqli zaiflar uchun ritmik mashqlarni aloxida tarbiya vositasi sifatida yuqori baxolaydi. «Tarbiyaning oxirgi maqsadi bolani yashashga, mexnat qilishga o’rgatishdir»-deb yozadi Jan Demor . Xozirgi kunda reabilitatsiya - bu bolani yashashga, mexnat qilishga o’rgatishdir.
Aqli zaif bolalarning psixo-pedagogik xususiyatlari borasida ko’pgina olimlar o’z fikrlarini bildirganlar. Jumladan, E.Segen tomonidan aqli zaif bolalar tarbiyasi nazariyasining asoslarini chuqur o’rganib chiqilishi bu yo’nalishdagi ilmiy ishlarning yanada jonlanishiga sabab bo’ldi.
L.S.Vigotskiy, E.Segenning fikrlariga qo’shilib, aqli zaif bolalarda xoxish-intilishlarning nihoyatda zaifligini ko’rsatadi. «Aqli zaif bolalardagi shaxsiy axloqiy nuqson-etakchi asosiy nuqsondir » -deb yozadi L.S.Vigotskiy va shunday deydi: «Nogironlikning qanday turida, qay darajada va qanday vaqtda bo’lganligidan qat’iy nazar, bularning barchasida jismoniy-ruhiy taraqqiyot davom etadi» bu fikrdan kelib chiqib aytamizki, aqlan zaif bolalarda ham jismoniy-ruhiy taraqqiyot davom etadi, lekin bu rivojlanish me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan past, boshqacharoq bo’ladi. Bu bevosita boladagi birlamchi va ikkilamchi nuqsonning kelib chiqishi darajasiga bog’liqdir.
L.S.Vigotskiy fikricha: - «sezish va qabul qilish tashqi olamni bilishning birinchi bosqichidir. Bu bosqich butun umr davomida muhim va axamiyatli bo’lib qoladi. Sekinlashgan va chegaralangan qabul qilish aqli zaif bolaning psixik rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi».
S.Ya.Rubinshteyn o’zining «Psixologiya umstvenno otstalogo shkol’nika» asarida aqli zaif o’quvchilarning ruxiyatini, uning o’ziga xos tomonlarini yaqqol ko’rsatib bergan. Uning fikriga ko’ra aqli zaiflikni aniqlashda bilish faoliyatining buzilganligi asosiy belgi xisoblanadi. Aynan shu xolat aqli zaif bolalarning aloxida usullar bilan o’qitilishini tashkil etishga majbur etadi.
S.Ya.Rubinshteynning yuqorida nomi aytib o’tilgan o’quv qo’llanmasida “Aqli zaif bola ruxiyatining umumiy masalalari” bobida aqli zaiflikni aniqlash, yordamchi maktab o’quvchilariga psixologik xarakteristika berish, markaziy nerv faoliyatidagi o’ziga xosliklar, ruxiyatning rivojlanishi va ruxiyatni o’rganishdagi metodlar haqida psixolog-fiziolog va pedagog olimlarning olib borgan izlanishlari yoritib berilgan.
B.I.Pinskiyning2 «Psixologiya trudovoy deyatel’nosti uchashixsya vspomogatel’noy shkoli» o’quv qo’llanmasida bir qator maxsus pedagog va psixolog olimlarning aqli zaif bolalar psixologiyasi, ularning faoliyatidagi o’ziga xosliklar ustidan olib borgan izlanishlarini yoritib bergan. Qo’llanmada aqli zaif o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishi, mexnatga o’rganishda bolaning diqqati, idroki va tasavvuridagi kamchiliklar, ularni korrektsiyalashga qaratilgan tarbiyaviy jarayonlar, qolaversa, bolalar jamoasini tashkil etish, egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini amaliyotga qo’llashga o’rgatish haqida ma’lumotlar berilgan. O’quv qo’llanmada G.M.Dul’nev, L.V.Zankov, A.R.Luriya, M.M.Nudel’man, V.G.Petrova, B.I.Pinskiy, I.M.Solov’ev, J.I.Shifning fikrlari taxlil etilib, aqli zaif o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarishdagi o’ziga xosliklarni hisobga olish ta’lim, mexnat jaryonida muhim axamiyatga ega. Aqli zaif o’quvchining bilish jarayoni o’zgarganligi sababli mexnat faoliyatida asboblaridan foydalanishda katta qiyichiliklarga duch keladi. Yordamchi maktabda mexnat darslarida bolani o’lchashga, o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish bilan birga uning bilish faoliyatidagi nuqsonlari korrektsiyalab boriladi.
J.I.Shifning «Psixologicheskie voprosi korrektsionnoy raboti vo vspomogatel’noy shkole» kitobida yordamchi maktab o’quvchilarining psixologik jarayonlarini korrektsiyalash, ta’lim jarayonidagi korrektsion ishlar xususida izlanishlar olib borilgan olimlar ishlari yoritilgan.
V.G.Petrova3 aqli zaif o’quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishda psixologik o’ziga xosliklar xaqida fikr yuritgan, izlanishlar olib borgan. Uning fikriga ko’ra aqli zaif o’quvchining yozma nutqini rivojlantirish darslarida diqqatni jamlay bilish, ijodiy tafakkur katta axamiyatga ega. Bolaning bu imkoniyati ishga solinsa yuqori natijaga erishish mumkin. Lekin bu o’rinda o’qituvchining roli katta. Uning yordamisiz aqli zaif o’quvchi yozma nutqida, ya’ni o’qish va yozish malakalarini o’zlashtirishda ko’pgina xatolarga yo’l qo’yadi.
Me’yorda rivojlangan bolaning rivojlanishi uchun kritik jarayonlarda shikastlantiruvchi omillar bo’lmasligi kerakligi isbotlangan.
Sezish va bilish - bevosita faoliyatning aks etishidir. Sezish va bilish bu tashqi dunyo predemetlarining analizatorlariga ta’sir etish xususiyati, deb aytish mumkin.
Shartli reflekslarning yig’ilishi bilish asosini tashkil etadi. Me’yorda rivojlangan bolada bu jarayon tez va jonli xarakter kasb etadi. Nerv tizimi buzilgan bolada esa bilish va sezish jarayoni sekin, ko’pgina o’ziga xosliklar va kamchiliklar bilan shakllanadi.
Sezish va qabul qilish tashqi olamni bilishning birinchi bosqichidir. Bu bosqich butun umr davomida muhim bo’lib qoladi.
Sekinlashgan va chegaralangan qabul qilish aqli zaif bolaning psixik rivojlanishiga qattiq ta’sir etadi.
Tafakkur bu atrofdagi faoliyat ifodasining oliy shaklidir.
Tafakkur-predmetning ko’rinishi va moxiyatini tushunish imkonini beradi.
Aqli zaiflikni aniqlashda bilish faoliyatining buzilishi asosiy belgi xisoblanadi. Aynan shu xolat aqli zaif bolalarning aloxida sharoitda, korrektsion yo’nalishda ta’lim-tarbiya tizimlarini tashkil etishga majbur etadi.
Tafakkur birinchidan–umumlashtirishdir. Elementar umumlashtirish ham bilishning asosini tashkil etadi. Inson tushunchalari orqali fikrlaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonida mavjud belgi va tushunchalar orqali o’quvchi fikrlaydi, tushunadi, umumlashtiradi.
Ikkinchidan tafakkur bilish vositasidir. Ko’rish va eshitish tasavvo’rining kambag’alligi, chegaralanganligi, o’yin faoliyati, nutqning yaxshi rivojlanmaganligi, bola tafakkurining talab darajasida rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. L.S.Vigotskiyning fikriga ko’ra aqli zaif bolani fikrlashga, umumlashtirishga o’rgatish mumkin. Lekin bu jarayon me’yorda rivojlangan boladagiga nisbatan juda sekin, o’zgacha kechadi.
L.S.Vigotskiy, N.L.Kolominskiy tomonidan aqli zaif bolalar shaxsiy sifatlarining shakllanishi yordamchi maktablarda qanday kechishi qator tajriba ishlari bilan tekshiriladi. Bunda aqli zaif bolalarga sinf jamoasini ta’siri masalalari ochib berildi.
Psixologlardan L.D.Zankov, P.E.Suxareva, G.M.Dul’nev4, P.A.Vlasova va boshqalar tomonidan takidlanishicha, aqli zaiflarda ruxiy nuqson murakkab tuzilishga ega ekan. Ularning ko’rsatishicha bir tomondan birlamchi nuqson ta’sirida oddiy aqliy jarayonlar buzilsa, ikkilamchi nuqson sifatida ruxiyatning oliy shakllari buzilar ekan.
T.A.Vlasova nuqsonli bolalarning differentsial ta’lim muammosini keng yoritib bergan. Yordamchi maktabda differentsial ta’limning samarali yo’llarini izlash ishlarini uning shogirdlari davom etdilar.
A.N.Smirnova o’zining ko’p yillik pedagogik faoliyati natijasida «Korrektsionno-vospitatel’naya rabota uchitelya vspomogatel’noy shkoli» nomli kitobini yozdi.
Bu kitobda yordamchi maktab o’qituvchilari uchun aqli zaif bolalarni ta’lim-tarbiyasida korrektsion tarbiyaviy ish tizimini yaratib, o’quvchilarda faollikni oshirish, biror-bir faoliyatga tayyorgarlik ko’rish, bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyat bilan doimo mashg’ul bo’lishni tavsiya etgan. A.N.Smirnova o’z pedagogik ish faoliyatida ta’lim va tarbiyaning har bir bosqichida aqli zaif o’quvchilarning individual imkoniyatlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarurligini ko’rsatib o’tadi.
Muammoning psixologik asoslari D.V.El’konin, S.Ya.Rubinshteyn, L.R.Luriya, Petrova V.G.,I.V.Belyakova4 kabi va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarida xam o’zining aniq ifodasini topgan.
Ularning fikricha, aqliy rivojlanishida kamchiliklari bo’lgan bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil etish, takomillashtirish mumkin. Aqli zaif o’quvchilarning bilish faoliyati o’ziga xos bo’lsada, uning potentsial imkoniyati baland.
To’g’ri tashkil etilgan korrektsion rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya jarayonida yordamchi maktab o’quvchilariga mustaqil xayotda zarur bo’lgan xajmdagi bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatish mumkin.
Maxsus sharoitda va maxsus usullar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya ishlari orqali aqli zaif bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklari bartaraf etiladi , ijodiy tafakkuri korrektsiyalanadi.
«Aqli zaiflik– bu bolaning psixik xolatining buzilishiga bog’liq holda rivojlanishning boshqa funktsiyalarini ham buzilishiga sabab bo’luvchi og’ir jarayon bo’lib, nuqsonli rivojlanishning bir ko’rinishidir»5. L.S.Vigotskiyning bu fikri aniq dalillar bilan isbotlangan.
Sog’lom avlodning rivojlanishi uchun kritik jarayonlarda shikastlantiruvchi omillar bo’lmasligi kerakligi isbotlangan.
Sezish va bilish bevosita faoliyatning aks etishidir. Sezish va bilish analizatorlariga ta’sir etish mumkin. Shartli reflekslarning yig’ilishi bilish jarayonining asosini tashkil etadi. Sog’lom bolada bu jarayon tez va jonli xarakter kasb etadi. Markaziy nerv sistemasi organik jaroxatlangan bolalarda esa bilish va sezish sekin, ko’pgina o’ziga xosliklar bilan shakllanadi.
Kanadalik olim Deyvid Selbinning global ta’limga bergan ta’rifi:
Global ta’lim bu- ta’limga kompleks yondoshish bo’lib, u o’quvchini bir vaqtda intellektual, emotsional, jismoniy, ma’naviy va ruxiy rivojlantirish orqali uni tez o’zgaruvchan, juda murakkab, ko’p madaniyatli va o’zaro bog’liq dunyoda katta xayotga sifatliroq qilib tarbiyalashdir.
Global ta’lim o’quvchilarga : dunyoni tizim sifatida qabul qilishga; xodisa va voqealar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va munosabatlar xaqida bilishga; insoniyat va tabiat tizimlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirni tushunishga; o’tmish, xozirgi kun va kelajakni ularning o’zaro munosabati va o’zaro ta’sirini inobatga olishga yordam beradi.
Global ta’limning yo’nalishlarini - Inson xuquqlari, Salomatlik, Fuqarolik ta’limi, fan bo’yicha ilmiy bilimlar, tinchliksevarlik, fanlar integratsiyasi, rivojlanish, Inson va sayyoralar o’rtasidagi munosabatlar, fanlar integratsiyasi, atrof-muxitni muxofaza qilishlar tashkil etadi. Global ta’lim ichki, davriy, fazoviy, so’roq komponentlarini o’z ichiga qamrab oladi. Global ta’limda XXI asrda kerakli bo’lgan quyidagi malaka va ko’nikmalar xosil qilinishi nazarda tutilgan:
-umumiy savodxonlik: o’qish, yozish, xisoblay olish;
-texnologiyalardan foydalana olish;
-xamkorlik,malaka, g’oyalar almashinuvi;
-turli madaniyatlarni bilish va tan olish;
-yangi fikrlarni qabul qila olish;
-ijodiy yondoshuv, topqirlik;
-tafakkur kengligi, yangi sharoitga moslashish ko’nikmasi;
-guruhda ishlash ko’nikmasi va jamiyatga xizmat qilishga tayyorlik;
-raxbarlik xatti-xarakatiga mas’uliyat bilan yondashish;
-maktabda o’qituvchi rolining o’zgarishi.
1994 yilda Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan Ispaniyaning Salamanka shaxrida o’tkazilgan tadbirda «Ta’lim xamma uchun» deb nomlangan Salamanka dekloratsiyasi qabul qilingan. Ushbu dekloratsiya ta’lim jarayonini insonparvarlik, mexr-muruvvatlikka yo’naltirish borasida qilinayotgan ko’pgina ishlardan biridir. YUNISEV Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lgan barcha davlatlarda amalga oshirayotgan «Inklyuziv ta’lim orqali jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun jamiyatimizda do’tona muxit yaratish» loyixasi ta’limni demokratlashtirish, insonparvarlik, o’zaro do’stona munosabatlar zamirida tashkil etishni ko’zda tutadi. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarni, shu jumladan, aloxida yordamga muxtoj bolalarni, teng ko’rishni ko’zda tutadigan ta’lim.
Chet davlatlarda xozirgi kunda aloxida yordamga muxtoj bolalar ta’limi ikki sharoitda amalga oshiriladi: segregatsiya(differentsial) hamda integratsiya sharoitida. Inklyuziv ta’lim bu maxsus yordamga muxtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab o’zgaruvchan, g’amxo’rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, me’yorda rivojlangan bolalar o’quv muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv-jalb etish degan ma’noni anglatadi, ya’ni jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog’lom tengdoshlari bilan o’zaro bog’lanib, birgalikda ta’lim olishidir. Buni amalga oshirish uchun har bir bolaga individual yondashish, nuqsonidan kelib chiqqan holda ma’lum u uchun qulay sharoit yaratish, kerak bo’lsa, dastur va rejani qisman o’zgartirish va x.k. Aloxida yordamga muxtoj bola uyiga yaqin, o’ziga qulay ommaviy maktabgacha tarbiya muassasi yoki maktabga qatnaydi. U yerda asosiy ishni tarbiyachi yoki sinf rahbari amalga oshiradi. Xar bir maktabgacha tarbiya muassasasida yoki maktabda maxsus tayyorlangan resurs tarbiyachi bulib, u gurux tarbiyachisiga maslahatlar beradi va kumaklashadi: maxsus uqitish uskunalari, apparatlari bilan ta’minlaydi; ota-onalar,o’qituvchilar bilan tushuntirish ishlari utkazadi: dars jadvali, dasturga, kerak bo’lsa, o’zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi; o’qituvchilarni malakasini oshiradi, bilim maxoratini boyitadi; sog’likni saqlash xizmatlarini tashkil etadi, qulay psixologik muxitni yaratadi. Jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani oddiy maktabgacha tarbiya muassasi yoki maktabga joylashtirish integratsiya yo’lidagi birinchi qadam. Ta’lim integratsiyasining turli shakllari va darajalari mavjud. Jismoniy integratsiyada nogiron va sog’lom bola orasidagi jismoniy tafovvut iloji boricha kamaytirilishi lozim. Buning uchun maxsus sinf yoki bo’lim tashkil etilishi mumkin. Funktsional integratsiyada nogiron va sog’lom bola orasidagi funktsional tafovut iloji boricha bartaraf etilishi lozim. Buning uchun aloxida yordamga muxtoj bolalarni musiqa, san’at, drammatik to’garak va sportga jalb etish foydalidir.
Ijtimoiy integratsiya ijtimoiy tafovutni kamaytirishga, nogiron va me’yorda rivojlangan bolalarni o’zaro do’stlashishga, bir biriga xurmat bilan qarashga undaydi, me’yorda rivojlangan bolalarni muruvvatli bo’lishga o’rgatadi. Jamiyat nogiron kishilarga tolerant, to’g’ri munosabatda bo’lishi kerak.
Shunday qilib, ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari muammosini tadqiq etilganlik xolatini o’rganish maqsadida xorijiy mualliflar tomonidan bu masala bo’yicha olib borilayotgan ishlar taxlili shuni ko’rsatdiki, olimlar tomonidan aqli zaif bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida aqli zaif o’quvchilarning o’qish va yozuv malakalarini o’zlashtirishning psixologik asoslari keng yoritilgan.
Biroq o’qish malakalarini o’zlashtirish jarayonida aqli zaif o’quvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llariga bag’ishlangan xorijiy mualliflar adabiyotlarini biz topa olmadik.
Do'stlaringiz bilan baham: |