Ona tili darslik



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   542
Bog'liq
ona tili

 
4 -§.    Fe’l nisbatlari 
 
Fe’l  ifodalagan  harakat  bilan  uning  bajaruvchisi  (sub’ekti)  va  predmeti 
(ob’ekti)  yoki  bir  necha  bajaruvchi  (sub’ektlar)  orasidagi  munosabatning 
ifodalanishi  fe’l  nisbati  deyiladi.  Harakat  bilan  uning  bajaruvchisi  orasidagi 
munosabat turlicha bo‘ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shax 
syoki  predmet  tomonidan  bajariladi.  Masalan:  Bobur  ota  yurtidan  batamom 
ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov). 
Boshqa  bir  shaklda  harakatning  sub’ekti  (ega)  ham,  ob’ekti  ham  bir 
shaxsning  (predmetning)  o‘zi  bo‘ladi.  Masalan:  Feruzaga  hovliga  tushib, 
shabnamda qiyg‘ os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G‘ulom). 
YAna bir ko‘rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi 
yoki  harakatning  haqiqiy  bajaruvchisi  noma’lum  bo‘ladi.  Masalan:  Tashqarida 


 
 
122 
so‘riga  gilam  to‘shaldi,  ko‘rpacha  solindi.  Dasturxon  yoyildi,  choy  damlandi 
(Tog‘ay Murod). 
SHuningdek,  harakat  bir  necha  sub’ekt  tomonidan  birgalikda  bajarilishi 
mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog‘ay Murod). 
YAna  bir  nisbat  shaklida  esa  harakat  grammatik  sub’ekt  (ega)ning  boshqa 
bir  sub’ekt  va  ob’ekt  ta’siri  bilan  bajariladi.  Masalan:  Mo‘minning  ovozidan 
qat’iyat, buyruq  Laylini bo‘shashtirdi (S.Z.). 
SHunga ko‘ra fe’llarda besh xil nisbat ko‘rinishi mavjud: 1. Aniq nisbat. 2. 
O‘zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat. 
Fe’l  nisbati  maxsus  shakl  yasovchi  qo‘shimchalar  yordami  bilan  yasaladi. 
Bu qo‘shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o‘zgartirmaydi, balki unga qo‘shimcha 
ma’no  qo‘shadi.  YA’ni  bu  qo‘shimchalar  harakatning  bajaruvchisi  (sub’ekti)  va 
predmeti (ob’ekti) ni ko‘rsatib, gap qurilishining qanday bo‘lishini bildirib turadi. 
Masalan:  yozdi  –  sub’ekt  (ega)ning  o‘zi  bajaradigan  harakat,  yozildi  –  predmet 
(ob’ekt)  tomonidan  bajarilib,  sub’ekti  noma’lum  harakat,  yozishdi  –  bir  necha 
sub’ektlar  bajaradigan  harakat,  yozdirdi  –  sub’ektning  ob’ektga  ta’siri  bilan 
bajariladigan harakat. 
 
1. Aniq nisbat 
 
Bu  shakldagi  fe’lda  harakatning  bajaruvchisi  grammatik  jihatdan  ega 
vazifasini  bajargan  shaxs  yoki  predmet  bo‘ladi.  To‘ldiruvchi  esa  harakatning 
ob’ekti  bo‘ladi.  Gapning  bunday  qurilishi  tilshunoslikda  aktiv  konstruktsiya  (faol 
qurilma)  deb  yuritiladi.  Masalan:  Navoiy  shiringina  yasog‘liq  uyda  tanho  ishlar 
edi (O.). Ushbu gapda ishlar edi harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) Navoiy bo‘lib, 
u ega orqali ifodalangan. Harakatning ob’ekti esa uyda vositali to‘ldiruvchi orqali 
ifodalangan. 
Bunday  shaklida  maxsus  nisbat  ko‘rsatkichi  yo‘q.  Bu  nisbat  ma’nosi  fe’l 
negizi  orqali  ifodalanadi,  shuning  uchun  ham  u  boshqa  nisbat  shakllarini  hosil 
qilishi uchun asos bo‘la oladi (qiyoslang: o‘qidi, o‘qildi, o‘qishdi, o‘qitdi kabi). 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish