Ona tili darslik


 -§.    Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   542
Bog'liq
ona tili

3 -§.    Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar 
 
Ish-harakatning  bajarilishi  haqidagi  tasdiq  yoki  inkor  tushunchasi  fe’ldagi 
bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini anglatadi. 
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo‘lishli fe’l 
deyiladi. Fe’ldagi bo‘lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko‘rsatkich 
yo‘q:  o‘qi,  eslat,  qolgan,  borsa,  aytib  bergan,  o‘qib  chiqdi,  hurmat  qil  kabi. 
Masalan:  Ona  so‘zining  o‘zi  har  yurakka  jarangli  sado  beradi  (Hikmatlar 
guldastasi).  O‘z  burchini  bajarishdan  mamnun  odamligina  erkin  yashaydi 
(Tafakkur gulshani). 
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo‘lishsiz fe’l 
deyiladi.  Bo‘lishli  fe’l  bo‘lishsiz  fe’lni  hosil  qilish  uchun  asos  bo‘ladi.  Fe’lning 
bo‘lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: 
1. fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik 
affikslarini  qo‘shish  bilan  fe’ldagi  bo‘lishsizlik  ma’nosi  hosil  qilinadi:  ko‘rsatma, 
kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi. 
Ko‘rinadiki  –ma  elementi  –may,  -mas,  -masdan,  maslik  affikslarining 
tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, 
harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko‘rsatkich 
sanaladi. Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan 
dupurni  ham  eshitmadi.  (M.Ismoiliy).  Tog‘    arqon  bilan  eshilmaydi 
(M.Qoshg‘ariy).  Mehnat  qilmagan  rohat  ko‘rmas  (O‘zbek  xalq  maqoli). 
Uydagilarga  aytmasdan  do‘sti  bilan  Qudratnikiga  ketibdi.  Kasal  tabib  kasalni 


 
 
121 
davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini 
chirt yumdilar. 
-ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi: 
a)  asosiy  qismga  etakchi  fe’lga  qo‘shiladi:  eshitmay  qoldi, uxlamay  chiqdi, 
ko‘rmay qoldi kabi; 
b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi 
kabi; 
v)  qo‘shma  fe’lning  har  ikala  qismiga  qo‘shiladi:  aytmay  qo‘ymaydi, 
bormay  qolmaydi.  Bunday  holda  bo‘lishsiz  shakl  orqali  bo‘lishlilik  ma’nosi 
anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi. 
Masalan:  Buvijonimning  aytishicha,  astoydil  yaxshi  niyat  qilgan  odam 
murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To‘xtaboev). 
Eslatma:  ravishdoshning  –gani  (-kani,  -qani)  affikslari  bilan  yasalgan 
shakliga bo‘lishsizlik ifodalovchi affikslar qo‘shilmaydi. 
2.  Fe’lning  ayrim  sifatdosh,  ravishdosh,  harakat  nomi  shakllaridan  so‘ng 
emas, yo‘q so‘zlarini kiritish bilan bo‘lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan emas, 
boradigan  emas,  egib  emas,  tinchigani  yo‘q,  ishonish  emas  kabi.  Masalan:  Lekin 
ularning  nima  o‘qiganini  ko‘rgan  ham,  qanday  o‘qiganini  eshitgan  ham  emas 
(P.Tursun). 
3.  Na  inkor  yuklamasini uyushiq  bo‘lak  sifatida qo‘llangan  bo‘lishi  fe’ldan 
oldin  keltirish  bilan  bo‘lishsiz  fe’l  hosil  qilinadi:  na  o‘qiydi,  na  yozadi.  Masalan: 
Keksa  cholning  kesatiq  gapidan  u  dong  qotib  qoldi:  na  o‘tirdi,  na  ketdi 
(A.Qodiriy). 
4.  Ba’zan  ohang  yoki  ohang  va  fe’lga  yuklamani  (-mi,  -a,  -ya)  qo‘shish 
hamda  fe’lni  takrorlash  orqali  bo‘lishsizlik  ma’nosi  ifodalanadi:  oladi-ya  oladi 
(olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan) kabi. 
Masalan:  Bolasi  tushmagur-ey,  chumchuqning  uyasini  buzib  rohat 
toparmidi?  (G‘ayratiy).  «Katta  bo‘lsam,  akamga  o‘xshab,  albatta  komandir 
bo‘laman», - dedi Sobir. Bo‘lasan-a, bo‘lasan. Komandir bo‘lishga yurak kerak... 
(H.Nazir). 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish